1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Download 1.76 Mb.
bet46/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Biologik suv havzalari

Biologik suv havzalarida oqava suv tarkibidagi organik moddalar mineral moddalarga aylantiriladi.Biologik suv havzalarining kattaligi 1 gektarga teng bolib, chuqurligi 0,5-1 metr bo‘ladi.

Biologik suv havzalari chiqindi suvlarni gelmintlardan, patogen mikroblardan ozod qilish uchun foydalaniladigan yopiq suv havzalaridir. Agar sug‘orish maydonlari suvni qabul qilmasa uni shunday suv havzalariga tushirsa ham bo‘ladi.

CHiqindi suvlar qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan bo‘lsa, turli kichik suv havzalaridan foydalanish mumkin. Bularning ichida eng ahamiyatlisi oksidlovchi biologik suv havzalaridir. Bunday suv havzalarida ichak tayoqchalari, gelmintlar deyarli yuz foiz nobud bo‘ladi. Biologik hovuzlar kam miqdordagi chiqindi suvlarni tozalashga mo‘ljallangan. Ulardan ko‘pincha yoz faslida keng foydalaniladi. CHiqindi suvlarning bunday suv havzalarida tozalanishi uchun uzog‘i bilan 8-10 kun vaqt ketadi.

Oksidlovchi suv havzalari ishini yaxshilash uchun ular bo‘linmalarga bo‘linadi.

Bu bo‘linmalar alohida ishlaydi. Har bir bo‘linmaga ikki kun suv suv to‘ldirib qo‘yiladi, uni tozalash uchun 10 kun kerak bo‘ladi. Bunday bo‘linmalar kamida 5 ta bo‘lishi kerak. Bo‘linmalar maydoni 0,3-1,5 gektar bo‘lib, suv havzalarining tagi 0,01-0,015S ga teng. Hovuzning bo‘yiga parallel qilib betonli nov ochiladi. Suvning chiqib ketishi va kirishi uchun ham 15-20 metrli beton moslamalar joylashtiriladi.

Tindirilgan suv suv havzalariga tushiriladi. CHo‘kmalarni chiqarish uchun suv havzasining tagiga maxsus truba o‘rnatiladi, kuz faslida cho‘kmalar chiqindi suv bilan suyultirilib sug‘orish shudgorlariga tashlanadi.

CHiqindi suvlarni tezroq tozalash zarur bo‘lsa, suv havzasida 10-15% tozalangan suv qoldiriladi. Oksidlovchi suv havzalaridagi suv qatlami 0,6 metr bo‘lishi kerak. Suv yuzasi bilan atmosfera havosining almashinib turishi suvning tezroq oksidlanishiga imkon beradi. Havo harorati 6S bo‘lganda biologik hovuzdagi suvning tozalanishi normal davom etadi. Biologik hovuzlar yozning issiq kunlarida, yuqori haroratda suvni yaxshi tozalaydi.

Hozir butun dunyoda chiqindi suvlar biologik hovuzlarda tozalanadi. CHunki keyingi vaqtda suv tarkibi juda o‘zgarib ketdi.

Biologik suv tozalash hovuzlarining o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bunday hovuzlarda suvning tozalanishi iqlimga bog‘liq. U 2-3 kundan 2,5-3 oygacha cho‘zilishi mumkin.




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling