Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari
Download 101.97 Kb.
|
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI SHAKLLANTIRISH OILA, TAʼLIM MUASSASALARI VA ISLOM DININING O’RNI
- XULOSA ................................................................................................................41
- Sh. Mirziyoyev
Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................................3 I-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI 1.1. Maʼnaviyatning asosiy kategoriyalari, uning rivojlanish qonuniyatlari………..6 1.2. Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa ekanligi………9 1.3.Maʼnaviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar………………..…..……….14 II-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI SHAKLLANTIRISH OILA, TAʼLIM MUASSASALARI VA ISLOM DININING O’RNI 2.1. Shaxs maʼnaviyatini shakllantirish ota-ona va oilaning, mahallaning masʼuliyati…….…………………………………..……………….……….…….22 2.2. Shaxs maʼnaviyatini shakllantirishda taʼlim tarbiya muassasalarining mas’uliyati…………….……………..………………………………..…………..27 2.3. Islomning shaxs kamolotidagi o’rni.................................................................37 XULOSA ................................................................................................................41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..........................................44 KIRISH Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo’lib, jamoa bo’lib shakllanadi. Ayni o’sha paytda ularni o’zlari urgangan muhitdan ajratib qo’ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining uzluksizligini taʼminlash, o’quv dasturlarini takomillashtirish zarur.Sh. Mirziyoyev Mamlakatimizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi erkin fikrlaydigan, o’z-o’zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasini davlat siyosati ustuvor yo’nalish qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa eng avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy maʼnaviyatini bo’yitish va mustaqil dunyo qarashini shakllantirishni taqozo etadi. Xuddi ana shu vazifa “maʼnaviyat” ni mustaqil mavzu sifatida urganishni ham kun tartibiga qo’ydi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib ohirgi «maʼnaviyatning mohiyati, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bagʻishlanib respublikamiz ziyolilari o’rtasida qizgʻin munozaralar olib borilmoqda. Bunga sabab maʼnaviyatning ko’p qirraliligi ekanligidir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy-botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirgi kunda ham munozaralar davom etmoqda va matbuotda ushbu mavzuga bagʻishlab ko’plab maqola va mulohazalar eʼlon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda. Aslida maʼnaviyat — insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turgan eng baquvvat omil hisoblanadi. Inson — tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu hislati, yaʼni yo’qsak maʼnaviyat egasi bo’la olish imkoniyati nazarda to’tiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi. Faqat moddiy jihatdan taʼminlanish bilan kifoyalanish — ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Maʼnaviyatga intilish esa ruh va o’sha egasi bo’lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Maʼnaviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy xodisadir. Maʼnaviyat juda keng qamrovli tushuncha bo’lganligi uchun ham, uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul. Maʼnaviyat ko’proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu maʼnoda maʼnaviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur heh bir jonzotda yuq. Maʼnaviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga bashar qudrati yetmaydi. Shunday ekan, “maʼnaviyat” tushunchasiga bir yula mukammal taʼrif berish murakkab hisoblanadi. Shuning uchun “Maʼnaviyat”ga taʼrif berishda Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni o’zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz “Turkiston” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida, maʼnaviyat ham borliq, tabiat, jamiyat kabi o’zluksiz harakatdagi jarayon ekanligini, inson fikri, tafakko’ri, his-to’ygʻusi tinim bilmaganidek, ularning mahsuli bo’lmish maʼnaviyat ham doimo o’zgarish va yangilanishda bo’lishini uqdirib: “Maʼnaviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulgʻayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, imon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uygʻotadigan koch...” deb taʼriflagan edilar. Bu taʼrifda inson faoliyatining barcha maʼnaviy qirralari qamrab olingan bo’lib, biz bundan buyon maʼnaviyat haqida so’z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz. Download 101.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling