1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzliklarning
Harorat va yog‘ingarchilik. XXI asrda kutilayotgan issiqlashuvning sur’ati avval bo‘lmagan ravishda bo‘lib o‘tadi. Qattiq issiqlashuv shimoliy yarimshar yuqori kengliklarida kutilmoqda. Iqlim zonalari qutblar tomon qo‘zg‘aladi. YOg‘ingarchilikning o‘rtacha miqdori oshadi, lekin ayrim regionlarda yog‘ingarchilikni ham ko‘payishi, ham kamayishi ehtimoli bor. YOg‘ingarchilikning o‘rtacha miqdori ko‘payishi kutilayotgan hududlarda katta yillik o‘zgarishlar, suv toshqinlari va qurg‘oqchiliklar almasinuvi kuzatiladi.
Muzliklarning chetga chiqishi davom etadi. SHimoliy yarimsharda qor qoplami, mutloq muzliklar hamda dengiz muzining uzunligi intensiv ravishda qisqaradi. Issiqxona gazlarining butun ehtimoliy diapazoni bo‘yicha dunyo okeaning darajasi 9-88 smga ko‘tarilishi mumkin. Bunday daraja oshishi okeanlarning issiqlik kengayishi, muzliklar va muz qutblari qoplamlarining erishi natijasida sodir bo‘ladi. Bularning barchasi qirg‘oq bo‘yi hududlarida suv toshqinlar xavfini kuchaytiradi, suv bo‘yi, orolda joylashgan mamlakatlarni va ayniqsa daryo deltalarini suv bosadi. Prognozlarga asosan, salbiy ta’sirlar er sharining aksariyat qismida, ayniqsa tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan rivojlanayotgan mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Quruq hududlarda suv etishmaslik muammosining keskinlashuvi kutilmoqda. Issiqlashuv va dengiz darajasining ko‘tarilishi ekotizimlarning ekologik mahsuldorligining o‘zgarishiga olib keladi va bir necha o‘simlik va hayvonlar turlarining yo‘q bo‘lib ketishi xavfini tug‘diradi. Eng katta xavf korall riflari, mangra o‘rmonlari, baland tog‘ ekotizimlari, tabiiy o‘tloqlar va mutloq muzlik hududlari ekotizimlari kabi o‘ta nozik ekotizimlarga to‘g‘ri keladi. Birinchi navbatda yashash muhitiga bevosita bog‘liq bo‘lgan mahalliy aholi va jamiyatlar zarar ko‘radi. CO2 konsentrasiyasining oshishi natijasida bo‘lgan ta’sir o‘simliklarning birlamchi hosildorligini oshiradi. Ammo ekotizimlarda yong‘inlar, qurg‘oqchilik, zararkunandalar hujumi va ekzotik turlarning hujumi natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar sonining oshishi kutilmoqda. Mo‘tadil iqlimga ega bo‘lgan hududlarda kichik harorat ko‘tarilish paytida hosildorlik oshadi, lekin katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganidan so‘ng kamaya boshlaydi. Aksariyat tropik va subtropik hududlarda har qanday harorat ko‘tarilishida hosildorlik kamayib boradi. O‘rmon va torf yong‘inlari shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishining jadallashishiga, demak, be’morlar orasida o‘limlar soni va xronik kassaliklar soning oshishiga olib keladi. Iqlim o‘zgarishlari insonlar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi, ayniqsa tropik va subtropik mamlakatlarda issiqlik ta’siri, suv toshqinlari va po‘rtanalar, kasalliktashuvchilar ta’siri oqibatida shakllangan stressing oshishi yuz beradi. Bezgak, Denge bezgagi, xolera kabi va boshqa infeksion kassaliklardan o‘limlar sonining oshishi kutilmoqda. 04-05-2006 Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling