Hadya shartnomasini bekor qilish reja: hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti


Download 29.6 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1647734
  1   2
Bog'liq
HADYA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

HADYA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

REJA:

1. HADYA SHARTNOMASI TUSHUNCHASI, HUQUQIY BELGILARI VA PREDMETI

2. HADYA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

3. ULARNING HUQUQ VA BURCHLARI

4. XAY KO’RINIB TURIBDIKI, HAR BIR HOLATDA HAM MUSTAQIL IKKI TUSHUNCHA QO’LLANILGAN ASHYONI TOPSHIRADI YOKI TOPSHIRISH MAJBURIYATINI OLADI, MULKIY MAJBURIYATDAN OZOD QILADI YOKI OZOD QILISH MAJBURIYATINI OLADI.

Bu mazkur shartnomagagina xos bo’lgan xususiyatdir. SHartnoma real bo’lsa-da, ayni paytda hadya qiluvchi hadya oluvchiga kelgusida hadya qilish majburiyatini oladi. Ammo hamma hollarda ham hadya shartnomasi vujudga kelavermaydi. Aytaylik, ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo bo’lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo’lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi (FK, 502-modda, 2-qismi). Bunday shartnomalarga FKning 250-moddasi, 124-moddaning ikkinchi qismi qoidalari qo’llaniladi. SHuningdek, yuqoridagi uchta holatga to’rtinchi mustaqil holatni ham kiritish mumkin. Ya’ni, biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berish yoki biron-bir shaxsni majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo’lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko’rinib turgan bo’lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK, 502-modda, 3-qismi). Hadya bir tomonlama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. SHubhasiz, hadya bir tomonlama bitim bo’lib, taraflarning o’zaro kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul qilishga rozilik berishida ifodalanadi, aynan shu belgisi bilan hadya qarz shartnomasidan farq qiladi. Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi. Bunday hadyaga nisbatan vasiyatnoma to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi. Hadyaning vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining tirikligida topshiriladi, bu uning mulki kamayishiga olib keladi, vasiyatnoma esa insonning hayotligida uning mulkiy huquqlarida aks etmaydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o’zgartirilishi mumkin, hadya esa qoida tariqasida ortga qaytmaydi. Hadyani shartnoma deyish mumkin, vasiyatnoma esa odatda, bir tomonlama bitim bo’lib ko’riladi. Hadya shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidagi ob’ektlar: ashyolar, mulkiy huquqlar, ko’char va ko’chmas mol-mulklar bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda shartnoma hadya qiluvchining o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish majburiyatini olish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda shartnomaning tuzilish vaqti mulk huquqining o’tish davri bilan mos kelmasligi mumkin. Bunda majburiyat huquqiy munosabatlari vujudga keladi, uning mazmunida hadya qiluvchining o’z mulkini kamaytirish hisobidan hadya oluvchini boyitish yotadi. SHartnomada hadya predmeti aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Noma’lum ashyoni hadya qilishga yo’l qo’yilmaydi, binobarin, ular hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas. Hadya oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini aniq ko’rsatish lozim bo’ladi. Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og’zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko’pincha, hadyani topshirish, uni taqdim qilish ramziy topshirish (masalan, yangi kvartirani yoki avtomobilь kalitini topshirish) yoki mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ko’char mulklar bo’yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi yozma shaklda tuziladi: hadya qiluvchi yuridik shaxs bo’lganida; fuqarolar o’rtasida eng kam ish haqining o’n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganida; shartnoma bo’yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda. Ko’chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. SHuningdek, FKning 504-moddasining 2001 yil 7 dekabrdagi tahririda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo’lishi kerakligi belgilandi. Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga ko’ra farq qiladi. Aytaylik, buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy sanalmasligi hollarida ham ko’rish mu qiluvchi va hadya oluvchi sifatida qatnashib, shartnomani o’z stipendiyalari, ish haqlari va qonunda ko’zda tutilgan boshqa daromaddari miqdorida tuzishlari mumkin. Lekin ular mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ashyolarni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Bunday bitimlarni amalga oshirish uchun u qonuniy vakillarining roziligini blishi kerak. CHunki hadya ularning soishg’iga zarar yetkazishi, yashirin daromadlarga ega bo’lishiga olib kelishi, pirovardida ularning huquklariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayrim shaxslarga hadya shartnomasini tuzishda rad qilish va chegaralash qo’yilgan (FKning 505-moddasi tartibida). Qonun er va xotinlar o’rtasida hadya shartnomasi tuzilishini cheklamaydi. Hadya qilingan mol-mulk, ashyo yoki mulkiy xuquq hadya oluvchining shaxsan o’zigagina tegishli bo’ladi. Aytaylik, er-xotinning nikoh davomida (yoki nikohga qadar) hadya hisobiga ortgirgan mol-mulklari ulardan har birining o’z mulki hisoblanadi. Binobarin, undan haq undirishga yoki boshqacha tarzda o’zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. SHartnoma yuzasidan taraflarning huquq va burchlari uni ba-jarishdan bosh tortib, hadyani bekor qilish jarayonlari Bilan uzviy bog’liq. Eng umumiy hodda, hadya bo’yicha hadya qiluvchi mulkni yoki unga nisbatan bo’lgan mulkiy huquqni hadya oluvchiga topshirishga, hadya oluvchi esa uni qabul qilib olishga majbur hisoblanadilar. Biroq, ayni paytda, quyidagi hollarda: birinchidan, hadya qiluvchining moddiy ahvoli jvdtsiy yomonlashganligi tufayli, u kelgusida hadya oluvchiga ashyoni yoki mulkiy huquqni yoxud mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Lekin hadya qiluvchining bunday ahvolga tushib qolishi oldindan ma’lum bo’lmasligi lozim. ikkinchidan, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog’lig’iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilingan hollarda hadya qiluvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqlidir (bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yo’l qo’yiladi). SHuni eslatish kerakki, yuqoridagi asoslar hadya qiluvchining aybini istisno etganligi sababli, uning hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortishi hadya oluvchiga bu bilan bog’liq zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi. Yuqorida aytganimizdek, hadya bo’yicha taraflarning sub’ektiv huquq va burchlari hadyani bekor qilish va undan voz kechish bilan uzviy bog’liq. Masalan, hadya oluvchi hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin: birinchidan, ashyoning nobud bo’lishi tufayli; ikkinchidan, ashyo fuqarolik muomalasida bo’lmaganligi tufayli (FK, 82- moddasi); uchinchidan, va’da qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar mavjud bo’lsa. Bunday majburiyatlar, odatda, bajarish mumkin bo’lmaganliga tufayli bekor qilinadi. Biroq, ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki ehtiyotsizlidan sodir etgan harakatlari oqibatida nobud bo’lsa, u hadya oluvchiga yetkazgan zararlarni qoplash majburiyatini oladi. Hadya qiluvchining sub’ektiv huquqlari hal qiluvchi rolь o’ynaganligi va shaxsga tekinga o’tkazilganligi bois, ushbu munosabatlarda qonunchilik hadya qiluvchiga bir qator ustuvorliklar beradi. CHunonchi, agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo’lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo’q bo’lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadyani sud tartibida bekor qilishga haqli. Demak, bu hadya oluvchining hadyaga nisbatan vijdonan munosabatda bo’lishini va uni saqlash majburiyatini yuklaydi. SHuningdek, manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to’g’risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon qilinishdan oldinga bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq mablag’lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Bu holat, shubhasiz, kreditorlarning manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladi. Hadya shartnomasvda hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo’yilishi mumkin. Bu jihatdan hadyani shartli bitimlar sirasiga kiritish mumkin (FK, 104- moddasi). Hadya bekor qilingan hollarda ashyo hadya qiluvchiga, agar u hadya bekor qiyaingan paytda asl holatida saqlanib qolgan bo’lsa, qaytarilishi lozim. Hadya oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o’z tasarrufida qoladi. Dgar ashyo uchinni shaxslarga o’tkazilgan bo’lsa, uni qaytarishning imkoni bo’lmaydi. Bordiyu, hadya qiluvchi hadya oluvchining hadyani qaytarib bermaslik uchun uchinchi shaxslarga o’tkazganligini isbotlasa, u hadya oluvchiga nisbatan da’vo qo’zg’atish huquqiga ega bo’ladi. Agar ashyo taraflarning o’zaro kelishuvi asosida hadya qiluvchiga qaytarilgudek bo’lsa, bunday kelishuvni yangidan tuzilgan hadya deb tushunish mumkin. Hadya tekinga tuziladigan shartnoma bo’lgashshgi bois hadya oluvchi topshirilayotgan mulkning sifatsizligi haqidagi talablarni qo’yishga haqli emas. Albatga, topshirilayotgan ashyo sifatsiz, butsiz, uning kamchiliklari bo’lishi mumkin, biroq bu hadya oluvchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak. Bunday hollarda hadya qiluvchining bu haqda hadya oluvchini ogohlantirganligi isbot qilinishi talab etiladi. Mazkur shartnomaning o’ziga xos jihatlaridan biri bu hadya va’da qilinganda huquqiy vorislik masalasidir. FK 510-moddasining mazmuniga ko’ra, hadya shartnomasiga muvofiq hadya va’da qilinganda hadya oluvchining huquqlari uning merosxo’rlari (huquqiy vorislari) ga o’tmaydi, hadya berishni va’da qilgan shaxsning majburiyatlari esa uning merosxo’rlari (huquqiy vorislari)ga o’tadi. Demak, hadya qilishda hadya beruvchining va’dasi muayyan huquqiy ahamiyatga ega, ya’ni u kelgusida fuqarolik xuquq va burchlarini keltirib chiqaradi. Xayr-ehson Rivojlanib borayotgan bozor iqgisodiyoti munosabatlarida. turli-tuman shartnomalar vujudga kelmoqda. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvlarning huquqiy ifodasi, shakli sifatida shartnomalar fuqarolik huquqiy munosabatlar tizimida muhim o’rin tutmoqda. Ana shunday shartnomalardan biri xayr-ehsondir. Xayr-ehson hadyaning bir ko’rinishi bo’lib, bunda qilinadigan hadya umumfoydali maqsadlarga xizmat qilishi bilan xarakterlidir. Demak, xayrehson keng ommaning umumfoydali maqsadlarini amalga oshirish uchun qilinadi. Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat sub’ektlariga (davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga, xayriya, ilmiy muassasalariga, fonddarga, muzeylarga, jamoat birlashmalari, diniy, tashkilotlarga va boshqa shunga o’xshash sub’ektlarga), shuningdek fuqarolarga va davlatga qilinishi mumkinligini normalaydi. Xayr-ehson qilingan mol-mulk kelgusida uni qabul qilib olgan shaxsning mablag’lari jumlasiga kiradi, uning otserativ boshqaruviga o’tadi. Jumladan, amaldagi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 24-moddasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 15-moddasi mazmuniga ko’ra, fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlari mazkur yuridik shaxslar mol-mulkining tashkil topish manbalaridan hisoblanadi va ular tomonidan tegishli tartibda mustaqil tasarruf etiladi. Xayr-ehsonning predmeti fuqarolik muomalasida bo’lgan ob’ektlar, ya’ni pullar, qimmatli qog’ozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshootlar (ularning bir qismi), avtomobillar va hokazolar bo’lishi mumkin. Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning (ya’ni, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi. Xayr-ehson qilingan mol-mulk bir qator shartlar asosida amalga oshiriladi. CHunonchi: birinchidan, xayr-ehson qiluvchilar mol-mulkni topshirayotganda undan ma’lum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qo’yishi lozim. Masalan, “hadya qilingan uy-joydan faqat bolalar yaslisi uchun foydalanish lozimligini shart qilishlari mumkin”. Bunday shart qo’yilmasa, u odtsiy hadya deb hisoblanadi va undan hadya oluvchi mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanadi; ikkinchidan, aniq maqsadda foydalanishga mo’ljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mol-mulqdan foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohida ro’yxatini yuritishi lozim; uchinchidan, vaziyat jiddiy o’zgarganligi bois bunday mol-mulkdan ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish mumkin bo’lmasa, undan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, agar mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan bo’lsa yoki xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo’lsa, bunday hollarda sudning qaroriga muvofiq foydalanish mumkin. FKning 511-moddasi mazmuniga ko’ra, xayr-ehson qilingan mulkdan ko’rsatilgan maqsadda foydalanmaslik kelgusida xayr-ehson qiluvchiga, uning merosxo’rlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-ehsonni bekor kilishni talab qilish huquqini beradi


Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling