Muallif O. B. Burxiyev tomonidan tayyorlangan “Ta’limda axborot texnologiyalari”


Download 14.84 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi14.84 Kb.
#1381849
Bog'liq
Ички такриз-Тоштемиров-ТАТга11111


Muallif O.B.Burxiyev tomonidan tayyorlangan “Ta’limda axborot texnologiyalari nomli o‘quv qo‘llanmasiga


TAQRIZ

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ko’p jihatdan uzluksiz ta’lim tizimini innovatsion shakllarda tashkil etishni taqazo etadi. Yangicha fikrlaydigan, chuqur bilimli mutaxassislarni, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarni mukammal tayyorlash davr talabi bo’lib qolmoqda.
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-extiyojlarini yanada to’liqroq qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishda “Axborot texnologiyalari”ga oid fanlarini o’qitish katta ahamiyatga egadir.
Ta’limda axborot texnologiyalari bo’yicha tayyonlangan o‘quv qo‘llanma, bo’lajak mutaxassislarda muammolarni mustaqil yecha olish, o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o’qitish ko’nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabi masalalarga bag’ishlangan.
Nashrga tavsiya etilayotgan ushbu o‘quv qo‘llanma amaldagi dasturlar asosida tayyorlangan bo’lib, 5112500- Bоshlаngʻich sinflаrdа аxbоrоt texnоlоgiyаlri (O‘zga tilli guruhlarda rus tili) yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. O‘quv qo‘llanma Ta’limda axborot texnologiyalari kursi bo’yicha nazariy materiallar, bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar majmuasi keltirilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, muallif O.B.Burxiyev tomonidan tayyorlangan “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi 5112500-O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mukammal manba sifatida e’tirof etib, chop etishga tavsiya etaman.


Guliston davlat universiteti,
Pedagogika kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.E.Toshtemirov
Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling