4- ma’ruza 4-mavzu: Atmosfera havosining ifloslanishi va uning kelib chiqishi Reja


Download 23.99 Kb.
Sana08.08.2020
Hajmi23.99 Kb.
#125785
Bog'liq
4-Ma'ruza


4- MA’RUZA

4-MAVZU: Atmosfera havosining ifloslanishi va uning kelib chiqishi

Reja:

  1. Atmosfera havosining ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gazlar bilan ifloslanishi

  2. Atmosfera havosining sanoatdagi ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi

  3. Yashash va ish joylari havosi

  4. Havoni sanoat chiqindilari bilan ifloslanishiga qarshi kurash choralari

Kalit so’zlar: Qonun  hujjatlari, monitoring, ifloslanish, tahlil qilish, gigiyena

Atmosfera  havosini  ifloslovchi  manbalar  uchta  asosiy  guruhga  bo'linadi.  Bular:  binolarning  isitilishi,  avtomobillar  va  sanoatdir.


Binolami  isitish Atmosfera  havosining  ifloslanishida,  asosan,  shaharlarda  isitish  mavsumida binolami isitish sezilarli ulushini qo‘shadi.  Isitishda asosan  toshko‘m irdan  foydalaniladi  va  uning yonishi  natijasida  atmosferaga  katta  miqdorda  tutun,  qurum,  CO  va  S 0 2  lar  ajralib  chiqadi. Binolami  markazlashtirilgan  holda  issiqlik  markazlari yordamida  isitish  so'zsiz  foyda  beradi.Bunday tizimlar yoqilg‘i  yonganda  qurum  hosil  bo'lmasligini  ta’minlaydi.  Bunda  S 0 2  chiqindisi  kamaymaydi,  birgina  hosil  bo'layotgan  gazlar  yuqori  tutun  quvurlari  yordamida  atmosferaning  yuqori  qatlam lariga  chiqarib  yuboriladi.  N atijada  yerning yuza qatlamida chiqayotgan gazlarning havo bilan  hosil qilgan  aralashm asida  zararli  m oddalarning  konsentratsiyasi  birm uncha  kamayadi.  Havo  gigiyenasi  nuqtayi  nazaridan  binolami  isitishning  eng  istiqbolli  usuli  gidroelektr  stansiyalari  (GES)  yoki  atom   elektr  stansiyalari  (AES)  dan  olinadigan  elektr toki  yordamida  isitishdir.

Atmosfera  havosining ichki  yonuv dvigatellaridan  chiqayotgan  gazlar  bilan  ifloslanishi
Shahar  atmosfera  havosining  ifloslanishida,  benzinli  yoki  dizelli  dvigatellarga  asoslangan  m otorli transportdan  ajralayotgan gazlar hal  qiluvchi  rol  o ‘ynaydi. Havoning  uglerod  oksidi  CO,  parafin  va  olefin  qatori  uglevodorodlari,  yuqori  qaynaydigan  yarim  siklik,  aromatik  m oddalar va  qurum ,  aldegidlar,  N O ,  q o ‘rg‘oshin  oksidlari  kabi  m oddalar  bilan  ifloslanishida  ichki  yonuv  dvigatellari  bevosita  m anba  hisoblanadi.  Ushbu  tutun  gazlari  atmosfera  havosi  bilan  aralashib,  ayniqsa jadal  quyosh  radiatsiyasi  t a ’sirida  fotokimyoviy  reaksiyaga  kirishishi  va  natijada  smog  (tum an)  hosil  bo'lishiga  olib  kelishi  m um kin.  Turli laboratoriyalarda olib borilgan laboratoriya natijalari benzin dvigatellarida  hosil  bo‘ladigan  tutun  gazlari  tarkibida  arom atik  m oddalar  mavjudligini  isbotladi.  Bu  moddalar va ayniqsa 3,4 benzopiren potensial  konserogen  hisoblanadi.  Serqatnov  ko‘chalar tepasida  hosil  bo‘layotgan  tutun  gazlar  va  changlar  plyonkali  quyosh  yorug'ligining  ultra  binafsha  nurlarini  yutishi  hisobiga  inson  salomatligi  uchun  zararlidir.
Avtomobildagi tutun gazlari tarkibidagi zararli m oddalar konsentratsiyasini  kamaytirish  bo'yicha  bir  necha  yo'nalishlarda  izlanishlar  olib  borildi:  birinchidan,  dvigatelning  silindrlarida  yoqilg'i  yonish  jarayonini takomillashtirish;  ikkinchidan,  qo'shim cha havo va katalizator ishtirokida tutun gazlarini  batamom yondirib,  yoqilg‘ining yonmay  qolgan  kom ponentlari  m iqdorini  kamaytirish;  uchin chid an ,  yoqilg‘ining ekologik turlarini: spirtlar, o ‘simlik yog'lari va boshqalami  ishlatish;  to'rtinchidan,  elektr  avtomobillarni  ixtiro  qilish.
Atmosfera  havosining  sanoatdagi  ishlab  chiqarish  hisobiga  ifloslanishi
Ifloslantiruvchi manbalar.  Havoni sanoat ifloslovchilarining asosiy  manbasi  bo‘lib  toshko'm irda  ishlab,  atmosferaga  qurum,  kul,  S 0 2  chiqaradigan issiqlik elektr stansiyasi  (IES),  atmosferaga ajratayotgan  gazlari bilan  birga qurum ,  chang, tem ir oksidi va S 0 2,  ayrim  hollarda  ftoridlar  chiqaradigan  metallurgiya  zavodlari,  ko‘p  m iqdorda  chang  chiqaruvchi  m anba  hisoblanadigan  sement  zavodlari  hisoblanadi.  Anorganik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar atmosferani SO,,
SiF4,  H F ,  NO,  N 0 2  kabi  gazlar  bilan  ifloslaydi.  Selyuloza  ishlab  chiqarish,  neftni  qayta  ishlash  korxonalari  atmosferaga  yomon  hidli  gaz  holatdagi  chiqindilarni  tashlaydi. Bundan tashqari, barcha sanoat korxonalari o‘z energiya tizimlariga  ega  b o ‘lib,  ulardan  ajralayotgan  gazlar  ham  havoni  ifloslaydi.
Kimyo sanoati  korxonalarining  atmosferani  ifloslashini  bir  necha  guruhlarga  bo‘lish  mumkin:
1.  M ahsulotni  to'liqsiz  chiqishi  yoki  xomashyoning  100%  ini  ishlatishga  imkon  bermaydigan  reaksiyaning  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  (masalan  kontakt usulida H 2S 0 4 ishlab chiqarish) yoki so‘nggi mahsulotni yo‘qotish  (sement yoki ko'm ir sanoatidagi chang, N H 3  ni oksidlash  yo‘Ii  bilan  H N 0 3  ishlab  chiqarishda  N O x  ning  to ‘liqsiz  yuvib  chiqarilishi).
2.  Xomashyoda mavjud bo'Igan  chiqindi va  ifloslarni  atmosferaga tashlash.  M asalan,  ftorni  tabiiy  fosfatdan,  ruda  va  keramik  xom  ashyodan  N F   va  SiF4  ko‘rinishida,  oltingugurtni  tabiiy  gaz,  xom  neft  va  toshko'm irdan  va  yana  S 0 2  va  H 2S  ko 'rin ishida  sulfid  saqlovchi  rudadan, kaliy birikmalarini sement,  margimush, selen ishlab  chiqarishda  va  H 2S 0 4  ishlab  chiqarishda  oltingugurt  kolchedonini  atmosferaga  tashlash.
3.  Ishlab  chiqarish jarayonlarida  ishlatiladigan  qator moddalarni,  masalan  sun’iy  shoyi  va  viskoza  tayyorlashda  uchuvchan  organik  erituvchilar,  CS2 va  H2S  Iarni,  kamerali va minorali  usullarda  H2S 0 4 ishlab  chiqarishda  NOx  larni,  AL  ishlab  chiqarishda  F  birikmalarini  yo'qotish.
4.  Oksidlanish  jarayonlari,  qizdirish  yoki  quritish  natijasida  atro f- u h itg a  hidli  yoki  oksidlanish  m a h su lo tlarin in g   tushishi,  natron niy  selluloza  tayyorlashda  qaynatish  jarayonida  merkaptan  va  H 2S  ajralishi,  nordon  azot  tuzlaridan  olinadigan  katalizatorlarni  kuydirishda  N O x  larning,  karbonatlardan  CO,  C 0 2  larning tushishi.
Yashash  va  ish joylari  havosi
Yashash  uylari  va  ish  joylarida  atmosfera  havosiga  qaraganda  zararli  ifloslovchilar k o ‘p bo‘ladi.  Bu shu bilan bog‘liqki, birinchidan,  binolarda  ishlatilayotgan  ko‘pgina  m aterial  va  qurilm alar  zararli moddalar ajratadi, ikkinchidan,  bino germetik yopiqligi sababli zararli  m oddalar  xavfli  darajagacha  yig‘ilib  qolishi  mumkin.  U chinchidan,binoning  ichida zararli  moddaning ta ’siri,  ochiq havodagiga  nisbatan  uzoqroq  bo‘ladi.
0 ‘rtacha  olganda  inson  o ‘z  vaqtining  70—80%  ini  binolarda  o'tkazadi,  ayniqsa  hom ilador  ayollar,  yosh  bolalar,  keksalarda  bu  foizlar  undan  ham   ko‘proq  bo'ladi. Yashash joylarida havoni  ifloslovchilarning ko‘pgina turlari mavjud 
b o ‘lib  quyida  ulardan  b a ’zilarini  ko‘rsatib  o ‘tamiz:
—  faner  va  D SP  larni  kleylash  uchun  va  yana  g'ovakli  rezinalar  va  plastikali  qoqiladigan  m ateriallar  uchun  q o ‘shim cha  sifatida  q o ‘llaniladigan  fenol,  formaldegid  va  boshqa  sintetik  organik  birikmalar;
— organik m oddalam ing pechlar va kaminlarda yonishi natijasida  hosil  bo‘ladigan  turli  xil  m ahsulotlari  (CO,  N O x,  uglevodlar  va  boshqalar);
—  yuvuvchi  m odda,  yelimlar,  pestitsidlar,  havoga  xushbo'ylik  beruvchi,  dezinfeksiyalovchi  m oddalar,  barcha  turdagi  aerozollar  sifatida  q o ‘llaniladigan  turli  xildagi  kimyoviy  moddalar;
— radon  — yer qarida radioaktiv moddalarni pontanli parchalanishi natijasida  hosil  b o ‘ladigan  radioaktiv  gazdir.  U  yer  ustiga  chiqib  tabiiy  radioaktiv  fonni  hosil  qiladi.  Uylarning  tom lari  orasidan  issiq  havo chiqqanida havo bo ‘shlig‘i  paydo bo‘lib,  radon pastki  qavatlarga  kiradi, xonalarda ushlanib qolib  havfli konsentratsiyalami hosil qilishi  mumkin.Oziq  m oddalarni  pishirish  va  yondirish  uchun  qo‘llaniladigan  tabiiy  gaz,  qurilish  m ateriallari  va  suv  ham  radon  hosil  qiluvchi 
m anba boMishi  mumkin.

— Asbest-tolali  kristallardan  tashkil  topgan  tabiiy  material.  Uni  bug'  bilan  isitish  quvurlariga  qoplama,  binolarning  ustki  qismiga  qoplam a,  dazm ol  doskalariga  qoplam a  va  boshqalarga  issiqlik  saqlovchi  va  o ‘tga  chidamli  material  sifatida,  b a’zi  b o ‘yoqlarda  va  tom ni  yopadigan  m ateriallarda  q o ‘llaniladi.


— Chekish sanab o'tilgan har qanday moddaning o'rtach a ta’siriga  nisbatan  solishtirib  bo‘lmaydigan  katta  xavfga  olib  keladi  va  bino  ichidagi  boshqa  ifloslovchilar  bilan  birga  sinergetik  samara  berishi  mumkin.  Chekish  chekmaydiganlarga  ham   o ‘zining  xavfli  ta ’sirini  oshirishi  isbotlangan. —  0 ‘lcham i  2,5  m km   d an  kichik  m uallaq  m o d d alar  sigaret  tutunida,  turli  aerozol  tovarlarida va  yana  boshqa  ichki  m anbalarda 2 — I X. Ayubova va boshq.mavjud  bo‘lib  o'ziga  quyosh  yorug‘ligining  ultrabinafsha  nurlarini 
yutadi.  Bakteriyalar  o ‘simlik  urug‘lari  va  viruslarida  ham  muallaq  moddalar holida mavjuddir.  Ularning konsentratsiyasi binodagi insonlarning  hayot  faolligi  va  sharoitiga  mos  keladi. Havo  kondensionerlari va  bug‘lantiruvchi  muzlatgichlar patogen  organizmlar yig‘ilishi  mumkin  bo'lgan  va  keyinchalik  «tirik  aerozol»  sifatida  chiqishi  m um kin  b o ‘lgan  apparatlar  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish binolari havosining ifloslanishi kimyoviy moddalarning turli-  tumanligi  va  yuqori  konsentratsiyaligi  bilan  ham  farq  qiladi. Ishlab chiqarish sharoitida zararli moddalarning ta ’siri tashqi muhitning turli qo'shim cha omillari  (havoning yuqori harorati,  shovqin,  tebranish  va  boshqalar)  hisobiga  og‘irlashadi.


Download 23.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling