1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. AMALIYOT (SEMINAR) MASHG‘ULOTLARINING ISHLANMALARI, ULARNI O‘TKAZISH VA QO‘LLASH BO‘YICHA USLUBIY TAVSIYALAR.
Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1. Nima sababdan ekologik bilimlarni rivojlantirish zarurati paydo bo‘ldi? 2. Aholi ekologik ongining atrof muhitga ta’siri qanday? 3. Ekologik ta’lim-tarbiyaning uzluksizligi deganda nimani tushunasiz? 4. Ekologik monitoring nima? 5. Ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz? 7. AMALIYOT (SEMINAR) MASHG‘ULOTLARINING ISHLANMALARI, ULARNI O‘TKAZISH VA QO‘LLASH BO‘YICHA USLUBIY TAVSIYALAR. So‘z boshi Hozirgi davr sayyoramizdagi ekologik vaziyatning qisman yomonlashganligi, inson salomatligiga tahdid solayotganligi bilan tavsiflanadi. Bunday holat jamiyatning har bir a’zosidan ekologik bilimlarga ega bo‘lishini, tabiatni muhofaza qilish ishlariga o‘z hissasini qo‘shishni taqazo etadi. SHu sababli ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar “Ekologiya” fanidan nazariy bilimlar oladilar. Ushbu uslubiy ko‘rsatma Oliy o‘quv yurtlarining nobiologik yo‘nalishlari (biologiya va ekologiya yo‘nalishlaridan tashkari) bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallab yozilgan. Uslubiy ko‘rsatmada ekologiya fanidan o‘rganilgan mavzular: muhit va ekologik omillar, organizmlarning muhit omillariga moslashishi, populyasiya, biosenoz, biogeosenoz va ekosistema, biosfera, noosfera va tabiatni muhofaza qilishga oid amaliy mashg‘ulotlar berilgan. Qo‘shimcha holda uslubiy ko‘rsatmada ekologiya fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarining savollari hamda bu savollarga javob berish uchun zarar bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati ham keltirilgan. Labarotoriya mashg‘ulotlarda talablar yuqoridagi mavzularga oid bilimlarni mustahkamlash bilan birga ekologiya bo‘yicha ayrim tadqiqot uslublarini ham o‘rganadilar, ekologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan muammolar hamda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Labarotoriya va seminar mashg‘ulotlarida qanday mustaqil ishlar bajarilishi, fikrlar qanday bayon etilishi uslubiy ko‘rsatmada aniq ko‘rsatilib berilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, seminar mashg‘ulotlarining tabiatni muhofaza qilish mavzulariga bag‘ishlangan qismida har bir mutaxassislikning xususiyatlariga e’tibor berish zarur. SHu sababli, darslar o‘tilayotgan jarayonda o‘qituvchi tomonidan mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqadigan qo‘shimcha savollar kiritilishi mumkin. Darsning xronokartasi - 80 minut
Tashkiliy qism – 2 minut YAngi mavzu bayoni. Suhbat, amaliy topshiriqni bajarish, savol-javob – 40 minut. Mustaqil ish topshiriqlari (Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish) – 10 minut Bilimlarni test usulda sinash - 10 minut Sinov savollari (ta’riflarni aytish, terminlar tahlili, aqliy hujum) – 10 minut Xulosalash, baholash – 4 minut Uyga vazifa – 4 minut Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling