1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/28
Sana27.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1725878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

Sug’urta mukofoti- sug’urta xizmatini ko’rsatganlik uchun to’lanadigan 
haq. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta summasiga nisbatan foizlarda 
aniqlanadi. Sug’urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi 
mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik 
javobgarligini sug’urtasida sug’urta mukofoti aniq pul birligida ko’rsatiladi. 
Sug’urta puli - sug’urta majburiyatini bajarish hamda sug’urta 
operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs 
maqomiga ega bo’lmasdan o’zaro kelishgan holda bir qancha sug’urta 
kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug’urta puli, asosan, xavfli, yirik 
ob’ektlarni sug’urtalash maqsadida tashkil etiladi. har qaysi kompaniya o’z 
sug’urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig’ilgan sug’urta 
mukofotlarining bir qismini oladi.
Sug’urta ob’ekti - shaxsiy sug’urtada fuqarolarning hayoti, sog’ligi, 
mehnat qobiliyati bilan bog’liq manfaati; mulkiy sug’urtada binolar, qurilmalar, 
transport vositalari uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni 
saqlashga bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki 
yuridik shaxsning o’z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik 
mas’uliyati - mas’uliyatni sug’urtalashda sug’urta ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. 
Riskni baholash maqsadida sug’urta ob’ekti sug’urta kompaniyasining 
mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin. 
Sug’urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o’rtasida 
tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo’lib, bunda sug’urta kompaniyasi sug’urta 
hodisasi tufayli zarar ko’rilganda sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasi yoki 
sug’urta summasini to’lash majburiyatini, sug’urtalanuvchi esa belgilangan 
muddatlarda sug’urta mukofotini to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta shartnomasi 
tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga sug’urta 
polisi beradi. Sug’urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo’shimcha 
shartlar sug’urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling