Sug’urta faoliyati KLASSIFIKATORI
1. Hayotni sug’urta qilish tarmog’i
Klass tartib
raqami
Klassning nomi
Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha talablar
I klass
Hayot va
annuitetlar
Quyidagi hollarda sug’urta summalari to’lash bo’yicha
sug’urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir
yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug’urta
qilish turlari jami:
- sug’urta qilinuvchining sug’urta muddati tamom
bo’lgungacha yoki sug’urta shartnomasida belgilangan
yoshgacha yashashi;
- sug’urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug’urta shartnomasi amal qilishi davridagi
joriy to’lovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno
II klass
Nikoh va tug’ilish Nikohga kirishda yoki bola tug’ilganda sug’urta summasi
to’lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal
qiluvchi hayotni sug’urta qilish turlari jami
III klass
Hayotni uzoq
muddatli sug’urta
qilish
Umrbod renta to’lanishi bilan birgalikda hayotni sug’urta
qilish turlari jami
IV klass
Sog’liqni sug’urta
qilish
Ko’rsatib o’tilgan sug’urta davri kamida besh yildan kam
bo’lmagan muddatga yoki sug’urta qilinuvchining pensiya
yoshiga etguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz
hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik
yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida
mehnatga layoqatlilikni yo’qotganda sug’urta summalari
to’lanishini ta’minlovchi hayotni sug’urta qilish turlari
jami. Bunda shartnomada ko’rsatilgan sug’urta davri
sug’urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor
qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas
2. Umumiy sug’urta tarmog’i
Do'stlaringiz bilan baham: |