1-mаvzu. Тa`lim psixologiyasining o`rganish zarurati. Rej


Download 331.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.09.2020
Hajmi331.44 Kb.
#129736
Bog'liq
1-Маъруза Таълим психологияси


1-mаvzu. Тa`lim psixologiyasining o`rganish  zarurati. 

Reja. 

1.

 

Tallim jarayoninig o`ziga хоs tomonlari. 



2.

 

Tallim oluvchi va ta`lim beruvchining psixologik xususiyatlari. 



3.

 

Talaba  shaxsinig  psixologik taraqiyoti. 



 

Таянч  сўз  ва  иборалар:

 

ta’lim,  tarbiya,  o  ‘quv  faoliyati,  o‘quv  motivlari,o‘quv 



topshiriqlari, o‘quv harakatlari, o‘qituvchining nazorati, o‘qituvchining baholashi. 

 

 

0‘quv  maskani  jamiyatning  ijtimoiy  institutlaridan  bir  bo'lib,  jamiyatning 

buguni emas, balki kelajakka yo‘naltirilgan rivojini belgilaydi. 0 ‘quv maskanining 

maqsadi  —  ta’lim  va  tarbiyadir.  0‘quv  faoliyati  —  shunday  faoliyatki,  unda 

shaxsning  psixik  jarayonlari  shakllanadi  va  rivojlanadi,  uning  asosida  yangi 

faoliyatlar yuzaga keladi. 

0‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz 

jarayondir.  Rus  psixologi  A.N.  Leontev  inson  faoliyatining  psixik  va  amaliy 

shakllari  mavjudligini  hamda  bola  ongi  aynan  o  ‘quv  faoliyatida  o  ‘sishini  ta  -

’kidlaydi.  D.B.  Elkonin  esa  o‘quv  faoliyatining  xususiyatlarini  ko‘rsatib,  uni 

mohiyati,  mazmuni  va  o‘zining namoyon bo‘lish  shakliga  ko‘ra  ijtimoiyligini ta- 

’kidlaydi. 0‘quv faoliyati natijasida awalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning 

mahsuli  turli  motivlar  asosida  qurilgan  bo‘lishi  darkor.  Bu  motivlar  bevosita 

o'quvchi  shaxsining  o‘sishi  va  rivojlanishi  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  kerak.  0  ‘quv 

faoliyati ta ’lim, o ‘qish va o krganish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. 

Ta’lim — o‘qituvchi va o ‘quvchi hamkorligidagi o ‘quv faoliyati, o‘qituvchning 

bilim, ko‘nikma va malakalarini o'quvchilarga o ‘rgatish jarayonidir. 

Ta’lim  jarayoni  bevosita  muayyan  axborotni,  harakatlarni,  xulqatvoming 

shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. 0 ‘qish va o ‘rgatish tushunchalari o ‘quv 

faoliyati b ilan bogliq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalami o‘zlashtirishga, 

o‘rgatishga xizmat qiladi. 

0 ‘quv faoliyatining besh elementi mavjud: 

1. 0 ‘quv motivlari. 

2. 0 ‘quv topshiriqlari. 


3. 0 ‘quv harakatlari. 

4. 0 ‘qituvchining nazorati. 

5 .0 ‘qituvchiningbaholashi. 

D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi ayrim 

kishilar  bajarilishini  asta-sekinlik  bilan  0‘quvchining  o‘ziga  o‘qituvchining 

ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o ‘tkazilishidir. 

Ta’lim  jarayoni  alohida  tashkiJ  etiladigan  hamda  boshqariiadigan  faoliyat 

bo‘lib,  u  o‘quvchilaming  o  ‘quv  faoliyatlarini  tashkil  etadi  va  ulami  boshqaradi. 

O`quv  jarayoni besh elementdan iborat: 

1. Ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak? 

2. Ta’limning mazmuni — nimaga o ‘qitish kerak? 

3. Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo'Ilari. 

4. Ta’lim beruvchi. 

5. 0 ‘quvchi. 

Ta’lim  jarayonini  tashkil  etish  —  ideal  va  amaliy  faoliyatning  u  yoki  bu  turini 

muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur b o ‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli 

xossalari xususidagi axborotning  o ‘zlashtirilishidir, ya’ni: 

—  faoliyatning  ana  shu  barcha  turlari  tarkib  topgan  usullari  va  jarayonlarining 

o‘zlashtirilishiga; 

—  maqsadga  muvofiq  keladigan  usullar  va  jarayonlami  to‘g‘ri  tanlash  va 

foydalanishga bog‘liq. 

T a ’lim jarayonining muvajfaqiyati: 

1. Motivasiya. 

2. Ma’lumot usullari. 

3. Ma’lumotning tushunarliligi. 

4. Xotira. 

5. M a ’lumotni qo'llash. 

Ta’lim  va  ta’Iim  jarayonida  bolaning  rivojlanish  muammosi  psixologik  markaziy 

masalalardan  biridir.  Ta’lim  va  rivojlanish  muammosiga  doir  qator  nazariyalar 

ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri: 


1.  Aqliy  xatti-harakatlar,  bilimlar,  malaka  va  ko‘nikmalami  bosqichma-bosqich 

rivojlantirish  nazariyasi  (P.Ya.  Galperin).  P.Ya.  Galperin  nazariyasi  bo‘yicha 

bilimlami o ‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 

1. Motivasiya. 

2. Tushuntirish. 

3. Moddiy formadagi xatti-harakatlami bajarish. 

4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalami bajarish. 

5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 

6. Faoliyatni fikran bajarishga kirishish. 

Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: 

—  birinchi  turda  —  xatti-harakatlami  o‘zlashtirish  xatolar  bilan  kechadi, 

berilayotgan  material  etarli darajada  anglanilmaydi,  ta’lim  oluvchi  ta  ’limning asl 

mohiyatini tushunib etmaydi; 

— ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan 

bog‘liq tushunchalami ajratilishi bilan xarakterlanadi; 

—  uchinchi  tur  —  tez,  samarador  va  bexato  xatti-harakatlami  o  ‘zlashtirilishini 

ta’minlab beradi. 

V.V. Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik m aktab yoshidagi o ‘quvchilami 

ilmiy tushunchalami o ‘zlashtirilishini taig‘ib qiladi. Bunda o‘quvchilar tomonidan 

ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o ‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o ‘z 

o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o ‘tilishni ta’minlaydi. 

Qator nazariyalar muammoli ta ’lim bilan bog‘liq b o ‘lib, L.V. Zankov va 

A.M. Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta ’limda muammoli darslami 

tashkil  etishga  qaratilgandir.  Ta’limning  psixologik  asoslari  muammosi  ko‘pgina 

masalalami qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga 

bog‘liq bo‘ladi. Awalo o‘quvchining o ‘qishga bo‘lgan munosabatiga to‘xtaylik. Bu 

munosabat diqqatda, his-tuyg‘ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning 

tutgan yo‘lida namoyon bo'ladi. 

Ta’lim  jarayoni,  awalo,  o  ‘quvchilar  diqqatini  yo‘lga  solishni  talab  etadi. 

Darslarda  ko‘rgazmali  qurollardan,  texnik  va  EHM  kutubxonasi  vositalaridan 



foydalanish ta ’iim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta`lim jarayonida 

ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki 

o  ‘quvchilarning  darsda  o‘tiladigan  materialini  idrok  etishga  tayyor  turishlarini 

kuzatish hamdir.    Chunki  dars  jarayonida o‘quvchilarning  diqqati o‘zgarib  turadi. 

O‘qitish  jarayonida  bu  qonuniyatlarni  nazarda  tutish  va  o  ‘quvchilar  diqqatini 

materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ulami takrorlash kerak. 

T a ’iim jarayonining samaradorligi ko‘p jih a td an o ‘qituvchi tomonidan 

beriladigan  ko‘rsatmalarga  ham  bog‘liq.  0  ‘qituvchining  roii  shundan  iboratki,  u 

o‘quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod 

esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib 

olish  kifoya  qilishini,  nimani  so‘zma-so‘z  esda  olib  qolishni, nimaning  ma’nosini 

o‘z  so‘zlari  bilan  aytib  berish  uchun  esda  olib  qolish  zarurligini  ko'rsatib  o‘tishi 

lozim. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda 

ko‘pincha no to‘g‘ri tasawurlar vujudga keladi. 

0  ‘qitishning  emosionalligi  ta  ’limning  muvafiaqiyatliligini  ta’-minlovchi 

omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emosional jarayon. Agar o ‘quvchilarga 

berilayotgan  axborot  ularda  hech  qanday  his  tuyg‘u  uyg‘otmasa,  uni  o‘quvchilar 

yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ulaming 

muayyan  bir  paytdagi  kechinmalari  haqida  ham  borishi  kerak,  albatta.  Ulardagi 

quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 

0‘quvchilar emosional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar. 0‘tkazilgan 

tajribalar  o‘quvchilar  hech  qanday  his-tuyg‘u  uyg‘otmaydigan  materialga 

qaraganda, emosional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi.     

0‘qituvchi  o'quv  jarayonining  emosional  tomoni  haqida  g‘amxo‘rlik  qilishi 

kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta ’limning 

mazmuni  nihoyatda  murakkablashib,  hajmi  esa  g‘oyat  kattalashib  ketgan.  Uning 

muvaffaqiyatli  o‘zlashtirilishiga  erishish  uchun  o‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini 

kuchaytirishi  lozim.  Ijobiy  tuyg‘ular  o  ‘quv  mehnatining  samaradorligiga  kuchli 

ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan beg‘araz munozara paydo bo‘ladi, bahslashiladi, 

befarq  qaragan  salbiy  munosabatda  bo‘lingan  ishga  esa  hech  qanday  hafsala 



bo‘lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat — ijod, quvonch manbai. O‘quv maskani o‘qu 

vchilarida o‘quv mehnatiga ijodiy munosabat uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, 

quvonch manbaiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak. Qadimda greklar juda ajoyib 

iborani qo‘liaydilar: „Talaba — to ‘ldiritib turilishi kerak bo‘lgan idish emas, balki 

yoqib  turilishi  lozim  bo‘lgan  mash’aldir“  .  Bu  fikrning  tagida  chuqur  ma’no  bor. 

Zero, o‘qituvchi biz yuqorida ta ’kidlab o‘tgan ta’lim metodlari muammoli ta ’lim, 

qisman  izlanish  metodi  va  tadqiqot  metodlaridan  keng  qo`llanishi  kerak.  Ta’lim 

jarayonini  bugungi  kundagi  asosiy  talablaridan  biri  erkin  fikrlovchi,  mustaqil 

tafakkurga  ega  bo‘lgan  shaxsni  shakllantirish  bo‘lib,  yuqorida  aytib  o‘tiigan 

metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo bo‘lishini ta ’minlab 

beradi. 

Ta’lim  jarayonida  o‘quvchilaming  bilishga  qiziqishlari  g‘oyat  kata 

ahamiyatga egadir. Qiziqish — o ‘quvchilaming emosional bezagi, biror buyumni, 

biror  faoliyatni  tanlash  munosabati  va  yo‘nalishidir.  Ma’lumki,  psixologiyada 

qiziqishning  ikki  turi  o  ‘quvchilaming  ta’lim  jarayonida  aniqlanadi.  Birinchisi

bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o ‘qituvchi o‘z o ‘quvchilarida 

o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar 

orqali o ‘quvchilarda ta ’limga aktiv munosabat namoyon bo‘ladi. 

Psixologiyada  qiziqish  -  bu  shaxsning  o‘zi  uchun  qimmatli  yoki  yoqimli 

bo‘lgan  muayyan  narsa  yoki  hodisalarga  munosabatidir.  Qiziqishlar  shaxsning 

muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Qiziqishlar o'quvchilar hayotida katta rol o lynaydi. Ular o ‘quv faoliyatini 

faollashtiruvchi  asosiy  turtkilar  —  motivlaridir.  Qiziqishlar  ta’lim  maskanlari 

o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning 

o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga  imkon beradi. 0‘qituvchilaming vazifasi 

o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ullanishga majbur qilish 

emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, 

qiziqishlarning  markaziga  aylanib  qolgan  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  istagiga, 

mayliga  aylantirishdir.  0‘quvchilaming  muayyan  maqsadni  ko‘zlab  ish  tutishida, 

qiyinchiliklrni enga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan 



o'zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda  namoyon bo'ladigan 

iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan 

ma’lumki, iroda bu shaxsning o‘z oldiga qo'ygan maqsadining aniqligi, uni amalga 

oshirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni o ‘z 

vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatdir Ta’lim jarayonida o ‘quv materialiga 

bo‘lgan diqqatning barqaror bo‘lishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda 

kattadir.  Ta’limda  iroda  o  ‘quvchida  o‘quv  maskani  va  uyda  o‘tkaziladigan 

mashg‘ulotlaiga tayyor turishda namoyon bo‘ladi. 0‘quv materialini o ‘rganish — 

eslab qolish va o‘quvchining irodaviy zo‘r berishiga bog‘liq. Iroda o‘quvchilarning 

fikrlash  faoiiyatlarida  —  masalani  echishga,  qo‘yilgan  savoJga  javob  topishga  va 

hokazolarga  intilishida  namoyon  bo‘ladi.  Ular  o'quvchilarda  ko‘nikma  va 

malakalami hosil qilishda ham tarkib topadi. 

Psixologlar  olib  borgan  tadqiqotlarda  o‘quvchilar  tomonidan  berilgan 

materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanganligiga bog‘Iiqdir. 

Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. 

Ta’lim  muassasasidagi  ta’Iim  jarayonining  o  ‘zi  o‘quvchiIardan  irodaviy 

o‘stirish  omillaridan  biridir.  Blinda,  o‘quvchilarning  kundalik  rejimi,  o‘qish  va 

oqilona dam olishni bir-biri bilan to ‘g‘ri almashtirib turish katta roi o‘ynaydi. 

Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish 

lozim.  Zero  bilish  jarayonlari  juda  murakkab  faoliyat  bo‘lib,  unda  jonli 

mushohadadan  abstrakt  tafakkurga,  abstrakt  tafakkurdan  amaliyotga  o‘tiladi,  ana 

shundan so‘ng ob’ektiv haqiqat bilib olinadi. 

Binobarin, biz birinchi navbatda ko‘rib chiqishimiz lozim bo`gan narsa o‘quv 

materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok 

bu  narsa  va  hodisalami  sezgi  organlariga  ta’sir  etishi  natijasida  ularning  kishi 

psixikasida yaxlit obrazini paydo bo‘lishi bo‘lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli 

formalarda  o‘qituvchining  og‘zaki  hikoya  qilishida,  suhbat  o‘tkazishda,  leksiya 

o‘qishida,  ko‘rgazmali  qurollar  ko‘rsatish,  ekskursiyalar  o  ‘tkazish,  axborot  va 

pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish,  o  ‘quvchining  o‘ziga  darsliklar  hamda 

boshqa qo‘llanmalami o‘qitish tarzida o ‘tishi  mumkin. Shuni alohida ta ’kidlash 



lozimki,  idrokni  tarkib  toptirishda  o‘quvchilaming  yosh  xususiyatlarini  hisobga 

olish nihoyatda muhimdir. Chunki fazoni, vaqtni va harakatlarn idrok etishda ham 

yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‘ladi. 

Ta’lim olish jarayoni insondagi motivlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning 

mohiyati  —  inson  xulq-atvorining  ichki  barqarorligi,  harakatga  undovchi 

tushunchada  ifodalanadi.  Motivasiya  esa  xulq-atvomi  psixologik  va  fiziologik 

boshqarishning 

dinamik  jarayoni  bo‘lib,  unga  tashabbus,  yo‘nalganlik 

tashkilotchilik, qo‘llab-quwatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o ‘qish motivlari „nima 

uchun ? “ , „nimaga?“ , „qanday maqsad bilan?“ kabi savollar asosida yuzaga keladi.  

Motivlar  birinchidan,  o  ‘quv  faoliyatiga  undasa,  ikkinchidan,  maqsadga  erishish 

uchun  zarur  yo‘l  va  usullar  tanlashga  yordam  beradi.  0‘quv  faoliyatida  o  ‘quv 

motivlar  o‘quvchilar  tomonidan  tanlanib,  ular  o‘quvchining  maqsadi,  qiziqishi, 

kelajak rcjalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan 

holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. 

0‘quv faoliyati motivasiyasining manbalari mavjud bo'lib, ularga quyidagilar 

kiradi: 

1. Ichki manbalar. Ular insoniy tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. 

Ulardan eng muhimi tug'ma informasiyaga bo‘lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar 

esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. 

2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi. 

Talabalarda ulaming birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy 

xulq-atvorini  bildiradi.  Bog‘cha,  o  ‘quv  maskani,  oila  boladan  juda  ko‘p  ishlami 

amalga  oshirishni  talab  qiladi.  Ijtimoiy  kutish  har  birimizdan  ma’lum  bilimlar, 

ko‘nikmalar darajasining bo‘lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, 

bir yoshli bola yurishi, 7 yoshdan u o‘qishi, 15 yoshdan esa kasb tanlashi kerak deb 

hisoblaymiz.  Imkoniyatlar  —  shaxs  faoliyatini  belgilovchi  ob’ektiv  shart-

sharoitlardir. Masalan, bolaning boy kutubxonaga ega bo‘lishi uni kitob o ‘qishga 

undaydi. 

3.  Shaxsiy  manbalar:  bu  shaxsning  qadriyatlari  sistemasi,  ustanovkalari  va 

g‘oyalaridir.  Bu  manbalar  har  bir  shaxs  faoliyatida  u  yoki  bu  darajada  mavjud. 


Ulaming  barchasi  faoliyatning  kechishiga  ta’sir  etib  ta’lim  jarayonining 

motivasiyasini tashkil etadi. V.A. Kruteskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlaming 

quyidagilarini alohida ifodalaydi: 

a) biror o‘quv faniga qiziqish; 

b) vatanga foyda keltirish istagi

c) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish; 

d) oilaviy an’analarga rioya qilish

e) d o‘st-birodarlarga ergashish; 

f) moddiy ta’minlash va hokazolar. 

 

Psixologiya va o'quv psixologiyasi o'rtasidagi farqning kaliti shundaki, ta'lim 

psixologiyasi psixologiyaning bitta sub-intizomidir. Psixologiyani shunchaki inson 

ongi va xatti-harakatlarini ilmiy o'rganish sifatida aniqlash mumkin. Bu g'ayritabiiy 

psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya,  rivojlanish  psixologiyasi  va  boshqalar  kabi 

ko'plab  sub-fanlarni  qamrab  olgan  intizom.  Ta'lim  psixologiyasi,  shuningdek, 

psixologiyaning  asosiy  intizomiga  kiritilgan  sub-fanlardan  biridir.  Ta'lim 

psixologiyasi inson hayoti davomida o'rganishni o'rganishga alohida e'tibor beradi. 

Shunday qilib, psixologiya va o'quv psixologiyasining asosiy farqi shundan iboratki, 

umuman olganda psixologiya inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladigan 

kengroq qarashga ega bo'lsa-da, ta'lim psixologiyasi o'quv jarayoniga alohida e'tibor 

beradi. Ushbu maqolaning maqsadi ikki atama, psixologiya va ta'lim psixologiyasi 

o'rtasidagi farqni ta'kidlab, ikkita atamani tushunishdir. 

 

Psixologiya nima? 



 

Ko'p  yillar  davomida  odamlar  psixologiya  deb  nomlanuvchi  intizomni 

o'rnatishga  olib  kelgan  inson  ongining  imkoniyatlari  bilan  hayratda  qoldilar.  Shu 

ma'noda  uni  insonning  aqliy  jarayonlari  va  xulq-atvor  qonuniyatlarini  ilmiy 

o'rganish  sifatida  aniqlash  mumkin.  Eksperimental  sharoitda  odamning  ongi  va 

xatti-harakatlarini  tekshirish  qobiliyati  Germaniyada  birinchi  laboratoriyani  1879 



yilda Vilgelm Vundt tomonidan tashkil etilgan, keyinchalik u Psixologiyaning otasi 

deb hisoblangan. 

Psixologiya  juda  keng  qamrovli  intizomdir.  Garchi  tibbiyotning  dastlabki 

bosqichida (biologiya) va falsafa psixologiyaning o'z sohasi sifatida rivojlanishiga 

imkon  bergan  bo'lsa,  endi  u  nafaqat  boshqa  fanlarga  ta'sirini  kuchaytiribgina 

qolmay, balki ularga ta'sir ko'rsatadigan yanada kengayib borgan intizomga aylandi. 

ilmiy va ilmiy sohada doimiy ravishda o'zgarib, olg'a siljiydi. U inson taraqqiyoti, 

shaxsiyati, g'ayritabiiylik, ta'lim, ijtimoiy munosabatlar va inson hayotining deyarli 

barcha jihatlarini o'rganadi. 

Psixologiya  haqida  bilganimizda,  psixologiya  maktablari  haqida  ham  eshitamiz. 

Bular yillar davomida inson hayotini tahlil qilish va o'rganishda qo'llanilgan turli xil 

yondashuvlarga  ishora  qiladi.  Strukturizm,  funktsionalizm,  xulq-atvorizm, 

psixoanaliz, gestalt va  gumanistik  psixologiya  ana  shu  psixologiya  maktablaridan 

biridir. 



Ta'lim psixologiyasi nima? 

Ta'lim psixologiyasi - bu psixologiyaning inson o'qishini o'rganadigan maxsus 

fanidir.  U  motivatsiya,  konditsionerlik,  xotira,  aql,  idrok  va  boshqalar  kabi  turli 

mavzularni o'rganadi. Ta'lim psixologlari turli xil sharoitlarda, turli xil sharoitlarda, 

turli  xil  sharoitlarda  odamlarning  o'quv  jarayonini  o'rganishdan  manfaatdor.  Ular 

ushbu  sohada  kognitiv  va  xatti-harakatlarga  munosabat  bildiradilar.  Ta'lim 

psixologiyasi faniga tegishli bo'lgan nazariyalar turli xil maktablar, masalan, xulq-

atvor,  gestalt  psixologiyasi,  gumanistik  psixologiya  va  funktsionalizmga 

asoslangan. Ayniqsa, Ivan Pavlov tomonidan olib borilgan klassik konditsionerning 

xulq-atvori nazariyalari va BF Skinner tomonidan operatsion konditsionerlik ta'lim 

psixologiyasida ularning haqiqiy hayotga va ta'lim bilan bog'liq jarayonlarga mosligi 

bilan  mashhur.  Turli  xil  psixologiya  maktablarida  nafaqat  psixologlar  xulq-atvori 

mutaxassislari insonning o'rganish jarayonini tahlil qilish va tushunishni anglatuvchi 

turli xil nazariyalarni taqdim etdilar. 

 

 


Psixologiya va ta'lim psixologiyasining farqi nimada? 

 

Xulosa  qilib  aytganda,  psixologiya,  asosan,  insonning  aqliy  jarayonlari  va 

xulq-atvorini  o'rganish,  ta'lim  psixologiyasi  esa  insonning  o'rganish  jarayonini 

o'rganishdir. 

Ta'lim  psixologiyasi  inson  hayotining  faqat  o'rganish  aspektlarini 

o'rganayotgan  bir  paytda,  psixologiya  umuman  inson  hayotining  butun  faoliyati 



davomida o'quv jarayonidan tashqarida bo'lgan narsalarni o'rganadi. 

 

 

Download 331.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling