Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari
Islomning shaxs kamolotidagi urni
Download 101.97 Kb.
|
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari
2.3. Islomning shaxs kamolotidagi urni
Mazkur masala yechimi ko’p qirrali. Qo’yilgan masalani har kim o’z maʼnaviy dunyosi ulchami bilan ulchab, shunga yarasha xatti-harakat qiladi. Insonning chin maʼnodagi insonligi — uning imoni, diyonati, mexr-oqibati, pokligi va xalolligi, kamtarligi va boshqalar bilan ulchanadi. Buni biz umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalashimiz mumkin. Insoniylik esa faqat imonli insonlardagina bo’ladi. Bu o’rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baxorli qudrat fikr yuritammz. Har birimiz imon tushunchasining moxiyatini tug’ri anglab, tushunib olsak, imonni izoxlovchisi bo’lgan diyonat, vijdonlilik, insof, mexr-oqibat, adolatlilik, poklik va xalollik, kamtarlikni ham moxiyatini bilib olamiz. Faqat imonli kishilargina poklik va xalollik, diyonat, ezgulik, mexr-oqibat, saxovat, muruvvat yo’lida bo’ladilar. Shuning uchun imon tushunchasini, uning moxiyatini keng kamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildi. Imonli kishilar Allohdan qo’rqish, bandadan uyalish ne ekanligini chuko’r idrok etganlar. Allohni bir, Payg’ambarimizni uning elchisi deb bilish — imonning bosh belgisi xisoblanadi. Imonli bo’lgan kishilar butun hayotlarida, ishlarida, faoliyatlarida, uyda, kochada birovga, o’z oilasiga munosabatlarida hamisha to’g’ri va xalol yo’l tutishga intiladilar. Muomala va munosabatlarida g’araz bo’lmaydi, taʼmadan va haromdan xazar qiladilar. Har ishlarida faqat bu dunyoni emas, oxiratni ham o’ylab ish to’tadilar. Barcha amallari va xatti-harakatlarini shunga bo’ysundirishga harakat qiladilar. Imon arabcha so’z bo’lib, lugaviy maʼnosi — ishonch demakdir. Shariatda esa janob paygambarimiz Muhammad alayxissalomga Alloh tarafidan keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlashga imon deyiladi. Yaʼni Qurʼoni Karim va hadisi Shariflar orqali Alloh tug’risida, jannat, do’zax, qiyomat kuni haqida berilgan xabarlarga ishonch — imondir. Maʼnaviy-axloqiy fazilat sifatida esa imon Faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir maxluqotda imonning o’rni-tagi ham yo’q binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, yaʼni imon keltirishi bilan ajralib turadi. Imon kishi maʼnaviyatining, axloqining o’q ildizi, poydevori, negizidir. Imondan maxrum kimsaning aqli nechog’li o’tkir, irodasi nakadar chung bo’lmasin va shular tufayli o’zligidan qanchalik mag’rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga heh qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, imonsiz odam na Allohdan qo’rqadi va na bandalardan uyaladi. U o’z nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan kaytmaydi. Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun imon yo’lini to’tishimiz lozim. Imonning moxiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi urni qanday, inson umrining maʼnosi nimada, zoti bashar nimaga daʼvat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashqil etib keladi. Hamma dinlarda imonga aloxida eʼtibor beriladi. Imon barcha dinlarning ustuni sanaladi. Chunonchi, zardushtiylik imoni uch tayanchga: niyat — fikrning sofligiga, so’zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi. Imonli kishi o’grilik va talonchilikdan, o’zgalarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovning hakiga xiyonat qilishdan, boshqacha aytganda, o’zligiga, yaʼni o’z imoniga xavf, zid ish qilishdan o’zini tiya biladigan komil insondir. Imonli odamga yuqorida qayd etilgan ishlarni qilma, gunox bo’ladi deb targib qilishning xojati yo’q. Bundan 1400-yil muqaddam Allohning irodasi bilan Muhammad alayxissalom faoliyatlari tufayli bunyodga kelgan islom taʼlimotiga ko’ra, imon moxiyatini Qurʼoni Karimning qo’yidagi surasi ochib beradi: “Chin ko’nglim ila imon keltirdim: Allohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning payg’ambarlariga ham bu dunyo yo’q bo’lib oxirati kuni bo’lmog’iga va qadarga, yaʼni yaxshi va yomon ishlar har kaysisi iloxi taolodan bo’lmoqligiga va o’lgandan so’ng qabrdan tirilib va bo’larning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvoxlik berurman, albatta, Allohdan o’zga hech maʼbud yo’qdir. Yana guvoxlik beraman, albatta, Muhammad Allohi taoloning bandasi barcha bandalariga din axkomlarini o’rgatmoq uchun yuborgan payg’ambaridur”. Imon shaxs maʼnaviy-ruhiy olamida qaysi yo’nalishda qaror topmasin. Uning sharti asosan bittadir. Yaʼni imonli odamning so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bunday inson har qanday sharoitda o’z so’zi va axdnomasida turadi. Agar shunday qilmasa, vijdon azobida qoladi va o’zini-o’zi sira kechirmaydi. Demak, vijdon, xalollik, poklik, rostgo’ylik, insof-diyonat, saxovat, muruvvat, adolat, xalq, vatan ishqi bilan yashash faqat imoni butun odamlargagina xos fazilatlardir. Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy imonda ko’proq inson axloqidagi odamiylikka urg’u beriladi. Kundalik hayotda imon so’zi keng qo’llaniladi . Bunda ko’proq dunyoviy imon maʼnosi ko’zda tutiladi. Chunonchi, halqimizda ayrim kishilarning o’ta axloqsizlik xatti-harakatiga nisbatan “imonsiz” degan xaqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu xaqorat zamirida Allohga ishonch-e’tiqodi yo’q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz maʼnolaridai tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy imon ham aks etgan. Bu shunday og’ir diniy va dunyoviy xaqoratki, o’tmishda shu xaqoratga asossiz duchor bo’lgan oriyatli kishilar xaqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo’q kishilar esa mahalla-kuyda, yaqin kishilari orasida laʼnatlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilishmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh berolmasa ko’chib ketishgacha borilgan. Zamondoshimiz bo’lmish odamlarni, Siz kabi yoshlarni imonli sifatida quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: e’tiqodli, o’zining aniq maslagiga ega, taqvodor, hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-xayoli, vijdonli, andishali, insofli, kamtarin, xalol va pok, to’g’ri so’z kabi fazilatlar soxibidir. Demak, insoniylikning muxim shartlari — diyonatlilik, mexr-shafkatlilik, poklik va xalollikni imon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat imon soxibi bo’lgan insondagina diyonat, mexr-shafqat, poklik va xalollik bo’ladi. Imonsiz kishilardan uni ko’tish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo’lmagani uchun ham baʼzi odamlarga nisbatan imonsiz so’zini ishlatamiz. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev shunday deydi: “Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda ko’p joylarda jaholatga qarshi maʼrifat, islom dinini urganish, urgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi bo’lish, boshqa oqimlarga kirish — bu O’zbekistonga yarashmaydi!”. Bugungi kunda maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi kechiktirib bo’lmaydigan vazifa sanaladi. Bu ezgu maqsad yo’lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qatiyatlilik bilan davom ettirish butun gi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Haqiqatan ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, bu masalaga katta va uzluksiz eʼtibor berib kelinmoqda. XULOSA Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yo’qsak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, aziz va mo’tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig’i, bitmas-tuganmas boyligidir. Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik, gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-ona norizo bо‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma, desa uni qilmaslik va qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech ikqilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona о‘z farzandidan rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga erishadi. Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni urasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab! Kurs ishi mavzusiga oid manbalar natijalariga ko’ra quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: Har bir yilning bir-biri bilan bog’liq holda nomlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Ushbu yillar orasida “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Sihat salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Barkamol avlod yili” ning dasturlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning bosh g’oyasi mazmunida xalqimiz, Vatanimizning ravnaqi, oilalarning baxtli hayoti mujassamdir. Bu ishlarning zamirida xalq farovonligi, oila totuvligi, oilaviy munosabatlarning ijobiy qaror topishi singari hayotiy ko’nikmalar yotadi. O’zbek oilasi qadimdan ezgulik va sadoqat, ahillik va poklik timsoli bo’lib shakllangan va bugungi kungacha xalqimiz bu an’anani muqaddas saqlagan holda asrlar silsilasidan o’ta oladi. O’zbek oilasida an’anaviy tarbiya hamisha bosh mezon bo’lib kelgan va undagi ma’naviy muhit muhim o’rin to’tadi. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodiga oid ko’nikmalar asosan oila sharoitida shakllanadi. Oila ibrat maktabi, tarbiya va ma’naviyat o’chog’i, g’oyaviy tarbiyaning omilidir. Oilada ma’naviy tarbiyani shakllantirishda ota-onaning vazifalari keyingi kichik mavzudan joy olgan bo’lib, jamiyat uchun zarur hisoblangan farzandlarni ruhan va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazish ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki ijtimoiy burchi ekanligi ta’kidlanadi. Oilada sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, bilimli, aql-zakovatli, uddaburon, zukko, ruhan va ma’naviy barkamol insonni voyaga yetkazish, shuningdek, oila an’analarini, shajarasini davomiyligini ta’minlash, farzandni bo’sh vaqtini unumli o’tkazish, giyohvandlik maishiy nopoklik, axloqsizlik kabi illatlarga yo’l qo’ymaslik borasidagi fikrlar mavzuning ikkinchi kichik bobida bayon qilingan. Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish orqali yoshlarni milliy vatanparvarlik, isnsonlarparvarlik g’oyalariga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri mahallada tashqil etiladigan tadbirlarda, yaxshilik va og’ir kunlarda mahalladoshlar orasida bo’ladigan oqibatli ishlardan farzandlarni ogoh etish va ularning yoshlariga va jinslariga qarab tadbirlarda ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. Umuman olganda o’zbek oilasi hamisha ma’naviy tarbiyaga alohida e’tibor berilgan holda odob doirasidagi ko’rinishlarda tarbiya mezoniga tayanadi. O’zbek oilasida ma’naviy tarbiyani shaklantirish va unga alohida e’tibor berish hamisha bosh vazifa bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Ota-onalik maqomiga aloqador munosabatlarni tashqarida boshqalarga ham qo’llashga ko’nikib boradi. Shuning uchun to’ng’ichlarda kirishimlilik, kichiklarga g’amxo’rlik, mustaqil qarorlar qabul qilishga, mas’uliyatni bo’yniga olish va liderlikka moyillik rivojlanib boradi. Download 101.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling