1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
Aerotenklar chuqurligi 3-5 metr, eni 8 metr va uzunligi bir necha o‘n metr qilib loyihalanadi.
Loyqani osilma holatda saqlab qolish uni suv bilan aralashtirib turish va chiqindi suvlarni oksigen bilan ta’minlash uchun suvga kompressorlar yordamida bosim bilan havo yuboriladi. CHiqindi suvlarni jadal tozalash usuli 1887-yilda tavsiya qilingan edi. 1914-yilda aerotenk deb ataladigan inshoot qurildi. Keyinchalik aerotenklar shahar chiqindi suvlarini tozalash uchun yagona vosita bo‘lib qoldi. Aerotenkning asosiy ish jarayoni faollashgan loyqaga va havo oksigeniga qaratilgan.
Aerotenkdagi biologik oksidlanish jarayoni shartli ravishda uch davrga bo‘linadi. Birinchi davrda chiqindi suv faol loyqa bilan aralashgandan so‘ng uning tarkibidagi moddalar loyqa zarrachalar yuzasiga shimiladi, yog‘lar, karbon suvlar oksidlana boshlaydi. Natijada chiqindi suvlarning oksigenga bo‘lgan biokimyoviy talabi 40-80% pastga tushib ketadi. Birinchi davr 1,5-2 soat davom etadi. Ikkinchi davrda sekin oksidlanuvchi organik moddalar sekin-asta parchalanadi. Natijada faol loyqani shimish qobiliyati tiklanadi. Uchinchi davrda, ammoniy tuzlarining nitrifikatsiyasi boshlanadi. Uch davr uchun 6-8 soat vaqt ketadi. Tozalanish jarayoni yaxshi o‘tishi uchun suvdagi oksigen miqdori bir litr suvga 15-20 mg, azot 5-6 mg. ga teng bo‘lishi kerak. CHiqindi suvlarni tozalsh uchun mo‘ljallangan aerotenklarning bir qancha sxema va loyihalari mavjud. Eng keng tarqalgan va ancha soda tuzilgan sxema bir pog‘onali aerotenk hisoblanadi. Bunda faol loyqa qayta tiklanmaydi. Bunday aerotenklarni qurish ancha arzonga tushadi. Ammo, biokimyoviy oksidlanish jarayoni aerotenk uzunligi bo‘yicha bir xil kechmaydi. Ikkinchi sxema bo‘yicha bir bosqichli aerotenkda tozalash jarayoni to‘liq bo‘lib, faol loyqa qayta tiklanishi bilan boradi. Aerotenkda tozalanishning birinchi davri tugab, chiqindi suv bilan faol loyqa aralashmasi ikkilamchi tindirgichga borib tushadi, bu tindirgichdan regeneratorga haydaladi. Regeneratorda oksidlanish jarayonining II va III davri amalgam oshiriladi, natijada loyqaning faol holati tiklanadi va qaytadan aerotenkka tushiriladi. Uchinchi sxema bo‘yicha tozalanish jarayoni ikki bosqichli aerotenkda amalgam oshiriladi. Birinchi bosqichdagi aerotenklarda chiqindi suvlarining bir qismi tozalanadi. Keyinchalik suv ikkilamchi tindirgichda tingandan so‘ng, ikkinchi bosqichdagi aerotenkka tushiriladi. SHunday sharoitda faol loyqa tarkibida mikroorganizmlar o‘sib rivojlanadi. Bu yo‘l bilan chiqindi suvlar to‘liq tozalanadi. Aerotenklarning oksidlash xususiyatini oshirish uchun aerotenkka keladigan chiqindi suvning teng miqdordagi suv bilan aralashtiriladi. Bunda loyqa zararlari toza suv bilan aralashishi zarur. Bunday aerotenklar aerotenk aralashtirgich deyiladi. Bunday aerotenklarga chiqindi suv va faol loyqa 3-4 metr oralatib beriladi. Tozalangan suv kirib keladigan joyga qarama-qarshi tomonga yig‘iladi. Aralashgan loyqa aerotenkning eniga qarab oqadi. Tindirgichli aerotenklarda ham oksidlanish jarayoni sodir bo‘ladi. CHiqindi suvlarni aerotenklarda tozalash dunyo bo‘yicha amalga oshiriladi. SHu sababli, shahar kanalizatsiyasi suvini tozalashda aerotenklardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling