1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
Biologik filtr tasviri.
1-dozalovchi bak; 2-sifon; 3-bosim sochiladigan suv; 4-katta bosh truba; 5-suvni tarqatish uchun truba; 6-sementdan ishlangan tarnov; 7-havo kiradigan yo‘l; 8-shlakli filtr; 9-tozalangan suv oqishi uchun nay. Filtrlovchi materiallar chiqindi suv tarkibidagi moddalarni shimib, mikrob pardasini hosil qiladi. Parda yuzasidagi millionlab bakteriyalar organik moddalar bilan oziqlanib juda tezlik bilan ko‘payadi. Filtrlovchi materialdagi zarrachalarning hammasi parda bilan qoplanadi, bu pardalar chiqindi suvlarni tozalashda katta ahamiyatga ega. Biofiltrlardan asosan yozning issiq kunlarida foydalaniladi. Filtr material orasidagi havo tozalash jarayonining aerob sharoitda borishini ta’minlaydi, oksidlanish jarayonini kuchaytiradi. Suv filtrning yuqori tomonidan pastga oqib tushib o‘z yo‘lida bakteriali parda va havo bilan uchrashadi. Suvning tozalanishi ikki bosqichda o‘tadi. CHiqindi suv tarkibidagi erigan va kolloid holdagi organik moddalar mikrob pardasi orqali shimiladi, keyin esa ularning mineralizatsiya va nitrifikatsiya jarayoni jadal holatda o‘tadi. Bu jarayon tuproqdagiga nisbatan ancha jadal o‘tadi, suvning tozalanishi 2-3 soatda tugaydi. Har bir odamdan bir kecha-kunduzda ajraladigan chiqindini oksidlash uchun 30-50 gramm oksigen kerak bo‘ladi. Odatda, biologik pardaning oksidlash kuchi 1 m3 filtr material uchun o‘rtacha 1 sutkada 200 grammga teng, iqlim sharoitiga qarab bu ko‘rsatkich 150 dan 300 grammgacha o‘zgarishi mumkin. Biofiltrning tozalash jarayoniga iqlim sharoiti juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Havo harorati 6S bo‘lganda chiqindi suvning tozalanish tezligi ancha pasayadi. Ammo, nitrifikatsiya jarayoni tufayli filtr o‘z ishini davom ettirishi mumkin. O‘rtacha havosi 3S ga teng bo‘lgan joylarda biofiltrlar berk binolarga quriladi. Filtrlar suv bilan me’yorida ta’minlanib turilsa, filtr material suvga to‘lib qolmaydi va ishdan chiqmaydi. Filtr materiallariga chiqindi suv bir xilda taqsimlanishi kerak, aks holda filtr ishdan chiqishi mumkin. Biofiltrlarning oksidlanish jarayonini kuchaytirish maqsadida uni majburan ishlatish uning kuchini yanada oshiradi. Biofiltrni sun’iy ravishda shamollatish, filtr qavatlarini 2-4 metrga etkazish mumkin, oralari sim to‘r bilan ajratiladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling