1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Tozalangan chiqindi suvlarni qayta tozalash


Download 1.76 Mb.
bet52/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Tozalangan chiqindi suvlarni qayta tozalash

Hozirgi vaqtda chuchuk suv tanqisligi hamma regionlarda sezilayotgan bir davrda tozalangan chiqindi suvlarni ochiq suv havzalariga tashlamay, undan ma’lun maqsadlar uchun qayta foydalanish shu kunning dolzarb masalasi bo‘lib qoldi. Xuddi shu usul bilan aholi uchun zarur bo‘lgan suv havzalarini saqlab qolish mumkin. Buning uchun markazlashgan vodoprovod sistemasida ishlatiladigan usullardan foydalanish, ya’ni bir qavatli qumli filtrdan yoki ikki qavatli qum-antratsitli filtrdan foydalanish mumkin. So‘ngra xlorlab suv ilgarigi holatiga holatiga qaytariladi. SHu usul bilan suvdagi oksigenni 2 mg.ga, osilma moddalarni esa 1,5-3 mg.ga etkazish mumkin. Bulardan tashqari, suv tarkibidagi azot va fosforni ham yo‘qotish zarur.

CHiqindi suvlarni qayta tozalash juda qimmatga tushadi, shuning uchun faqat zarur hollardagina bu usuldan foydalaniladi. SHuni aytish kerak-ki, qayta tozalangan suvni faqat texnik ehtiyojlar uchun sarflash zarur. Ichimlik suv sifatida ishlatishga also yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Og‘ir metall tuzlari, politsiklik aromatik karbon suvlar, nitroza birikmalar shahar chiqindi suvining doimiy tarkibiy qismi bo‘lib qolgan. Ular kanserogen, mutagen ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega.

Tozalangan suvlarni qayta tozalash vaqtida ham shunday kimyoviy moddalar paydo bo‘ladi-ku, ular suvning sifatini mutlaqo o‘zgartirib yuboradi. Jumladan, suvni xlorlashda galoidometanlar hosil bo‘ladi, ular blastomogen ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy moddalardir. SHu sababli qayta tozalangan suvlarni texnik maqsadlarda ishlatganda ham tarkibida turli kimyoviy moddalar borligini hisobga olib ochiq usulda ishlatishga ruxsat berilmaydi.

Gigienistlar tomonidan qayta tozalangan suvlar uchun ularning zarar bermaydigan sifat ko‘rsatkichlari ishlanib chiqilgan. SHu ko‘rsatkichlar qayta tozalangan chiqindi suvlarda saqlana olsa, unday suvlarni texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin.




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling