1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
-MAVZU: SUG’URTA TASHKILOTI FAOLIYATINI
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anderrayter
16-MAVZU: SUG’URTA TASHKILOTI FAOLIYATINI
BYUDJETLASHTIRISH REJA: 1. Sug‘urta faoliyatini byudjetlashtirishda anderrayterning roli 2. Anderraytingda riskni boshqarish 3. Sug‘urtada anderrayting siyosati Anderrayter – turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo‘lishi zarur; potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat. Sug‘urta haqidagi ariza shakli sug‘urtalanuvchini sug‘urta qoplamalari taqdim etilishi shartlari haqida qaror qabul qilishi uchun zarur axborotlar bilan ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi. Agar sug‘urtaga hamma risklarni qabul qilish jarayoni oddiy va to‘siqlarsiz bo‘lganda edi, ariza shakllarini to‘ldirish uchun, ehtimol ehtiyoj ham qolmas edi. Binobarin, ariza va polis orasidagi oraliq bo‘g‘in ham mavjud va biz uni “anderrayting”- sug‘urtaga qabul qilish deb ataymiz. Anderraytingning vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 125 -sug‘urtaga ilova qilinadigan hamma risklarni baholash; -ushbu riskni sug‘urta qilish maqbulmi yo‘qligini hal qilish; -qoplashning muddatlari, shartlari va miqdorini belgilash; -mukofot miqdorini hisoblab chiqish. Biz shu erda anderrayting prinsiplari borasida to‘xtalamiz va uning sug‘urta biznesining turli sohalarida qo‘llanishi bilan bog‘liq amaliy tafsilotlarni chuqurlashtirmaymiz. Xavflari. Sug‘urtaning birinchi vazifasi sug‘urlanuvchi sug‘urta qildirmoqchi bo‘lgan riskni baholash hisoblanadi. Risk xavfi va ta’sir etuvchi omillar farqlanadi. Xavf-bu bevosita yo‘qotishlarga olib keluvchi hodisa, masalan, to‘qnashuv, yong‘in, o‘g‘irlik. Ta’sir etuvchi omil esa-bu risklarning boshlanishi (kirib kelish) chastotasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yoki aniq risk oqibatidagi og‘irlik bo‘lgan omildir. SHu tarzda, biz anderraytar risk xavfini baholash zarur deya olamiz. Ta’sir etuvchi omillarning ikki turini hisobga olish zarur: moddiy va nomoddiy omillar Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling