1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
MAVZU: Litosfera funksiyalari va bugungi kundagi muammolari
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
8 MAVZU: Litosfera funksiyalari va bugungi kundagi muammolari.
Reja: Litosfera va uning ekotizimlarni shakllanishi va rivojlanishdagi o‘rni. Tuproqning ekologik funksiyasi, ularning ifloslanish, cho‘llanish, botqoqlanish muammolari va oldini olish. Er yuzidagi tuproq qatlamining asosini litosfera tashkil qiladi. Litosfera erning tashqi qismi bo‘lib, u qobiq va er mag‘zi (mantiya) ning yuqori qismidan tashkil topgan. Litosfera er qarida bo‘lib o‘tadigan fizikaviy-kimyoviy jarayonlar mahsulidir. Er qobig‘ining qalinligi 5 km dan 60 km ga etadi. Kontinerntlarda bu qalinlik 40-50 km ni tashkil qiladi. Dengiz va okeanlarda esa 6-10 km. Asosiy tuproq xosil qiluvchi omillar (iqlim va o‘simliklar) er yuzida mintaqalar va mintaqalar bo‘yicha taqsimlanganligi tufayli tuproq ham mintaqal taqsimlanish xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda erning tuproq qatlami bioiqlim mintaqalari va tuproq geohimik birliklar-dalalar, erlar kabi o‘lcham bilan aniqlanadi. Tuproq-iqlim (yoki tuproq bioiqlim) mintaqasi – tuproq mintaqalari va tuproqning vertikal tuzilishi birligi bo‘lib, u erda radiatsion termik sharoitlar ularning tuproq xosil bo‘lishi va o‘simliklarning rivojlanishiga ta’sir qilish xususiyatlari tushuniladi. SHimoliy va janubiy yarim hsarlarda iqlimning harorat xususiyatiga qarab kengliklar bo‘yicha quyidagi tuproq-bioiqlim mintaqalariga ajratiladi: Qutiblar, boreal, subboreal, subtropik va tropik mintaqalar. Har bir mintaqa uchun qator tuproq xillari xos bo‘lib, ular boshqa xududlarda uchramaydi. Tuproq xili (tipi), tuproq klassifiqatsiyasining asosiy taksonomik birligi, tuproqshunoslikning genetik asosi xisoblanadi. Tuproq turlari o‘z navbatida kattaroq taksanomik birlikka –tuproqlar oilasiga birlashtiriladi. Tuproqlar oilalari o‘z navbatida yana ham kattaroq taksanomik birlik-tuproq generatsiyasiga birlashadi. Tuproq generatsiyalari (ya’ni tuproqning yuzaga kelishi) esa yana ham katta taksanomik birlik-tuproq geoximik assotsiatsiyasiga birlashadi. Bu birlik asosida tuproq asosini tashkil qiluvchi organiz va mineral moddalarning bir-birlari bilan umumiy bog‘liqligi, bir-birlariga ta’siri turadi. Tuproq qoplami mustaqil er qobig‘I (pedosfera) dan iborat. Tuproq, o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning tog‘ jinslari ustida iqlim bilan hamjihatlikda xosil qilgan maxsulotidir. V.I.Vernardskiyning ta’rifi bo‘yicha, tuproq biokos jism (tana), u bir xil vaqtning o‘zida ham tirik, ham o‘lik (neorganik) moddalar-suv, havo va organik qoldiqlardan tashkil topgan bo‘ladi. Tuproqning eng katta xislati uning xosildorligidir, ya’ni o‘simlilarga organik moddalarni ko‘p to‘plash sharoitini ta’minlaydi. Tuproqning xosildorligi, uning hamma ijobiy xislatlari o‘simlik ildizlari atrofida optimal ekologik sharoit yaratilishidandir (mineral va organik moddalar, namlik, harorat, havo). Tuproqning hamma fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari yig‘indisi va ularni tirik organizmlarga ta’sir qilishi edafik omillarga kiradi. Ular tuproq bilan bog‘langan organizmlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Tuproq qoplami doim tabiatning tabiiy kuchlari ta’sirida yuviladi, parchalanadi emiriladi va hosil bo‘ladi. Biosfera va neorganik dunyo o‘rtasidagi tiriklik uchun, organizmlarning hayot faoliyatiga zarur bo‘lgan mineral moddalar almashib turishi tuproqda yuzaga keladi. Barglar, shoxlar, o‘t-o‘simliklar, o‘lgan hayvonlar tuproqqa qaytadi u erda chiqib o‘zlaridagi mineral moddalarni tuproqqa chiqaradi. Tuproq yuzasiga tushgan organik moddalar (o‘simlik va hayvonlar) qoldiqlari parchalanib tuproqni mineral hamda organik moddalar bilan boyitadi, ularning tuproqdagi miqdorining turg‘unligini ta’minlaydi.
Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling