Xoleretiklar. O’t qopi tonusini oshiruvchi va o’t yo’llari tonusini pasaytiruvchi dori vositalar – xolekinetiklar


Download 16.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.09 Kb.
#1598585
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Jigarning asosiy subbirligi bo’lib gepototsidlar hisoblanadi. Gepototsitdalar o’t kapilyarlaridan bazolateral, sinosoidlardan esa – sinosidal qobiq bilan ajralgan. Bzolateral qobiq o’t kapilyarlariga o’t ajratib chiqaradi va terminal o’t yo’liga tushadi. U yerdan o’t yanada kattaroq va nitrobulyar oqimlarga borib, keyinchalik ummumiy o’t qopi va 12 b. ichakka tushadi. Bu qobiq tarkibida ishqoriy fosfotaza, leysinaminpeptidaza va γ- glutamintranspeptidaza kabi fermentlarni tutadi.
Sinusoidal qobiq transport vazifasini bajaradi: aminokislota, glukoza, o’t va o’t kislota, bilirubin keying bosqichdagi xujayra ichi reaksiyalari uchun ushlab qoladi. Bu funksiyani maxsus transportlar – Na K+ - ATFaza bajaradi va albumin, lipoprotein xamda qonning ivish omillarini ajralib chiqish jarayoni sodir bo’ladi.
O’t xosil bo’lishi 3 bosqichdan iborat:

  1. Qondagi yangi kislotalar, bilirubin, xolesterin va boshqalarni ushlab qolish;

  2. O’tning yangi tarkibiy bo’laklarini metabolizmi va sintezi;

  3. Biliar qobiq orqali o’t kanalchalariga barcha komponentlarni chiqarish.

O’T XAYDOVCHI DORI VOSITALAR KLINIK FARMAKOLOGIYASI
O’t xosil bo’lishi va o’t xaydalishiga tasir etuvchi DV 3 ta guruhga bo’linadi:

  1. Jigarning o’t xosil qiluvchi faoliyatini kuchaytiruvchi preparatlar – xoleretiklar.

  2. O’t qopi tonusini oshiruvchi va o’t yo’llari tonusini pasaytiruvchi dori vositalar – xolekinetiklar.

  3. Miotrop spazmolitiklar.

Bularning ko’pchiligi o’tni ham xosil bo’lishi, ham chiqarilishiga kempleksli ta’sir ko’rsatadi.
Xoleretiklar
Ularning tasiri o’t kislotasi yoki efir tutuvchi moddalarning ta’sirida ingichka ichak shilliq qobig’ining reflector reaksiyalari bilan belgilanadi.

Bu guruhga kriadi;


O’t kislotasi tutuvchi preparatlar
Sintetik preparatlar
O’simlik tabiatiga ega preparatlar
Mineral suvlar

O’t kislotasi tutuvchi xoleretiklarga alloxol, liobil, xolenzim, panzinormforte, festal, dexolin, xolagollar kiradi. Ular o’t xosil bo’lishiga ko’maklashadi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi va u yerdagi cherish va bijg’ish jarayonlarini kamaytiradi.




Alloxol quyiltirilgan o’t, chesnok ekstrakti, gazanda (krapiva) va faollashgan ko’mir tutadi. Preparatning ta’siri jigar va ichakning sekretor faoliyatini rag’batlantirish, me’da va ichak peristaltikasini kuchaytirish, yo’g’on ichakning pathogen mikroflorasiga ta’sir ko’rsatishga asoslangan. Alloxolni jigarning o’tkir kasalliklari, sariqlik yoki preparatni ko’tara olmaslik bo’lgan holatlarida yuborish tavsiya etilmaydi.


Liobil tarkibida liofizlangan buqa o’ti tutadi. O’t hosil bo’lishini kuchayishi, uning oqimini rag’batlantirishi, me’da osti bezi shirasi sekretsiyasini kuchayishi va ichak motorikasining rag’batlanishiga olib keladi.


Xolenzim qoshimcha tripsin va amilaza fermentlarini ham tutadi shu sababli o’t haydovchi tasiridan tashqari ovqat xazm qilish jarayonlariga ham rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.


Sintetik preparatlarga - gimekromon, osalmidm nikodin, tsiklovalon kabi preparatlar kiradi.


Osalmid suvli component xisobiga o’t xosil bo’lishini oshirib, uning qovushqoqligini pasaytiradi. Preparat qondagi xolesterin va bilurin miqdorlarini kamaytirib, spazmolitik ta’sir ko’rsatadi.


Tsiklovalon qo’shimcha yallig’lanishga qarshi tasirlarni ham ko’rsatadi.
Nikodin o’t haydovchi ta’sirdan tashqari, mikroblarga qarshi faollikka ega, bu qisman metabolzm jarayonida formaldegid xosil bo’lishi bilan bog’liq.
Gimekromonga o’t chiqarish yo’llari va ularning sfinkterlariga nisbatan miotrop, spazmolitik ta’sir ko’rsatishi xolos
Download 16.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling