Hadya shartnomasini bekor qilish reja: hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti


Hadya shartnomasini bekor qilish mumkinmi?


Download 29.6 Kb.
bet2/2
Sana22.06.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1647734
1   2
Bog'liq
HADYA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Hadya shartnomasini bekor qilish mumkinmi?


Views: 4657

Savol: Hadya shartnomasini bekor qilish mumkinmi? Qanday hollarda shartnomani bekor qilish mumkin?
Javob: Hadya shartnomasiga ko’ra, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi (Fuqarolik Kodeksining 502-moddasi). Demak, bunda mulk tekin topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida bo‘lgan ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda hadya shartnomasi bekor qilinishi mumkin:

  • hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashganligi tufayli, u kelgusida hadya oluvchiga ashyoni yoki mulkiy huquqni yoxud mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Lekin hadya qiluvchining bunday ahvolga tushib qolishi oldindan ma’lum bo‘lmasligi lozim.

  • hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda. (Bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yo‘l qo‘yilad).

Shuni eslatish kerakki, yuqoridagi asoslar hadya qiluvchining aybini istisno etganligi sababli, hadya beruvchi shartnomani bekor qilsada, hadya oluvchi yo’ziga nisbatan yetkazilgan zararni da’vo qilib chiqa olmaydi.
Hadya oluvchi esa hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin:

  • ashyoning nobud bo‘lishi tufayli;

  • ashyo fuqarolik muomalasida bo‘lmaganligi tufayli (FK, 82-moddasi);

  • va’da qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar mavjud bo‘lsa.

Bunda majburiyatlar odatda, bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli bekor qilinadi. Biroq, ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etgan harakatlari oqibatida nobud bo‘lsa, u hadya oluvchiga etkazgan zararlarni qoplash majburiyatini oladi.
Hadya shartnomasi tekinga mulk qilib berish shartnomasi bo’lganligi bois ham, hadya beruvchi ustuvor huquqlarga ega. Masalan, agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadyani sud tartibida bekor qilishga haqli. Demak, bu hadya oluvchining hadyaga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lishini va uni saqlash majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Bu holat, shubhasiz, kreditorlarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.
Hadya bekor qilingan hollarda ashyo hadya qiluvchiga, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatida saqlanib qolgan bo‘lsa, qaytarilishi lozim. Hadya oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o‘z tasarrufida qoladi. Agar ashyo uchinchi shaxslarga o‘tkazilgan bo‘lsa, uni qaytarishning imkoni bo‘lmaydi. Bordi-yu, hadya qiluvchi hadya oluvchining hadyani qaytarib bermaslik uchun uchinchi shaxslarga o‘tkazganligini isbotlasa, u hadya oluvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘ladi. Agar ashyo taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida hadya qiluvchiga qaytarilgudek bo‘lsa, bunday kelishuvni yangidan tuzilgan hadya deb tushunish mumkin.
Demak, yuqorida sanab o’tilgan holatlardan biri mavjud bo’lganda hadya shartnomasini bekor qilish mumkin.

Aloqador Maqolalar:


  1. Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi? Savol: Man xotinim bilan ajrashmoqchiman. Sud mendan eng kam ish...

  2. Nikohni bekor qilish uchun bojni kim to’laydi? Savol: Nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berish uchun qancha...

  3. Otalik huquqidan mahrum qilish mumkinmi? Savol: Erim ichib kelardi. Biz ajrashdik, turmushimizdan bir o’g’limiz bor....

  4. Pochchamni otalik huquqidan mahrum qilish mumkinmi? Savol: Pochcham opamni o’ldirgani uchun 22 yilga qamalgan. Jiyanlarim dadamning...

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling