1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot sug‘urtasi.
- Nomoddiy ta’sir etuvchi omillar
Moddiy ta’sir etuvchi omillar
Moddiy omillar- bu sug‘urtalash ob’ektining jismoniy tavsiflari bilan bog‘liq omillar. Misollar keltiramiz: -mulkning nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi. Bino konstruksiyasiga binolar g‘ishtdan qurilganlariga nisbatan ancha xavfli. Risk xavfiga qarshi avtomatik yong‘inga qarshi tizimgina ta’sir qilishi mumkin -javobgarlik. Ish joyida xavfli kimyoviy vositalarning mavjudligi uskunalarni himoyalovchi yoki o‘ta chang-to‘zon va shovqindan himoya qilishning mos keluvchi tizimi bo‘lmagani kabi o‘ta yuqori xavfli omil hisoblanadi. -avtomobil xavfi. Masalan, tijoratchilar kabi avtomobillarda tez-tez yuradigan odamlar mashinani boshqarish (haydash) ko‘ngilli vaqt o‘tkazish deb hisoblovchilarga nisbatan yuqoriroq risk xavfiga duchor bo‘ladilar. Mashina saqlanadigan yoki undan odatdagiday foydalaniladigan joy ham uning buzuq emasligi va qiymati kabi risk xavfiga ta’sir etadi. Hayot sug‘urtasi.Muayyan xavfli kasb egalari (masalan, uchuvchilar) ham jiddiy surunkali kasalliqlar bilan og‘rigan odamlar kabi riskning o‘ta yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘ladilar. Bu misollar sug‘urta ob’ektining jismoniy mohiyatini ochib beradi. Bu misollarda bevosita sug‘urta ob’ekti bilan bog‘liq xavflarga urg‘u berildi, sug‘urta qilinuvchining o‘zi esa e’tiborga olinmadi. Ularga nomoddiy ta’sir etuvchi omillar bog‘liq. Nomoddiy ta’sir etuvchi omillar Nomoddiy omillar sug‘urta ob’ektiga nisbatan sug‘urtalanuvchining maqsadi va hatti-harakati bilan ko‘proq bog‘liq. Nomoddiy xavflarning birinchi manbasi sug‘urtalanuvchining o‘zi hisoblanadi va sug‘urtalovchi buni riskni baholashda hisobga olishi lozim. Quyida psixologik (ruhiy) xavfga uchta misol keltirildi. -psixologik xavfning eng ko‘p tarqalgan misollaridan biri sug‘urtalanuvchi tomonidan ehtiyotkorlikning bo‘lmasligi hisoblanadi. Agar risk sug‘urtalangan bo‘lsa, ehtiyotkorlik va hushyorlik qilishga zarurat yo‘q deb o‘ylaydigan odamlar 126 ham bor. Odatda, sug‘urta polislarda sug‘urtalanuvchiga yo‘qotishlarning oldini olish yoki ularning miqdorini eng kam darajaga keltirish maqsadida hamisha hushyor bo‘lishni yuklovchi majburiyatlar bor, boshqacha aytganda, u sug‘urta qilinmagan kabi harakat qilishi zarur. Ammo juda ko‘p haydovchilar yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzadilar, ish joylari zarur holatda saqlanmaydi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishmaydi, avtomobillariga signalizatsiya qo‘yishmaydi va boshqalar. Xavflilikning nomoddiy omili doimiy ravishda zararni qoplash talab (da’vo) qiluvchi shaxs ham bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar sug‘urtani investitsiyaning bir turi, har yili sug‘urta badallarini olish mumkin degan fikrda bo‘ladilar. Odatda, bunday odamlar bilan e’tiroz bildirilgan taqdirda, munosabatlarni yo‘lga qo‘yish qiyin. YAna bir misol, nohalol (halol bo‘lmagan) sug‘urtalanuvchidir. Uning halol emasligini ariza berishi yoki e’tiroz bildirishi jarayonida sezish mumkin. Bunday sug‘urtalanuvchilarning e’tirozlari o‘ta yuqori talablar bilan bo‘ladi. 2. Anderraytingda riskni boshqarish. Risk tushunchasi va uni aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Risk tushunchasini iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishi. Risklarni baholash - sug‘urtada qismi sifatida. O‘rta risk guruhi haqida tushuncha. Risklarni baholashning uslublari. Risk vujudga kelishining chastotasi va shakllari. Risk darajasining doimiy miqdorga ega emasligi. Sug‘urta risklarni tahlil qilish uslublari. Risk- 1) bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos yaratadi. Risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. SHu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; 2) sug‘urta ob’ekti: 3) sug‘urta javobgarligining turi. Risk tushunchasi zarar keltiruvchi turli xil hodisalarning ro‘y berish ehtimoli tushuniladi. “Holat” tushunchasi biron-bir faoliyat bilan bog‘liq shart –sharoitlar yig‘indisini bildiradi. Bunday shart-sharoitlar bunday faoliyatni amalga oshirish uchun yaxshi xolat yaratadi yoki noqulay vaziyatni yaratadi. Riskli holatlar - risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveer yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasini sug‘urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishida hamda sug‘urta qoplamalari va summalarini to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar: 127 shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv va sub’ektiv turlarga bo‘linadi. Riskni xarakterli belgilari: -noaniqlikning mavjudligi; -alternativ tanlash zarurligi; -tanlangan altirnativaning ehtimolini baholash imkoniyatlarini mavjudligi. Riskning miqdorini kamaytirish uchun diversifikatsiya, limitlashtirish, o‘z- o‘zini sug‘urtalash va sug‘urtalash kabi moliyaviy usullardan foydalaniladi. Sug‘urta himoyasiga olinuvchi risklar sug‘urtaviy risklar deb ataladi. Riskning ro‘y berishi natijasi: salbiy hol (zarar), o‘zgarishsiz (nollik), ijobiy (foyda) bo‘lishi mumkin. Statistik va ekspert baholash usullari yordamida riskka son jihatidan baholanadi. Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling