1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Download 1.76 Mb.
bet44/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Ikki yarusli tindirgich.

1-chiqindi suvlar kiradigan tarnov; 2-suv keltiruvchi tarnov; 3-suzib yuruvchi to‘siq; 4-tindirgich tarnovi; 5-chiqindi suvlar uchun lo‘kidon; 6-loyqa cho‘kmani olib ketuvchi nay; 7-loyqa cho‘kma uchun lo‘kidon; 8-loyqani tushiruvchi nay.

Rasmga ahamiyat berilsa, yoriqning pastki chegarasining bir qismi ikkinchi tomonga kirib turadi, bu cho‘kmadan ko‘tarilib chiqayotgan gaz pufakchalari va osilma modda zarrachalarining o‘sha yoriq orqali yuqoriga ko‘tarila olmasligiga mo‘ljallangan. SHunday qilib, yangi oqib kelayotgan suv cho‘kmadan chiqayotgan gazlar, zarrachalardan xoli bo‘ladi. Ular cho‘kmadan ajralgandan so‘ng novning tashqi devoriga surkalib nov yonidan gaz bo‘shlig‘i orqali atmosferaga chiqib ketadi.

Ikki yarusli tindirgichda cho‘kmaning achish jarayoni boshqacha o‘tadi. Bu jarayonda noxush hidlar paydo bo‘lmaydi, hosil bo‘lgan chirish mahsulotlari ancha zararsiz bo‘ladi. CHo‘kmaning oldingi bosqichdagi parchalanishi nordon sharoitda yashovchi mikroorganizmlar ta’sirida boradi. Oqibatda sirka va yog‘ kislotalar paydo bo‘ladi, keyinchalik cho‘kmaning ma’lum parchalanish bosqichida reaksiya sharoiti o‘zgarib uning pH i 7-8 ga teng bo‘ladi. Bu ishqoriy muhitda yashovchi mikroorganizmlar faoliyati uchun sharoit yaratadi. Natijada kislotalar parchalanib metan va karbonat angidrid gazi paydo bo‘ladi. Agar ikki yarusli tindirgich to‘g‘ri ishlatilsa, cho‘kmaning parchalanishi ishqoriy sharoitda metan gazi hosil bo‘lishi bilan birga boradi.

Buning uchun oldindan cho‘kma yig‘iladi, unga ishqoriy achish jarayoniga o‘tish uchun imkon beriladi, tindirgichdagi hamma bo‘shliq ishqoriy reaksiyaga o‘tadi. SHundan keyingina tindirgichlar ishga tushiriladi. CHo‘kma yig‘ish kamerasidagi cho‘kmaning hajmi yangi chiqindining suvdan chiqadigan hajmidan ancha ko‘p, shuning uchun ham yangi cho‘kma ishqoriy sharoitdagi cho‘kmaga aralashib ishqoriy reaksiya sharoitida yashaydigan mikroblar ta’sirida parchalanadi. Tindirgich ishlashi bilanoq unga pishgan faol cho‘kma tushiriladi. SHunday qilib, cho‘kma bo‘shlig‘i kerakli mikroblar bilan zararlantiriladi. Metanli achish jarayonini buzmaslik uchun har 10 kunda bir marta oz-ozdan faol cho‘kma qo‘shiladi.

Tindirgichdan olingan achigan cho‘kmaning hidi bo‘lmaydi, rangi qora, undagi vodorod sulfid temir bilan qo‘shilib FeS ni hosil qiladi, u suvni shimib cho‘kmaning qurishiga yordam beradi.

Tindirgichda achish jarayonining borishi havo haroratiga ham bog‘liq. SHuning uchun ham kamerada yig‘ilgan chiqindi suvning qishki o‘rtacha harorati norma darajasida saqlanadi.

Har bir regionda cho‘kma o‘ziga xos temperaturada saqlanadi. Etilgan cho‘kma tindirgichdan maxsus trubalar orqali bosim yordamida olinadi, trubaning ochiq tomoni tindirgich tagida yotadi, ikkinchi uchi cho‘kma kamerasiga ulanadi.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling