Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa vafaoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘la ridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish
bilan bog‘liq iqtisodiy muno sabatlardir.
Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoq-
lari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar,
subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun
ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisobla- nadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mir lash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |