Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari
Maʼnaviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
Download 101.97 Kb.
|
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari
1.3. Maʼnaviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
“Maʼnaviyat asoslari” fan sifatida shakllanayotgan bir sharoitda uning kategoriyalarini (tushunchalarini) aniqlash, bir tizimga keltirish olimlarimiz oldida turgan asosiy vazifalar hisoblanadi. Chunki, uning asosiy kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari aniqlanmagan hamda maʼlum bir tartibga solinmas ekan u maqomiga ega bo’la olmaydi. Albatta, maʼnaviyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida eng “yosh” bo’lganligi sababli uning tushunchalarini bir tizimga keltirish murakkab hisoblanadi. Chunki, uning ayrim tushunchalari falsafa, estetika, etika, dinshunoslik va boshqa fanlar bilan ham uyg`unlashib ketgan, bu tabiiy xol. Zero, maʼnaviyatni ularning uyg`unligisiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Ana shu murakkablikka qaramasdan “Maʼnaviyat”ning kategoriyalarini aniqlashga, uni yuqoridagi fanlardan “mustaqilligini” taʼminlashga ehtiyoj nixoyatda katta. Shu ehtiyojni hisobga olib “maʼnaviyat”ning tushunchalari haqida dastlabki g`oyalarni ilgari surish mumkin bo’ladi. Aslida maʼnaviyat ham xuddi boshqa fanlar kabi o’zining mustaqil kategoriyalariga egadir. Ularni shartli ravishda inson millat va jamiyat hayoti bilan bog’liq bo’lgan quyidagi tushunchalarni kiritish mumkin: shaxsning o’z-o’zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, xayrixoxlik, imonlilik, xalollik, eʼtiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mexr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, tug’rilik va boshqalar. Shaxsning millat vaqili sifatidagi maqomida: milliy o’z-o’zini anglash, milliy g`urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan masʼuliyatni, milliy manfaat ustuvorligini xis etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, sanʼat, urf-odatlar, anʼanalar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o’z kasbining moxir ustasi bo’lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan xabardor bo’lish va uni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy, maʼnaviy hayotida faollik va boshqalar bo’lsa, Shaxsning jamiyat vaqili sifatidagi maqomida: mamlakatning jaxondagi nufo’zini oshirishda masʼullik, jaxon ŝivilizatsiyasi yo’tuqlarini egallash, jaxon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolarga befarq bo’lmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg`unligini anglash, insonning tabiatning bir bo’lagi ekanligi, uni asrashda masʼullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin. Ko’rinib turibdiki, yuqoridagi keltirilgan maʼnaviyatning barcha tushunchalar shaxsning ichki ruxiyati bilan bogʻliq bo’lib, ular shaxsning maʼnaviy darajasi millat va jamiyat vaqil sifatidagi maqomlarini qamrab olgan. Real hayotda, maʼnaviyat har bir insonning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bo’ladigan va ijtimoiy hayotga nisbatan bo’ladigan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Yuqoridagilardan tashqari, maʼnaviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham bor. Bu yerda gap ularning hammasi ustida to’xtash haqida emas, balki maʼnaviyatning ko’p qirrali, keng qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruxiyati, ichki dunyosining saloxiyati, xatti-harakatlari kabi bir qator masalalari o’z ichiga olishini tushunib etish haqida bormoqda. Maʼnaviyatni chuqur taxlil qilishda ana shu Kurs atilgan tushunchalarni uyg`un xolda taxlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Maʼnaviyat rivojlanishi ham maʼlum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir necha yo’nalish va jarayonlarni o’z ichiga olsa ham, ularni ikki yirik guruhlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki saloxiyati bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar kiradi. Yaʼni shaxs millat yoki jamiyatning ichki saloxiyati mustahkam, zaminlari chuko’r bo’lishi maʼnaviyat rivojlanishining asosini tashqil qiladi. Agar ichki saloxiyat nochor bo’lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning o’z bir butun ligini saqlashga va ayni paytda jamiyatning yo’qsak taraqqiyot pog’onasiga erishishiga salbiy taʼsir qiladi. Yana ham aniqroq qilib aytiladigan bo’lsa, ichki saloxiyat asosiy tayanch va obʼektiv zaruriyatdir. Ichki saloxiyatning darajalari esa obʼektiv va subʼektiv omillar bilan borliq bo’ladi. Uning rivojlanishi ularning uyrun xolatda bo’lishini taqozo etadi. Ichki saloxiyatning mustahkam bo’lishi, tarixiy taraqliyot bosqichi yoki shaxs shakllanish jarayoni qanday murakkab bo’lmasin, baribir zaruriy sharoitlar yo’zaga kelgan paytda shaxs maʼnaviy kamolotini va millatning yo’qsalishini taʼminlashga xizmat qilaveradi. Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o’zaro munosabatlari jarayonida sodir bo’ladigan “o’zaro taʼsir” va “o’zaro boyitish” orqali bo’ladigan jarayonlar kiradi. Yaʼni shaxs maʼnaviy kamoloti onadan tug’ilishi bilan yo’zaga kelmaydi. Xuddi shuningdek, millat ham tarixiy taraqqiyotning maʼlum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yo’zaga keladi. Heh qachon shaxs, inson o’zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa qilmasdan taraqqiyot qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda “sof” millat borligiga heh kim guvox; yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat ham xuddi ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi. Maʼnaviyat ana shu o’zaro munosabatlar va “taʼsirlar” asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir “beradi” va nimanidir “qabo’l” qiladi. Shunday qilib, maʼnaviyat rivojlanishidagi “taʼsir” va “aks taʼsir” qonuniyati mavjud bo’lib, u maʼnaviyatning rivojlanib borishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu qonuniyatlarning amal qilish jarayoni obʼektiv va subʼektiv shart-sharoitlar bilan bog’liq bo’ladi. Shaxs kamoloti va maʼnaviyatning erkin rivojlanishi, kamol topishi uchun sharoit mavjud bo’lsa qonuniyatlarning amal qilishi umummaʼnaviy taraqqiyotga xizmat qilishga o’zining ijobiy taʼsirini o’tkazadi. Aksincha, shaxsni itoatkor bo’lishga qaratilgan va maʼnaviyatni zo’ravonlik siyosatini qo’llab-quvvatlash vositasiga aylantirish harakati ustuvor bo’lgan sharoitda “taʼsir” va “aks taʼsir” umummaʼnaviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Bu jarayonda davlatning shaxs va maʼnaviyatga bo’lgan munosabati xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan shaxs kamoloti va maʼnaviyatni rivojlantirishga qaratilgan siyosati bugungi kunda o’zining dastlabki natijalarini Kurs atmoqda. Mamlakatimizda barkamol inson shakllanmoqda va umummaʼnaviy saloxiyatimiz yo’qsalmoqda. Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa Yuqorida maʼnaviyatning jamiyat, shaxs va millat hayotidagi muxim urni haqida fikr yuritaldi. Ammo, uni real hayotga qanchalik tadbiq qilish yo qilmaslik davlat olib borayotgan siyosat bilan bog’liq Tug’ri, shaxs va millat shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida maʼnaviyatning ro’li va ahamiyatiga eʼtibor berib kelingan. Bugunga kelib maʼnaviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan munosabat tobora kochayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil davlatlarning ko’pchiligida birida oldinroq, ikkinchisida keyinroq maʼnaviyat omili, roli va ahamiyatini oshirishga imkoniyat darajasida eʼtibor berilmoqda Bu borada O’zbekistonni tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom Karimovning bevosita tashabbusi asosida maʼlum tajribalarni to’plashga erishganligini taʼkidlash lozim bo’ladi. Maʼnaviyatni ko’tarish davlat siyosatida ustuvor soxaga ko’tarildi va u o’zining ijobiy natijalarini Kurs ata boshladi. Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqirik, Oliy Majlisning birinchi sessiyasida kelingan maʼro’zasida ham maʼnaviyat masalasi XXI asr busag’asida ikkinchi ustuvor yo’nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro maʼnaviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, biz o’z xaq xuquqlarini taniydigan, o’z koch va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea xodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uy xolda ko’radigan erkin, har jixatdan barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqdiriladi. Aslini olganda, Hozirgi kunda maʼnaviyatning ustuvor soxaga ko’tarilishining bir qator sabablari bor. Ular qo’yigidagilardan iborat: Birinchidan. jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakko’ri, ongi qay darajada usishi bilan bogʻliqdir. Ularning ongi va tafakko’rini amalga oshirmokchi bo’lgan vazifalar moxiyati va manfaati yo’nalish idan kelib chiqqan xolda o’zgartirmasdan turib ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Ana shu maʼnoda ham maʼnaviyat jamiyat hayotini o’zgartirishning muxim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o’z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustuvorlik bilan karaydi. Ikkinchidan. mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafko’rasidan voz kechish bayrog’i ostida umuman har qanday mafko’raga qarshi ko’rash boshlandi. Bu o’z navbatida odamlarning maʼnaviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o’zining salbiy taʼsirini o’tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda baʼzi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakko’rni shakllantirish zarur, maʼnaviyat esa ana shu iqtisodiytafakko’r zaminida yo’zaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruxiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida yetakchiurinni egallay boshladi. Bu o’z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o’zining biz ko’tayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustuvorlik berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yo’zaga kelishi yangi jamiyat ko’rish uchun xatarli. Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yo’zaga kelgan iqtisodiymuammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko’pchilik xollarda yoshlarning taʼlim olish, kasb urganish, sanʼat va badiiy asarlarga qiziqishdan ko’ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yo’zaga keltirdi. To’g’ri, pul topish o’z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo, bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo’lmasligi, ularning maʼnaviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yo’zaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur. Turtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta`lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko’pgina yo’tuqlar qo’lgakiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa “katta og’a” manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potentsial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli baxonalar bilan rus millati vaqillarini yuborish, ularni maxalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, harakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati maʼnaviyati ustuvorligiga tayanuvchi yagona til, maʼnaviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zuravonlik siyosati oqibatida millatlarning o’zligini anglashga bo’lgan intilishiga katta zarba berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yo’zaga keltirdi. Bu inqiroz millatning “yo’q” bo’lib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo’lmaydi. Uni bartaraf etish Faqat milliy maʼnaviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Beshinchidan, maʼnaviyatning davlat siyosatida ustuvor bo’lishiga yana bir sabab, millat son jixatidan kattami yoki kichikmi bundan qati nazar, uning real subʼekt, maʼlum moddiy va maʼ-naviy boyliklarni yaratuvchisi, isteʼmolchisi, boshqalarda uchramaydigan, o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o’zining mustaqil urniga ega bo’lishi kabi omillarni, yaʼni chinakam millat sifatidagi makomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko’tarilgan edi. Uni xal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir. Oltinchidan, o’zbeklar jaxon sivilizatsiyasiga ulkan xissa qo’shgan xalqdir. Uning maʼnaviyat, fan, madaniyat soxasidagi erishgan yo’tuqlari jaxon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo, sho’rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yo’tuqlarni o’zbek xalqining ongi va qalbidan “chiqarish” borasida ham katta ishlar amalga oshiriltan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jaxon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli urnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat maʼnaviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Yettinchidan, maʼnaviyat millatni va butun mamlakat axolisini maʼlum maqsadlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug`lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan “mexanizm” hamdir. Xuddi ana shu muxim “mexanizm”dan mustaqillikni mustahkamlash, isloxotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini ko’tarishda foydalanishga bo’lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o’z vaqtida anglab olindi. Maʼnaviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining Hozirgi bosqichida ayniqsa asosiy vazifa darajasiga ko’tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning ichki hayoti bilangina bogʻliq bo’libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishiga taxdid solishga urnayotgan tashqi turli iqlimlarning mavjudligi bilan ham bogʻliqdir. Ularning ayniqsa hayot tajribasiga ega bo’lmagan yoshlarimizning ongini zaharlash borasida olib borayotgan harakatlariga karshi tura oladigan, erkin fikrlaydigan, fidoiy vatanparvarlarni tarbiyalash maʼnaviyatni yo’qsak darajada rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Agar ana shu vazifadan kelib chiqadigan bo’lsak, bugun maʼnaviyatni rivojlantirishni quyidagi yo’nalishlarda: Birinchidan, sobiq sovet totalitar tuzumining zuravonlik va tobelik tafakko’ri qoldiqlaridan qo’tilish. Buning uchun har bir insonning ichki ruhiy saloxiyatini yuzaga chiqarish, fikr erkinligini taʼminlash, har shaxsning o’z taqdiri va erkinligini taʼminlash, har shaxsning o’z taqdiri va kelajagini o’zi yaratish imkoniyatini hamda ruxiyatini shakllantirish; Ikkinchidan, har bir shaxsda mustaqillik tafakko’rini rivojlantirish, o’zbek millatiga mansubligidan faxrlanish, avlod ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarni egallash va ularni mamlakat va millat taraqqiyotiga keng jalb qilishda fidoiylik Kurs atish zarurligini anglash ruxiyatini mustahkamlash; Uchinchidan, har shaxsda milliy o’zligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan va millat manfaatlari yo’lida fidoiylik Kurs atish, mamlakat va milliy taraqqiyotga, siyosiy, ijtimoiy hamda millatlararo barqarorlikka, diniy bag’rikenglikka po’tur yetkazuvchi har qanday harakatlarga karshi maʼnaviy-siyosiy va fuqarolik saloxiyatiga ega bo’lishiga erishgan. Turtinchi, har shaxsning bilim olishga intilishiga mamlakatimiz va jaxonda fan, texnika, texnologiya soxasida erishilgan yo’tuqlardan baxramand bo’lishiga sharoit yaratish, O’zbekistonning jahonda nufo’zining mustahkamlanib borishidan g`ururlanish kabi maʼnaviy-ruhiy saloxiyatga erishishdir. Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday saloxiyatlarni shakllantirishimiz umum-maʼnaviy yo’qsalish uchun asosiy mezon hisoblanadi. Download 101.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling