1-Mavzu. Ta`lim tizimini rivojlantirish omillari


Download 55.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi55.5 Kb.
#1021253
Bog'liq
1-Mавзу (1)


1-Mavzu. Ta`lim tizimini rivojlantirish omillari
Reja

  1. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun ushbu soha taraqqiyoti.

  2. Oliy taʼlim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash

  3. Xulosa.

Bugun yangi Oʻzbekiston jahon hamjamiyati safida oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda.Keling uzoqqa bormay birgina taʼlim sohasidagi islohotlar haqida toʻxtalaylik. Sababi keyingi yillarda yurtimizda maktab, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, aholining oliy taʼlim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, ularning qobiliyat va isteʼdodini yuzaga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gapirganda yangi oliy oʻquv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy taʼlim muassasalari soni 125 taga yetganini alohida taʼkidlash joiz. Yaqinda tasdiqlangan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Negaki, unga muvofiq, taʼlim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, taʼlim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qoʻshma fakultet va oʻquv markazlari tashkil qilishga ruxsat etilib, oʻqituvchilarga mualliflik dasturi va oʻqitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, oʻqitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiridagi nutqida oliy taʼlim sohasidagi yutuqlar bilan birga mavjud kamchiliklarni ham sanab oʻtdilar. Oliy taʼlim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasi past ekanligi qayd etildi. Haqiqatdan ham, bugungi axborot davrida mamlakatdagi barcha aholi punktlari va taʼlim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish hamda internet xizmatlari narxini pasaytirish hayotiy zaruratdir.Yechimini kutayotgan masalalardan yana biri aksariyat bitiruvchilarning bilim va malakasi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Mahalliy taʼlim muassasalarida innovatsion faoliyat va tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish darajasi juda past. Bu borada partiyamiz “Har bir oila – tadbirkor” degan olijanob gʻoyani izchillik bilan hayotga tatbiq etib, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy taʼlim muassasalarida ham tadbirkorlik darslarini oʻtish, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun konsalting markazlarini tashkillashtirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.Binobarin, bugun zamon shiddat bilan oʻzgarib, barcha sohalar qatori taʼlim tizimi oldiga ham oʻta dolzarb va murakkab vazifalarni qoʻymoqda. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish, sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish nazarda tutilgan.
Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatgichlarida 9 ta yoʻnalish belgilangan boʻlib, ularning birinchisi – oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan. Oʻtgan 2019-yilda aholini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi jami bitiruvchilar soniga nisbatan 20 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2030-yilga borib bu koʻrsatgich 50 foizdan oshadi. Nodavlat, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy taʼlim muassasalari soni 35 taga yetkaziladi.Bular hali hammasi emas. Bundan tashqari, oliy taʼlim muassasalari mustaqilligi joriy etiladi, yaʼni bosqichma-bosqich respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari qabul kvotalarini oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydi. Bu esa sohada sogʻlom raqobat muhitini rivojlantiradi. Raqobat bor joyda sifat yaxshilanadi. Pirovardida, mamlakatda malakali kadrlar koʻpayadi, aholining oliy maʼlumotli qatlami ortadi.
Xulosa qilib aytganda, bugun qaysi sohada boʻlmasin bitta maqsad bizni birlashtiradi. U ham boʻlsa, Vatan taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir. Shunday ekan, nodavlat taʼlim maskanlari sonini koʻpaytirish orqali oliy taʼlim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratish lozim.Rivojlanish hech bir davlat uchun oson kechmagan. Bu yo‘lda o‘ziga xos to‘siqlar, qiyinchilig-u yechimi yo‘qdek tuyuluvchi muammolar ko‘p uchraydi. Shularni yengib o‘tgan xalq uchun eng buyuk mukofot — hayotiy tajriba. Bugun taraqqiy etgan mamlakatlar o‘z ta’lim tizimini yuqori darajaga olib chiqish uchun qanchadan qancha mashaqqatlarni yengib o‘tmagan, deysiz.
AQShlik tadqiqotchi Liliana Lehorn rivojlangan davlatlardagi ta’limning yutuqlaridan biri oddiy predmetni o‘qitish bilan cheklanib qolmaslikda, deb hisoblaydi. Shuningdek, o‘qitishga katta miqdorda mablag‘ ajratishni ta’lim rivojining muhim omillaridan biri sifatida keltiradi. Tadqiqotchi o‘z kuzatuvlari asosida rivoj­lanayotgan davlatlar uchun ta’limni isloh qilishning besh yo‘lini ishlab chiqqan. Quyida shular bilan tanishamiz.

Birinchidan, ta’lim narxini arzonlashtirish. Ko‘pgina Afrika davlatlarida maktab uchun to‘lov olib tashlanishi natijasida boshlang‘ich ta’lim oluvchi bolalar soni oshgan. Masalan, maktab ta’limi bepul bo‘lgach, o‘quvchilar soni Ganada 12, Keniyada 18, Efiopiyada 23 va Malavida 51 foizga o‘sgan.

Bizda: To‘g‘ri, mamlakatimizda umu­miy o‘rta ta’lim majburiy va tekin. Lekin oliy ta’limga nisbatan bunday deyolmaymiz. Yildan yilga oliy ma’lumotli bo‘lish ham oson, ham qiyin bo‘lib bormoqda. Oson tomoni, qancha ball yig‘sangiz ham shartnoma pulining muayyan barobarini to‘lab, o‘qiyverasiz. Qiyin tomoni, hammaning ham bunga qurbi, imkoniyati yetmaydi. Shartnoma asosida ta’lim olish narxi esa yil sayin oshmoqda. Bu davlat budjeti va universitet moddiy ahvolini yaxshilashi mumkin. Ta’lim sifatini qay darajada oshirishini esa vaqt ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, maktabda tushlik ta’minoti.

Afsuski, dunyo bo‘yicha o‘sib kela­yotgan avlodning ko‘p qismi qashshoq sha­roitda ta’lim olmoqda. “The World Food Programme” dasturi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 66 million o‘quvchi ochlikdan, qash­shoqlikdan aziyat chekmoqda.

Maktabda tushlik yoki yengil tamaddi ta’minotining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi o‘quvchining darslarni yaxshi o‘zlash­tirishida muhim rol o‘ynaydi. Maktabda beri­ladigan bepul va sifatli tushlik bolalarning matematikani yaxshi o‘rganishida, diqqatini jamlashi va umumiy rivojlanishida katta ahamiyatga egaligi jahon tajribasida o‘z isbotini topgan. Masalan, Xitoyning qoloq hududlarida joylashgan maktablarda kamqon bor bolalarga vitaminga to‘yingan tabiiy mahsulotlarni berib borish ular­ning darslarni o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Bizda: O‘quvchilarni tushlik bilan ta’minlash hozircha xususiy maktablar yoki ayrim umumta’lim maktablarida ochilgan maxsus guruhlarda yo‘lga qo‘yilgan. Oddiy maktabga qatnovchi bolalar esa o‘quv maskani hududidagi oshxonalarda turli sifat va sharoitlarda tayyorlangan ovqat yoki yengil yeguliklar bilan tamaddi qiladi.

Uchinchidan, ota-onalarga ta’lim berish.

Ota-onalar ta’limiga investitsiya kiri­tish bolalarning kelajakdagi muvaffaqiyatining asosidir. Lekin, statistik ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha 759 milliondan ortiq katta avlod vakili savodsiz ekan. Bolalarning tahsil olishi, oliy ta’limga intilishi va jamiyatga kerakli inson bo‘lishi ota-onalarning bu borada qay darajada bilimga egaligiga bog‘liq.

Bizda: Afsuski, ota-onalarning ko‘p qismini oliy ma’lumotlilar tashkil etadi, deyolmaymiz. Chunki ota-onalar kitob o‘qish, o‘z ustida ishlash o‘rniga tirikchilik tashvishida o‘zini o‘qqa-cho‘qqa uradi. Hatto ba’zida farzandi bilan gaplashish uchun vaqti, imkoni bo‘lmaydi. Demak, hali qilinadigan ishlar ko‘p...

To‘rtinchidan, yangi ta’lim modelini joriy qilish.

Stanford ijtimoiy innovatsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yangicha ta’lim modelida an’anaviylik bilan zamonaviy­lik uyg‘un bo‘lishi lozim. Har bir talaba jamoada ishlash, yetakchilik va tanqidiy fikrlash kabilarni o‘rganishi, shuningdek, biznes sohasi imkoniyatlaridan ham yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Yosh avlodni ana shunday bilimga ega qilib tarbiyalash mamlakatning faqatgina ijtimoiy emas, iqtisodiy, siyosiy jihatdan ham rivojlanishi­ni ta’minlaydi.

Bizda: Shahardagi xususiy maktabda ta’lim olgan bola qishloqning chang ko‘chalarida qishin-yozin mashaqqat bilan maktabga borgan o‘quvchidan ko‘ra bilimli, zukko bo‘lib, bir nechta tilni mukammal egallab voyaga yetadi. Shahar markazi va olis qishloqlardagi ta’lim tizimi, o‘qitish metodlari, yaratilayotgan sharoitlar va hattoki, o‘qituvchilar salohiyatidagi tafovut kattaligi ta’lim modelimiz hali ko‘p islohotlarga muhtojligini ko‘rsatadi.

Beshinchidan, o‘qituvchilar resur­sini boyitish.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash ta’lim sifatini oshirishdagi asosiy qadamlardan biridir. Faqat kompyuterlar ta’lim bera oladigan texnik xodimga aylansagina, o‘z natijasini ko‘rsatadi.

Respublikamizning barcha maktablari kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Lekin ulardan samarali foydalanish darajasi hududlarda turlicha. Ayrim maktablarda zamonaviy texnologiya imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmaydi, elektr energiyasi ta’minoti pand berishi ham bor gap. Ayrim hududlardagi kompyuter xonalari esa, faqat tekshiruvchilar kelgan­dagina ochiladi.
Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling