Termosfera va ekzosfera - mezosfera qatlami ustida, er yuzasidan 80-800 km balandlikda joylashgan qatlamlardir. Ular atmosferaning eng tarqoq qatlamidir. Bu erda gazlarning ionlar, atomlar va molekulalari uchraydi, ularning zichligi Er yuzasidagiga nisbatan million marta kam.
Havo qobig‘ining qalinligi Er radiusining yarmiga yaqin bo‘lsa ham, kosmik o‘lchov bo‘yicha bu juda yupqa pardadir. Havoning o‘lchov massasi Er massasiga nisbatan 1000000 marta kamdir. Biroq uning mohiyati juda katta-Erdagi hayot atmosfera bor-yo‘qligiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |