1-mаvzu. Тa`lim psixologiyasining o`rganish zarurati. Rej
Download 331.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза Таълим психологияси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim psixologiyasi nima
- Psixologiya va talim psixologiyasining farqi nimada
1-mаvzu. Тa`lim psixologiyasining o`rganish zarurati. Reja. 1.
Tallim jarayoninig o`ziga хоs tomonlari. 2.
Tallim oluvchi va ta`lim beruvchining psixologik xususiyatlari. 3.
Talaba shaxsinig psixologik taraqiyoti. Таянч сўз ва иборалар:
topshiriqlari, o‘quv harakatlari, o‘qituvchining nazorati, o‘qituvchining baholashi. 0‘quv maskani jamiyatning ijtimoiy institutlaridan bir bo'lib, jamiyatning buguni emas, balki kelajakka yo‘naltirilgan rivojini belgilaydi. 0 ‘quv maskanining maqsadi — ta’lim va tarbiyadir. 0‘quv faoliyati — shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. 0‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N. Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini hamda bola ongi aynan o ‘quv faoliyatida o ‘sishini ta - ’kidlaydi. D.B. Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyati, mazmuni va o‘zining namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta- ’kidlaydi. 0‘quv faoliyati natijasida awalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita o'quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. 0 ‘quv faoliyati ta ’lim, o ‘qish va o krganish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’lim — o‘qituvchi va o ‘quvchi hamkorligidagi o ‘quv faoliyati, o‘qituvchning bilim, ko‘nikma va malakalarini o'quvchilarga o ‘rgatish jarayonidir. Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulqatvoming shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. 0 ‘qish va o ‘rgatish tushunchalari o ‘quv faoliyati b ilan bogliq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalami o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat qiladi.
1. 0 ‘quv motivlari. 2. 0 ‘quv topshiriqlari.
3. 0 ‘quv harakatlari. 4. 0 ‘qituvchining nazorati. 5 .0 ‘qituvchiningbaholashi. D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan 0‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o ‘tkazilishidir. Ta’lim jarayoni alohida tashkiJ etiladigan hamda boshqariiadigan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilaming o ‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ulami boshqaradi. O`quv jarayoni besh elementdan iborat: 1. Ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak? 2. Ta’limning mazmuni — nimaga o ‘qitish kerak? 3. Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo'Ilari. 4. Ta’lim beruvchi. 5. 0 ‘quvchi. Ta’lim jarayonini tashkil etish — ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur b o ‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o ‘zlashtirilishidir, ya’ni: — faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o‘zlashtirilishiga; — maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlami to‘g‘ri tanlash va foydalanishga bog‘liq.
1. Motivasiya. 2. Ma’lumot usullari. 3. Ma’lumotning tushunarliligi. 4. Xotira. 5. M a ’lumotni qo'llash. Ta’lim va ta’Iim jarayonida bolaning rivojlanish muammosi psixologik markaziy masalalardan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalami bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya. Galperin). P.Ya. Galperin nazariyasi bo‘yicha bilimlami o ‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 1. Motivasiya. 2. Tushuntirish. 3. Moddiy formadagi xatti-harakatlami bajarish. 4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalami bajarish. 5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 6. Faoliyatni fikran bajarishga kirishish. Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: — birinchi turda — xatti-harakatlami o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta ’limning asl mohiyatini tushunib etmaydi; — ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan bog‘liq tushunchalami ajratilishi bilan xarakterlanadi; — uchinchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlami o ‘zlashtirilishini ta’minlab beradi. V.V. Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik m aktab yoshidagi o ‘quvchilami ilmiy tushunchalami o ‘zlashtirilishini taig‘ib qiladi. Bunda o‘quvchilar tomonidan ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o ‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o ‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o ‘tilishni ta’minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta ’lim bilan bog‘liq b o ‘lib, L.V. Zankov va A.M. Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta ’limda muammoli darslami tashkil etishga qaratilgandir. Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko‘pgina masalalami qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. Awalo o‘quvchining o ‘qishga bo‘lgan munosabatiga to‘xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his-tuyg‘ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida namoyon bo'ladi. Ta’lim jarayoni, awalo, o ‘quvchilar diqqatini yo‘lga solishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, texnik va EHM kutubxonasi vositalaridan foydalanish ta ’iim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta`lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o ‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Chunki dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. O‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o ‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ulami takrorlash kerak. T a ’iim jarayonining samaradorligi ko‘p jih a td an o ‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. 0 ‘qituvchining roii shundan iboratki, u o‘quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolishni, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko'rsatib o‘tishi lozim. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda ko‘pincha no to‘g‘ri tasawurlar vujudga keladi. 0 ‘qitishning emosionalligi ta ’limning muvafiaqiyatliligini ta’-minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emosional jarayon. Agar o ‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ulaming muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 0‘quvchilar emosional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar. 0‘tkazilgan tajribalar o‘quvchilar hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emosional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. 0‘qituvchi o'quv jarayonining emosional tomoni haqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta ’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirishi lozim. Ijobiy tuyg‘ular o ‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan beg‘araz munozara paydo bo‘ladi, bahslashiladi, befarq qaragan salbiy munosabatda bo‘lingan ishga esa hech qanday hafsala bo‘lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat — ijod, quvonch manbai. O‘quv maskani o‘qu vchilarida o‘quv mehnatiga ijodiy munosabat uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak. Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo‘liaydilar: „Talaba — to ‘ldiritib turilishi kerak bo‘lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‘lgan mash’aldir“ . Bu fikrning tagida chuqur ma’no bor. Zero, o‘qituvchi biz yuqorida ta ’kidlab o‘tgan ta’lim metodlari muammoli ta ’lim, qisman izlanish metodi va tadqiqot metodlaridan keng qo`llanishi kerak. Ta’lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish bo‘lib, yuqorida aytib o‘tiigan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo bo‘lishini ta ’minlab beradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilaming bilishga qiziqishlari g‘oyat kata ahamiyatga egadir. Qiziqish — o ‘quvchilaming emosional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo‘nalishidir. Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o ‘quvchilaming ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o ‘qituvchi o‘z o ‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o ‘quvchilarda ta ’limga aktiv munosabat namoyon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo‘lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o'quvchilar hayotida katta rol o lynaydi. Ular o ‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar — motivlaridir. Qiziqishlar ta’lim maskanlari o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. 0‘qituvchilaming vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarning markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir. 0‘quvchilaming muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklrni enga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o'zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo'ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning o‘z oldiga qo'ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni o ‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatdir Ta’lim jarayonida o ‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqaror bo‘lishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda o ‘quvchida o‘quv maskani va uyda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlaiga tayyor turishda namoyon bo‘ladi. 0‘quv materialini o ‘rganish — eslab qolish va o‘quvchining irodaviy zo‘r berishiga bog‘liq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoiiyatlarida — masalani echishga, qo‘yilgan savoJga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon bo‘ladi. Ular o'quvchilarda ko‘nikma va malakalami hosil qilishda ham tarkib topadi. Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanganligiga bog‘Iiqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’Iim jarayonining o ‘zi o‘quvchiIardan irodaviy o‘stirish omillaridan biridir. Blinda, o‘quvchilarning kundalik rejimi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to ‘g‘ri almashtirib turish katta roi o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo‘lib, unda jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o‘tiladi, ana shundan so‘ng ob’ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko‘rib chiqishimiz lozim bo`gan narsa o‘quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalami sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo‘lishi bo‘lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda o‘qituvchining og‘zaki hikoya qilishida, suhbat o‘tkazishda, leksiya o‘qishida, ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, ekskursiyalar o ‘tkazish, axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o ‘quvchining o‘ziga darsliklar hamda boshqa qo‘llanmalami o‘qitish tarzida o ‘tishi mumkin. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki fazoni, vaqtni va harakatlarn idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‘ladi. Ta’lim olish jarayoni insondagi motivlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning mohiyati — inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchada ifodalanadi. Motivasiya esa xulq-atvomi psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quwatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o ‘qish motivlari „nima uchun ? “ , „nimaga?“ , „qanday maqsad bilan?“ kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o ‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. 0‘quv faoliyatida o ‘quv motivlar o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rcjalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. 0‘quv faoliyati motivasiyasining manbalari mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: 1. Ichki manbalar. Ular insoniy tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug'ma informasiyaga bo‘lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. 2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Talabalarda ulaming birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, o ‘quv maskani, oila boladan juda ko‘p ishlami amalga oshirishni talab qiladi. Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar darajasining bo‘lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi, 7 yoshdan u o‘qishi, 15 yoshdan esa kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar — shaxs faoliyatini belgilovchi ob’ektiv shart- sharoitlardir. Masalan, bolaning boy kutubxonaga ega bo‘lishi uni kitob o ‘qishga undaydi. 3. Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari sistemasi, ustanovkalari va g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud.
Ulaming barchasi faoliyatning kechishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivasiyasini tashkil etadi. V.A. Kruteskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlaming quyidagilarini alohida ifodalaydi: a) biror o‘quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi; c) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish; d) oilaviy an’analarga rioya qilish; e) d o‘st-birodarlarga ergashish; f) moddiy ta’minlash va hokazolar.
Psixologiya va o'quv psixologiyasi o'rtasidagi farqning kaliti shundaki, ta'lim psixologiyasi psixologiyaning bitta sub-intizomidir. Psixologiyani shunchaki inson ongi va xatti-harakatlarini ilmiy o'rganish sifatida aniqlash mumkin. Bu g'ayritabiiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi va boshqalar kabi ko'plab sub-fanlarni qamrab olgan intizom. Ta'lim psixologiyasi, shuningdek, psixologiyaning asosiy intizomiga kiritilgan sub-fanlardan biridir. Ta'lim psixologiyasi inson hayoti davomida o'rganishni o'rganishga alohida e'tibor beradi. Shunday qilib, psixologiya va o'quv psixologiyasining asosiy farqi shundan iboratki, umuman olganda psixologiya inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladigan kengroq qarashga ega bo'lsa-da, ta'lim psixologiyasi o'quv jarayoniga alohida e'tibor beradi. Ushbu maqolaning maqsadi ikki atama, psixologiya va ta'lim psixologiyasi o'rtasidagi farqni ta'kidlab, ikkita atamani tushunishdir.
Psixologiya nima? Ko'p yillar davomida odamlar psixologiya deb nomlanuvchi intizomni o'rnatishga olib kelgan inson ongining imkoniyatlari bilan hayratda qoldilar. Shu ma'noda uni insonning aqliy jarayonlari va xulq-atvor qonuniyatlarini ilmiy o'rganish sifatida aniqlash mumkin. Eksperimental sharoitda odamning ongi va xatti-harakatlarini tekshirish qobiliyati Germaniyada birinchi laboratoriyani 1879 yilda Vilgelm Vundt tomonidan tashkil etilgan, keyinchalik u Psixologiyaning otasi deb hisoblangan. Psixologiya juda keng qamrovli intizomdir. Garchi tibbiyotning dastlabki bosqichida (biologiya) va falsafa psixologiyaning o'z sohasi sifatida rivojlanishiga imkon bergan bo'lsa, endi u nafaqat boshqa fanlarga ta'sirini kuchaytiribgina qolmay, balki ularga ta'sir ko'rsatadigan yanada kengayib borgan intizomga aylandi. ilmiy va ilmiy sohada doimiy ravishda o'zgarib, olg'a siljiydi. U inson taraqqiyoti, shaxsiyati, g'ayritabiiylik, ta'lim, ijtimoiy munosabatlar va inson hayotining deyarli barcha jihatlarini o'rganadi. Psixologiya haqida bilganimizda, psixologiya maktablari haqida ham eshitamiz. Bular yillar davomida inson hayotini tahlil qilish va o'rganishda qo'llanilgan turli xil yondashuvlarga ishora qiladi. Strukturizm, funktsionalizm, xulq-atvorizm, psixoanaliz, gestalt va gumanistik psixologiya ana shu psixologiya maktablaridan biridir. Ta'lim psixologiyasi nima? Ta'lim psixologiyasi - bu psixologiyaning inson o'qishini o'rganadigan maxsus fanidir. U motivatsiya, konditsionerlik, xotira, aql, idrok va boshqalar kabi turli mavzularni o'rganadi. Ta'lim psixologlari turli xil sharoitlarda, turli xil sharoitlarda, turli xil sharoitlarda odamlarning o'quv jarayonini o'rganishdan manfaatdor. Ular ushbu sohada kognitiv va xatti-harakatlarga munosabat bildiradilar. Ta'lim psixologiyasi faniga tegishli bo'lgan nazariyalar turli xil maktablar, masalan, xulq- atvor, gestalt psixologiyasi, gumanistik psixologiya va funktsionalizmga asoslangan. Ayniqsa, Ivan Pavlov tomonidan olib borilgan klassik konditsionerning xulq-atvori nazariyalari va BF Skinner tomonidan operatsion konditsionerlik ta'lim psixologiyasida ularning haqiqiy hayotga va ta'lim bilan bog'liq jarayonlarga mosligi bilan mashhur. Turli xil psixologiya maktablarida nafaqat psixologlar xulq-atvori mutaxassislari insonning o'rganish jarayonini tahlil qilish va tushunishni anglatuvchi turli xil nazariyalarni taqdim etdilar.
Psixologiya va ta'lim psixologiyasining farqi nimada? Xulosa qilib aytganda, psixologiya, asosan, insonning aqliy jarayonlari va xulq-atvorini o'rganish, ta'lim psixologiyasi esa insonning o'rganish jarayonini o'rganishdir. Ta'lim psixologiyasi inson hayotining faqat o'rganish aspektlarini o'rganayotgan bir paytda, psixologiya umuman inson hayotining butun faoliyati davomida o'quv jarayonidan tashqarida bo'lgan narsalarni o'rganadi. Download 331.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling