Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa ekanligi


Download 101.97 Kb.
bet4/9
Sana10.02.2023
Hajmi101.97 Kb.
#1186926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari

1.2. Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa ekanligi
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolgʻizlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga taʼsir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham maʼnaviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq maʼnaviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o’zga bir maʼnaviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq tuligʻicha o’zligidan kechib, o’zga xalq maʼnaviy dunyosini qabo’l qilsa, demak, unday xalq yuq bo’ladi, o’z maʼnaviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini maʼnaviy mustaqillik tashqil etadi, deymiz. Milliy maʼnaviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻliq va ushbu zaminga tayanib yo’qsaladi.
Milliy maʼnaviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qayerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq Ko’rsatib va qayta-qayta taʼkidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy maʼnaviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo’yibdi, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug’ anʼana – ulugʻ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan maʼnaviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy maʼnaviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod eʼtiborini jalb etish maqsadini ko’zda tutadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xalq maʼnaviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda to’tganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan — 1990-yili O’zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan bo’lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining noziq va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to’la milliy-tarixiy anʼanalar bilan, umuminsoniy maʼnaviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o’tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olgʻa surilgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq maʼnaviy boyligining ildizlariga eʼtibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab tuplangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga ogʻir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz — shu xazinani ko’z qorachigʻimizdek asrash va yanada boyitish, so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, eʼtiqodining erkinligini taʼminlashimiz kerak”2. Milliy maʼnaviyat – har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar maʼnaviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida anglanishi. Milliy maʼnaviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik bo’lib, millatning o’tmishi, buguni, hamda kelajagini o’zida mujassam etadi. U millatimizning maʼnaviy takomil jarayoni bilan bogʻliq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan maʼnaviy merosda, balki bugungi kun va kelajak avlodlarning hayotga munosabatida, orzu-istaklarida o’z aksini topgandir. Uning teranligi va kulami ajdodlarimizning ming yillar davomida tuplagan yaxlit tarixiy-maʼnaviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda zarur.
Shunday qilib, maʼnaviyat — insonning ruxiyatini. uning o’z-o’zini anglashi, didi, farosati adolat bilan razilligi, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan joxillikni ajrata bilish qobiliyatini aql-zakovatini yo’qsak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish saloxiyatdir. — deb taʼrif berish urinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu taʼrif eng oxirgi, kiyomiga etgan mukam­mal deb, aytishimiz mumkin emas.
Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov aytganidek, maʼnaviyat — taqdirning exsoni emas. Maʼnaviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’lbilan mexnat qilishi kerak.
Maʼnaviyat inson tug’ilishida ona suti, uning allasi, mexri, ajdodlar qadriyatlari taʼsiri ostida shakllanadi. Uning shakllanishida oiladagi muxit, jamiyatdagi hamjixatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparshrlikning qay darajada amal qilinishi asosiy urinni egallaydi.
Barcha fanlarda bo’lganidek, maʼnaviyatning ham mustaqil pred­meti mavjuddir. Uning predmeti inson va jamiyat maʼnaviy hayoti maqsadi esa komil inson — imon-e’tiqodi butun irodasi baquvvat erkin fuqaro maʼnaviyatini shakllantirish va jamiyat maʼna­viy saloxiyatini rivojlantirishdir. Ana shu keng qamrovli vazifalardan ko’rinib turibdiki, inson kamoloti va jamiyatning yo’q­sak darajaga ko’tarilishi maʼnaviyatni rivojlantirishga bogʻliq bo’ladi.
Maʼnaviyatning moddiy kochga aylanishi har bir insonnning xatgi-harakatlarida, o’z oilasi, millati va vataniga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Yuqorida aytganimizdek, uning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof-muxit, milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muxim ahamiyatga ega.
Odam ota-onadan tug’iladi, ammo uning axloq, odob borasidagi fazilatlari, yaʼni maʼnaviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar taʼsirida shakllanadi. Insonning maʼnaviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo’lsa ham, u o’z navbatida, jamiyat iqtisiodiyotiga nixoyatda qatga taʼsir Kurs atadi, uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, imon, vijdon, xalollik, mexnatsevarlik, insonlarvarlkk, eʼtiqodi, vatanparvarlik, milliy va insoniy g’urur to’yg’usi, burch va mas’uliyatni his qilishi qanchalik kochli, Yuqori bo’lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjixatlik barqaror bo’lishiga olib keladi.
Xuddi shuning uchun ham Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq Birinchi sessiyasida so’zlagan no’tqida: «Taraqqiyot taqdirini maʼnaviy jixatdan yetuk odamlar xal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati maʼna­viy barkamollik bilan, mustaqil tafakko’r bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruxiy-maʼnaviy saloxiyat — maʼrifatli insonning ikki qanotidir», — deb Kurs atgan edi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning maʼnaviy kamolotiga ham yangi davrning yo’zaga kelishidir. Maʼnaviyatsiz adolatli, yo’qsalish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyat bo’lmaganidek, jamiyatsiz maʼnaviyat ham rivojlanishi mumkin emas.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy soxalarida mavjud bo’lgan muammolarini maʼnaviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali xal etish mumkin.
Maʼnaviyat millatni taraqqiyotga egallovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muxim omil sanaladi. Chunki qayerda, qaysi mamlakatda maʼnaviyat yo’qsak darajada bo’lsa, o’sha joyda, o’sha mamlakatda joxillik, hasadguylik, beparvolik, xudbinlik, qalloblik, manmanlik, tekinxo’rlik, g’iybat qilishlik, ko’rolmaslik, yovlik, quparuvchilik, o’z Vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik, tuxmat qilgan kabi salbiy illatlar, maʼnaviyatsizlik ko’rinishlariga urin qolmaydi.
Maʼnaviyat har doim maʼrifat bilan uyg`un xolatda rivojlagnib boradi. Maʼrifat — bilish, bilim, tanish va maʼlumot, — degan maʼnoni anglatadi.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir yangi tarixiy davrga o’tishi maʼrifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning, millatning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, o’zoqni ko’zlovchi maʼnaviyatli kishilari maʼrifatparvarlik bilan shug’ullanganlar. Chunki, maʼrifat — maʼnaviy qaramlik, qurquv va xadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos iloxiy qudrat, mislsiz saloxiyat baxsh etadi. Mamlakat, millatning ozodligi — uning maʼrifiy uyg’oqligidadir. Odamzod naslining ulug’ligi esa bilimdan.
Bilingki, bilim va maʼnaviyat o’ylab ko’rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, yaʼniki maʼnaviyatsizliklardan tiyib turadi. Shu tufayli ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz doimo maʼrifat va maʼnaviyatga intilib yashaganlar. Ular maʼnaviyat va maʼrifat chiroqlarini mashʼala singari yoqqanlar. Yo’qsak maʼnaviyat va maʼrifat tufayli Turon zamin yer yo’zida shuxrat qozongan.
Maʼrifat va maʼnaviyatlilik, uning inson, jamiyat hayotidagi ahamiyati ustida fikr yuritganda, maʼrifat va maʼnaviyat, maʼnaviyatlilikning nisbatiga ham eʼtibor berilishi lozim bo’lgan masala hisoblanadi.
Maʼnaviyatli odamlarning hammasi ham doimo maʼrifatli, shu bilan birga maʼrifatli, ilmli kishilarning ham hammasi yo’qsak maʼnaviyatli bo’lavermaganlar. Shunday kishilarga qarata xaqli ravishda olim bo’libtiy-u, ammo odam bo’lmabdi iborasi ishlatiladi. Boshqacha aytganda insonlar borki, olim emas. Olim bo’lmasa bo’lmas, ammo maʼnaviyati yo’qsak Olimlar borki, inson zotiga loyiq emas. Bunisi og’ir. Ulardan elga, yurtga foyda yo’q. Shuning uchun xalqimiz: “Olim bo’lma — odam bo’l”, iborasini ishlatib kelgan. Ikkalasining uyg’unligi barkamollikni taʼminlaydi. Maʼnaviyat va maʼri­fat bir-birini inkor etadi degani emas. Maʼnaviyat va maʼrifat bir-biriga chambarchas bogʻliqdir. Ular bir-birini quvvatlab, o’zaro taʼsirlanib rivojlanib boradi.
Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar o’zlarida maʼnaviyat va maʼrifatni yo’qsak darajada mujassam etgan allomalar bo’lganlar. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Hozirgi davrda milliy kamolot yuli, komil insonni, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish yuli mana shu yul, bundan boshqa yo’l yo’q
Maʼnaviyat va maʼrifat xalqimizning, millatimizning kelajagi uchun suvday va havoday zarur.
Maʼnaviy va maʼrifiy tarbiyani birga olib borish taraqli-yottakrzosi. Ularni boshqa-boshqa olib borib bo’lmaydi. Ularning chinakkam uyg`unligini taʼminlash orqaligina komil insonni tarbiyalab yetkazish va mamlakatning yo’qsak taraqqiyotini taʼmin­lash mumkin bo’ladi.



Download 101.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling