1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Oqava suvlarni tozalash uchun ishlatiladigan tindirgichlar
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
Oqava suvlarni tozalash uchun ishlatiladigan tindirgichlar
Oqava suvlarni tindirishdan asosiy maqsad undagi osilma moddalarni ushlab qolish va cho‘kma hosil qilishdir. CHo‘kma xo‘jalik chiqindi suvlarini tindirish yo‘li bilan ajratib olinadi.CHo‘kmalar nordon reaksiya beruvchi, tez chiriydigan, noxush hid tarqatadigan moddadir. U o‘z tarkibida ko‘p miqdorda patogen kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va gelmint tuxumlarini ushlaydi. O‘simlik va hayvonlarning organik moddalari yangi cho‘kmalarda o‘zining hujayra tuzilishini saqlaydi va namlikni ushlaydi, shuning uchun ham cho‘kmaning qurishiga halal beradi. Sanitariya xodimlarining vazifasi chiqindi suv tarkibidagi cho‘kmani zararsiz holatga keltirish bo‘lib qoldi. CHo‘kmada achish jarayonining bo‘lishi uning salbiy xususiyatlari yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bunda uning colloid tuzilishi parchalanadi, namligi yo‘qolib, hajmi ancha kamayadi, noxush hidlar ham kamayadi. Nordon reaksiya ishqorli reaksiyaga o‘tadi, patogen mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari o‘ladi. Sanitariya xodimlarining vazifasi cho‘kmaning achishi uchun sharoit yaratishdir. CHiqindi suvlarni tindirishga mo‘ljallangan hovuzlar ikki guruhga bo‘linadi:
faqat osilma moddalarni tindirishga mo‘ljallangan tindirgichlar; osilma moddalarni ushlashga va cho‘kmani qayta ishlashga mo‘ljallangan tindirgichlar. Birinchi guruhga gorizontal, tik, radial tindirgichlarni kiritish mumkin. Bularning hammasi ish jarayonini pasaytirib, undagi osilma moddalarni cho‘ktiradi. Gorizontal tindirgichlarning tagi qiya bo‘lib, bir tomoni chuqurroq qilib quriladi, chunki suvdagi cho‘kmalar qiya tomonga qarab harakatlanadi. CHo‘kma bo‘shliqda yig‘ilganda suv harakati natijasida loyqalanib ketmaydi. Tindirgichning chuqurligi 1,5-2 metr, unda suv harakati sekundiga 7 mm.ga pasayadi. Tik tindirgichlar. Bu tindirgichlar konus shaklida tuzilgan bo‘lib, chiqindi suvlar unga markaziy qaytargichli trubalardan kirib, tindirgichni to‘ldiradi. Qaytargichlarning asosiy vazifasi suv harakati tezligini pasaytirish, suv harakatini hamma tomonga tindirgich kengligi bo‘ylab tarqatishdir. Suv harakati tezligi sekundiga 0,7 mm.ga teng. Tindirgichning chuqurligi 7-9 metr bo‘lib, eni 10 metr. Ikkala tindirgichda ham suvning tindirilish vaqti 1,5 soatga teng. CHo‘kmalar trubalar orqali chiqariladi. Trubalar tindirgichning tag tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib, nasos bilan yoki suyuqlik ostidagi bosim ta’sirida tortib olinadi, cho‘kma esa trubalar yordamida metantenk inshootiga yuboriladi. Radial tindirgichlar chiqindi suvlar hajmi sutkasiga 20000 m3.ga etganda tavsiya qilinadi. Bunday tindirgichlar suv tarkibida osilma moddalar ko‘payganda uni cho‘ktirishga mo‘ljallangan. Radial tindirgichlar doira shaklida bo‘lib, tag tomoni markazga qiya qilib qurilgan. U diametri 16-40 metr, chuqurligi o‘rtacha 2-2,5 metr bo‘lgan hovuz. CHo‘kmalar markazga qarab kuraklar bilan quriladi va moslamalar yordamida nasos bilan tortib olinadi. Suvning harakat tezligi sekundiga 7 mm.ga teng, suvning tindirgichda bo‘lish vaqti 1,5 soat. Ikkinchi guruhdagi tindirgichlarga septik va ikki yarusli tindirgichlar kiradi. Bunday tindirgichlarda cho‘kmalarning achish jarayoni oxiriga etadi, chunki u katta hajmli bo‘ladi. Ikkala tindirgichda osilma moddalarning cho‘kishi gorizontal tindirgichlarnikiga o‘xshash bo‘ladi, lekin tindirgichlarning tuzilishi, qurilishi unda achish jarayonining borishi turlicha. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling