1-Mavzu: Tadbirkorlik va biznes mazmuni, belgilari va amalga oshirish shartlari


-Mavzu:Reklamani mazmuni va maqsad va vazifalari. Reklama dasturini ishlab chiqish va uning ahamiyati


Download 1.61 Mb.
bet23/27
Sana23.12.2022
Hajmi1.61 Mb.
#1046063
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1 Mavzu Tadbirkorlik va biznes mazmuni, belgilari va amalga osh

17-Mavzu:Reklamani mazmuni va maqsad va vazifalari. Reklama dasturini ishlab chiqish va uning ahamiyati


Reklamaning maqsadi va vazifalari.
Reklamaning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to’g’risida axborot oqimini shakllantirish;
- tadbirkorlik va iste'mol madaniyatini takomillashtirish;
- reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, ahloq va ma'naviyatning umum e'tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishshanlik obrusiga, atrof muhit holatiga tajovo’zidan himoyalanish choralarini ta'minlash;
- mahsulotning harakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste'mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko’ra iste’molchilarni shalgitadigan yolgon yoki noaniq ma'lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.
Reklamaga qo’yiladigan asosiy talablar.

Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma'naviy zarar etkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:


- ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to’g’risida axborot tarqatish;
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko’ra kamsitish yoki o’zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
- qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, fuqarolarning sog’ligi yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yohud zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e'tiborsizlik tuyg’usini uyg’otuvshi harakatlarga da'vat qilish;
- majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo’lgan yoki ishlab chiqarilishi yohud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruhsatnoma (lisenziya) bo’lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikata, lisenziyasi bulmay turib reklama qilish;
- agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo’llaniladigan umumiy echim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash, taqlid yoki o’hshatma qilish;
- jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
- pornografiyani tarqatish mumkin emas.
Reklama beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
- reklama hususida shartnoma tuzish to’g’risida oshkora taqlif (ommaviy oferta) kiritish;
- reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, etkazilgan zararning o’rnini va ma'naviy zararni qoplash to’g’risida da'vo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
- reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
- agar reklama beruvchining faoliyati lisenziyalanishi zarur bo’lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o’zini reklama qilayotganda tegishli lisenziyani taqdim etishi shart;
- Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishiva o’zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:

- ommaviy oferta yo’llangan shahsdan belgilangan tartibda aksept olganidan so’ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shahsni shartnoma tuzishga majburlash to’g’risidagi hamda reklama beruvchining shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli etkazilgan zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;

- qonun hujjatlarida belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli lisenziyani talab qilish.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
- ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va xomiylik qoidalarini bajarishi;
- axborot yoki boshqa materiallarni bergan shahs to’g’risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
- reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida habardor etishi shart;

- Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishiva o’zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling