Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari
Shaxs maʼnaviyatini shakllantirish taʼlim tarbiya muassasalarining mas’uliyati
Download 101.97 Kb.
|
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari
2.2. Shaxs maʼnaviyatini shakllantirish taʼlim tarbiya muassasalarining mas’uliyati.
Milliy maʼnaviyat “millat” tushunchasi bilan bog’liq-“Millat” so’zi “o’zak”, “tub moxiyat”, “negiz” degan maʼnoni bildiradi. “Millat” so’zi arab tilida quyidagi uch maʼnoni anglatadi: birinchi — din, mazxab; ikkinchi — ummat; uchinchi — xalq, qavm. Millat so’zi Qurʼoni Karimda ham qullanilgan. Qurʼonda har bir millat vaqili o’z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish, o’z millatidan, kavmidan kechib, boshqa millatga o’tib olishi esa gunox deb taʼriflangan. Yevropa adabiyotida qo’llaniladi gan “natsiya” so’zi esa kabila, xalq degan maʼnoni bildiradi. Binobarin, bu ikki tushunchada ham asosan muayyan etnik birliklarning o’ziga hosligini bildiruvchi maʼno yotadi. Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar, millatlar o’rtasidagi maʼnaviy munosabat, aloqalar rivojlanib boraveradi. Maʼnaviyatni To’rt guruhga bo’lish mumkin: Birinchisi — shaxs maʼnaviyati, ikkinchisi — milliy maʼnaviyat, uchinchisi — mintaqaviy maʼnaviyat, Turtinchisi — umuminsoniy maʼnaviyat. Shaxs maʼnaviyati — har shaxsga tegishli bo’lib, uning ichki ruhiy holati, xatti-harakatlari, munosabatlari va boshqa qirralarini o’z ichiga oladi. Milliy maʼnaviyat — muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan g’oyat kimmatli maʼnaviy boyliklardir. Mintaqaviy (regional) maʼnaviyat — muayyan jugrofiy mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo’lgan maʼnaviy boyliklardir. Masalan, O’rta Osiyo xalqlarining yoki slavyan xalqlarining maʼnaviyatidagi yoki yanada kengrok doirada oladigan bo’lsak, Shark va Garb maʼnaviyatidagi mushtaraqlik, uxshashlikni olishimiz mumkin. Mintaqaviy maʼnaviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yakinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jixatlar namoyon bo’ladi. Umuminsoniy maʼnaviyat — butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan maʼnaviy-axloqiy boyliklardir. Milliy maʼnaviyat — boshqa millat maʼnaviyatidan tubdan farq qilinadigan maʼnaviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy maʼnaviyat boshqa xalqlarda muayyan tarzda bor, mavjuddir. Ammo, milliy maʼnaviyatda boshqa xalqlarning maʼnaviyati aynan takrorlanmaydi. Shunday bo’lganda edi milliy maʼnaviyat bo’lmas edi. Milliy maʼnaviyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. Milliy maʼnaviyat tarixi millatning maʼnaviy takomil jarayoni bilan bogʻliq. Unda baʼzan asrlar kunlarga va aksincha, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Milliy-maʼnaviy kamoloti zamonda, yaʼni millatning butun tarixi davomida yuz beradi. Bunda esa u baʼzan shiddat bilan yo’qsalib borsa, baʼzan esa maʼlum darajada tanazzulga yuz to’tishi ham mumkin. Insoniyat tarixiy jarayoni uchun bir narsa ayonki, tarix xodisalari, shaxslar, vokealar o’tib ketadi, moddiy madaniyat unsurlari yemiriladi, ammo, maʼnaviyat yo’qsalib, boyib, tobora kengroq kulam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyat qismi maʼnaviy tanazzulga yuz to’tgan fojiaviy sharoitlarda ham milliy maʼnaviyat yuqolmaydi, qo’lami va mazmuni jixatdan o’zi yetishgan kamolot bosqichini yo’qotmaydi. Milliy maʼnaviyat erishgan kamolot bosqichini yo’qotish uchun (shu jumladan, umuman milliy maʼnaviyatni ham) ajdodlar yaratgan barcha maʼnaviy merosni maxv etish, insonlar xotirasini tamomila o’chirib tashlash, ulardan xatto irsiy xotirani ham barbod qilib — manqurtga aylantirish kerak bo’ladi. Bunday xoldan Sizu Bizni Allohning o’zi asrasin! Millat mavjud ekan, milliy maʼnaviyat bo’ladi. Milliy maʼnaviyatni yo’qotish mumkin emas. Milliy maʼnaviyatni yo’qotish uchun qanchalik harakat qilinsa, shunchalik milliylikni, milliy maʼnaviyatni saqlash uchun ko’rash kochayadi. Xulosa shuki, inson qalbidagi milliylikni yo’qotish mumkin emas. Ko’rinadiki, milliy maʼnaviyat xodisasi ham tarixiy, ham bugungi kunda mavjudligini saqlab turgan ko’p o’lchamli vokelikdir. Inson maʼnaviy olami o’lchamlari cheksiz bo’lib, uni heh bir narsa bilan o’lchash, qiyoslash mumkin emas. Milliy maʼnaviyat avvalo, milliy ongda rivojlanishi bilan harakterlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan buen milliy ongni rivojlantirishni tarbiyaviy ishning muxim bugimi sifatida olib qaramoqdamiz. Milliy ongning rivojlanishi pirovard milliy o’zlikni anglash sari etaqlaydi. Milliy maʼnaviyatning asosiy belgi va o’zagi — milliy axloq; sanaladi. Bizning milliy axloqimizdagi belgilar boshqa xalqlar axloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon bo’ladi. Milliy maʼnaviyatda — milliy xis, to’ygu, ruxiyat ham muxim urin egallaydi. Chunonchi, zamona taqozosi bilan boshqa yurtga safarga borgudek bo’lsak va o’sha erda milliy qo’y, qo’shikni eshitgudek bo’lsak, bizning vujudimizni ajib bir xis, tuyg’u qamrab oladi va undan ruhiy xuzur olamiz, qanoat xosil etamiz. Yaʼni maʼnaviy ozukalanamiz. Milliy maʼnaviyatda milliy manfaat ham muxim rol uynaydi. Sobiq sho’rolar davrida milliy manfaatni millatchilikka yutganlar va milliy manfaat yuzasidan harakat qilgan kishilarni, rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb badnom etganlar. O’zbek xalqi uchun umuminsoniy maʼnaviyat bilan birga milliy maʼnaviyat va uning boyliklari ham g`oyat qimmatlidir. Bularga o’zbek xalqining o’zi yaratgan, boyitgan, saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga o’tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan milliy-maʼnaviy boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy anʼana, marosimlar, axloqiy pand-nasixatlar va hokazolar kiradi. O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda o’zbeklarda qadrlangan, o’zbekona axloq, odobga oid maʼnaviy fazilatlar haqida ko’plab kimmatli fikr, maʼlumotlar mavjuddir. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida o’zbeklarga xos bo’lgan ko’plab maʼnaviy-axloqiy sifatlarni tasvirlaydi. Bo’lar imon va e’tiqodlilik, andishalilik, oilaga muxabbat, bolajonlik, halollik, birovning xaqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug’lariga mexribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, savodxonlik, saxovatlilik, xushfeʼllik, shirinso’zlik, mardlik, odillik, xayolilik, mexnatsevarlik va boshqalardir. O’rta Osiyoga sayoxatga kelgan German Vamberi “Buxoro yoxud Movarounnaxr tarixi” asarida Oltin O’rdadagi o’zbeklarning musulmoncha tarbiyalanganini, savdo-sotikda og’ir vazminligini, oqkungillilik va samimiyligini, kamgapligini, sadoqatliligini, dovyurakligini, shinavandligini, oilaviy munosabatlarda pokligini, muloxazaliligi, andisha bilan tug’ri so’zlashishini, ota-onaga hurmati va eʼtiqodi kochliligini, birinchi bo’lib o’tirmaslik va birinchi bo’lib so’zlashmasligini, mug’ombirlikni bilmasligini, dinga e’tiqodi kuchli bo’lib, bu jixatdan anatoliyali turklarga uxshashligini Kurs atgan. O’zbek xalqining hozirgi milliy maʼnaviyati va qadriyatlari o’tmish milliy maʼnaviyatining davomi bo’lib ularga do’stlik, o’rtoqlik, mexmondo’stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalilik, jamoa ichida o’zini to’ta bilishlik, xayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfeʼllik, mardlik, samimiylik, lo’tfi karamlilik, ro’zg’orparvarlik, shirinso’zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muxabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo’ylik, xalollik, oru-nomuslilik, tug’rilik, rejalilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, xojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mexnatsevarlik, o’tmishga hurmat, insoflilik, imonlilik, milliy g’urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, maʼnaviy-axloqiy fazilatlar kiradi. Millat, xalq bor ekan uning maʼnaviy dunyosida milliy jixatlar doim saqlanib qoladi. O’zbeklarning milliy maʼnaviyati, erkak va ayollarning o’ziga xos sharkona axloqiy fazilatlari, ota-ona, farzandlar, qo’ni-qo’shnilar, mahalla-qo’y aloqalari, xalollik, imon, vijdon bilan bogʻliq, maʼnaviyati faqat o’tmish sadosi emas, balki hozirgi kun uchun ham xosdir. O’zga millatlarning maʼnaviy qadriyatlari qanchalik taʼsir Kurs atmasin kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, xalollik, imon, mexnatsevarlik, mexmondo’stlik singari milliy maʼnaviy fazilatlarimiz barqarordir. Chunki bu maʼnaviy xislatlar avloddan-avlodga o’tib qon-qonimizga singib ketgan. Ayollarimiz qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular xayo, ibo, nomus bobida, sila, qarindosh-urug’larga nisbatan munosabat bobida sharqona, o’zbekona fazilatlarni tark etmaydilar. Millat bor ekan, uning maʼnaviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, ota-onani, yoshi ulug’larni va kichiklarning izzatini o’z urniga qo’yish, hurmat qilish ham milliy maʼnaviyatimizga kiradi. Bu yul istiqlol va istikbol muammolarini o’tmishning boy tajribasi bilan bog’lashga yaqindan yordam beradi. Odatda kishilar ko’pincha ikki ishda qatga xatoga yul qo’yadilar. Birinchisi — yoshlarni xali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi — keksalarni qariya deb chetga surib qo’yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bogʻliq bo’lgan katta tashabbus, koch va g’ayrat bo’ladi. Keksalar esa hayot yo’lida ko’p issiq, va sovuq kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda uzoqni o’ylab, bosiqlik bilan ish qilish, etti ulchab bir kesish singari maʼnaviy boylik va yetuk tafakko’r saloxiyati bor. O’zbeklarning “qari bilganni pari bilmas”, degan hikmatida ko’p maʼno bor. Yoshlarning tashabbusi, kochi, g’ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi bilan bog’langandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning bilimi, hayot tajribasi yoshlar uchun maʼnaviy kamolot va ibrat maktabidir. Keksa avlodning hayot tajribasini mensimaslik hamma davrlarda ham jamiyat uchun falokatli oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, 1920-1930 yillarda xali hayotda biror og’ir saboqni ko’rmagan, baland-pastni bilmagan 15-17 yoshlik komsomollar ko’plab ishbilarmon, mexnatsevar dexkonlarni quloq qilish, molu-mulkini musodara etib, uzoq, erlarga badarg’a qilish vazifasini o’z zimmasiga olgani ham katta iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy buxronlarga sabab bo’ldi. Hozir ham keksalarning kadriga etmaydigan, ularni mensimaydigan yoshlar oz emas. Bu o’zbek milliy maʼnaviyatidagi salbiy bir xol, ko’rinish Uning oldini olish zarur. Sovett-tolitar tuzumi sharoitida maʼnaviy-axloqiy faoliyatlarning milliy jixatlari, anʼanalarini inkor etish yoki kamsitish kochaydi. Ularni maʼnaviy quloqlik ifodasi sifatida talqin etildi. Sharq xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining ming yillik maʼnaviy boyliklarini o’zida mujassamlashtirgan xadislar, shariat xukmlari diniy xurofat sifatida qoralandi. Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-hayo, xalollik va pokizalik, inson qadr-qimmati tug’risidagi maʼnaviy qadriyatlariga zid bo’lgan yevropacha anʼanalar yoshlar maʼnaviyatiga salbiy taʼsir o’tkazdi. Shu tufayli maʼnaviy tubanlik yo’zaga keldi. Yoshlarda asriy milliy maʼnaviyatimizga zid bo’lgan bag’ritoshlik (farzandni, ota-onani tashlab ketish singari), qotillik (o’z farzandini o’ldirib yashirish), xudbinlik, maishiy buzuklik, giyoxvandlik kabi maʼnaviy kiyofa yo’zaga kelib, ildiz ota boshladi. Abdulla Avloniy va boshqa maʼrifatparvar fidoiylar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda xukmron bo’lgan maʼnaviy inqiroz haqida gapirib, bu og’ir vaziyatdan taʼlim-tarbiya ishlarini yaxshilash, axloqni yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini qayd qilgan edilar. “Tarbiya, — degan edi Abdulla Avloniy. — bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo xalokat, yo saodat — yo faloqat masalasidir”. Bu fikrlarning ahamiyati hozirda ham kamaygani yuq O’zbek millati faqat milliy maʼnaviy kamolot orqaligina yuzaga kela boshlagan milliy-maʼnaviy aynishning oldini olishi mumkin. Sovet totalitar tuzumi barbod bo’lishi, O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lgakiritishi jamiyatimiz maʼnaviyatida chuqurlashib borayotgan inqirozning oldini olish uchun tangrining inoyati, xalqimizning baxti bo’ldi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda milliy maʼnaviy poklanish, o’nglanish, tiklanish jarayoni yuz berdi. Yosh avlodni, vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruxida tarbiyalash, milliy g`urur tuyg’usini kochaytirish, imon, vijdon, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, ishbilarmonlik singari xislatlarni shakllantirish, mustaqillikning ongli fidoiysiga aylantirish hozirgi kundagi milliy-maʼnaviy tarbiya ishining asosiy maqsadidir. Milliy tarbiya — u yoki bu millatni, elatni tashqil qiluvchi kishilarniig milliy madaniyatni, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, anʼanalarni o’zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo’lib, u milliy ong va milliy o’zlikni anglashning subʼektidir. Milliy tarbiyaning asosiy yo’nalish larini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, vatanparvarlikni, mexnatsevarlikni, yo’qsak insoniylikni rivojlantirish, merosni, urf-odatni, qadriyatlarni, fan, texnika, texnologiyalarni o’zlashtirishga intilishni rivojlantirish, mexr-oqibat, imon-e’tiqod, or-nomus, insof-diyonat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning moxiyatini tushunib etish va unga amal qilish ruxiyatini shakllantirish kabilar tashqil etadi. Milliy tarbiyaning yana bir yo’nalish i — ota-ona, qarindosh-urug’larning hurmatini joyiga qo’yish, oilaning muqaddasligi tuyg’ularining barkamol bo’lishiga erishish, o’zaro munosabatlarda yonma-yon yashayotgan o’zga millatlar va elatlar vaqillarining manfaatlarini hisobga olish kabilar tashqil etadi. Xullas, Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek, milliy tabiatimizga xos bo’lgan mexr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu-hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizning ko’p jixatdan ajratib turadigan bag’rikenglik, mexmondo’stlik, oqkungillilik xususiyatlari haqida uzoq, gapirish mumkin. Heh birimizni xalqimizga xos ana shunday fazilatlar tark etishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chunki bu maʼnaviy qashshoqlikka olib keladi. Umuminsoniy maʼnaviyat va uning zaminlari Umuminsoniy maʼnaviyat — butun insoniyatga, jaxon xalqlariga tegishli bo’lgan maʼnaviy boyliklardir. Umuminsoniy maʼnaviyat uzoq, va yaqin o’tmishda yaratilgan, hozirda esa maʼnaviy jixatdan juda qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yullaydigan maʼnaviy boyliklardir. Umuminsoniy maʼnaviy boyliklariga esa ilm-fan, jumladan falsafiy tafakko’r yo’tuqlari, adabiyot va sanʼat asarlari, kashfiyot va ixtirolar, maʼnaviy madaniyat durdonalari, xurfikrlik, umuminsoniy axloqiy meʼyorlar va boshqalar kiradi. Umuminsoniy maʼnaviyat o’z ijobiy ahamiyatini heh qachon yo’qotmaydi. Oltin zanglamas, quyosh qoraymas deganlaridek, umuminsoniy maʼnaviyat ham doim qadimiy va novqiron bo’lib turaveradi. Ular umumbashariy maʼnaviyat deb ham yuritiladi. Inson ozodligi, salomatligi, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy ximoyalanish imkoniyatlari va u xaqda g’amxurlik qilish kabi maʼnaviy masʼuliyat o’z ahamiyatini doim saqlab qolaveradi. Adolat, tenglik, axil qo’shnichilik kabi maʼnaviy qadriyatlar asrlar osha yashab kelmoqda, uni butun insoniyat avaylab-asrab kelmoqda. Mexnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik va boshqalar ham umuminsoniy maʼnaviyat sanalib, u har bir xalq, millatda o’ziga xos ravishda namoyon bo’ladi. O’zidan kattalarni, ota va onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amxurlik qilish ham umuminsoniy maʼnaviy jixatlari bilan ajralib turishini yoddan chiqarmaslik kerak vijdon, burch, baynalmilalchilik ham umuminsoniy maʼnaviyat tizimidan urin olgandir. Yuqoridagi maʼnaviylik tushunchalarining milliy chegarasi yo’q,. U hamma millat, xalq uchun bab-barobar tegishlidir. Ammo, ularning hammasi faqat muayyan milliy shaklda namoyon bo’ladi. Umuminsoniy maʼnaviyatda biz milliy maʼnaviyatning eng olijanob, eng yo’qsak Kurs atkichlarining umumjaxon miqiyosida mujassamlashgan birligini ko’ramiz. O’z taraqqiyoti uchun har bir millat umuminsoniy maʼnaviyat boyliklaridan, xazinasidan foydalanishi, unga suyanishi tarixiy zaruratdir. Buningsiz zamonaviy ilg’or millat haqida orzu qilish mumkin emas. Umuminsoniy maʼnaviyat boyliklaridan foydalanish milliy cheklanganlik kobigidan chetga chiqishga, olamni kengrok anglash va kuzatishga undaydi. Agar milliy maʼnaviyat bo’lmasa umuminsoniy maʼnaviyat yo’q umuminsoniy maʼnaviyatisiz esa hozirgi zamon ilg’or millatlari yo’q millatlar umumjaxon, umumbashariy maʼnaviyatning yaratuvchilaridir Islom Karimov aytganidek: “Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo’shgan. Turli millat vaqillariga hurmat, ular bilan bahamjixat yashash, diniy bagrikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini urganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam”. Umumjahon, umuminsoniy maʼnaviyat esa hozirgi zamon ilg’or millatlari taraqqiyotining zamini, tayanchi va negizidir. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida esa milliy va umuminsoniy maʼnaviyatning ana shu dialektik bogʻliqligini hisobga olishimiz davr talabi. Buni esa Prezidentimiz Islom Karimov maʼnaviyat tug’risidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda hisobga olganligining guvoximiz. Xususan, Prezidentimiz “O’zbekistonning uch istiqlol va taraqqiyot yuli” asarida, “Milliy madaniyatning o’ziga xosligini tiklashga aloxida eʼtibor berilishi kerak Shu bilan birga milliy o’z-o’zini anglashning tiklanishi jaxon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari, ideallaridan bizning ko’p millatli jamiyatimiz anʼanalaridan ajralib qolishi mumkin emas”, — deb taʼkidlagan edi. Mustaqillikni mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish borasidagi tarbiyaviy ishlarni milliy maʼnaviyatimiz boyliklari bilan birga umuminsoniy maʼnaviyat boyliklaridan foydalanish negiziga ko’rmog’imiz lozim. Bozor munosabatlari sharoitida millatlararo madaniy-maʼnaviy munosabatlarning kengayishi va chuqurlashuvi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ko’p millatli davlatlar uchun milliy siyosatni tug’ri, aniq, ko’zlangan maqsad asosida olib borish juda muhimdir. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga yordam beradi. Millatlarning va ular madaniyatlarining bir-biriga taʼsir Kurs atishi ko’p millatli davlatlarda yashayotgan xalqlarning maʼnaviy-aqliy boyishi uchun yaxshi manba bo’lib xizmat qilib kelgan! O’zlarining tarixiy vatanlaridan tashqarida yashovchi millatlar uchun hamma joyda, hamma vaqt milliy ehtiyojlarini qondira olishlari uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab birinchi galda milliy xududiy tuzilmalari bo’lmagan xalqlarda aloxida ahamiyat kasb etadi. Millatlararo munosabatlarda o’tmishda yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi. Mamlakatimizda xalqlar tinch-totuvligini taʼminlash chora-tadbirlari ko’rildi. O’zining tarkibi va mazmuni jixatidan xilma-xil xalqlar birligidan tashqil topgan bizning jamiyatimizda millatlararo totuvlikni saqlab qolishda bizning qonun bazamiz yaqindan yordam bermoqda. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 8-moddasida: «O’zbekiston xalqini millatidan qati nazar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashqil etadi», — deb taʼkidlanadi. O’zbekiston xududida yashaydigan etnik ozchilikning xuquqlarini ximoya qilish davlat kontseptsiyasi O’zbekiston Konstitutsiyasida yaqqol belgilab berilgan. Unda aytilganidek, “O’zbekistan Respublikasi o’z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Mustaqillik yillari millatlararo maʼnaviy va madaniy-maʼrifiy munosabatlarning kengayishi va chuko’rlashuvi ana shu Qonun doirasida rivojlantirilib kelinmoqda. O’zbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vaqillari orasida ham etnik — madaniy, maʼnaviy asoslarda jipslashish jarayonlari faol yuz bermoqda. 1989-yildayok mamlakatda milliy-madaniy markazlarni tashqil qilish asosida tub axoli bo’lmagan xalqlar milliy anʼanalari, madaniyatlari va boshqa o’ziga xos jixatlarini rivojiga keng yul ochib berdi. 1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo Madaniyat markazi tashqil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan, Qozoq, koreys, arman, ozarboyjon, tojik madaniyat markazlari faoliyat Kurs ata boshladi. Vaqt o’tgan sayin ularning soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga kelib mamlakatda ularning soni 80 tadan oshdi. Hozirda esa ularning soni 100 tadan oshib ketdi. Bunday rivojlanish o’z navbatida ularning faoliyatini muvofiklashtirishni taqozo qiladi. Shu maqsadda 1992-yil boshida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi “Baynalmilal madaniyat” Markazi tashqil qilindi. Milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko’maklashish uning asosiy vazifasi qilib belgilandi. Milliy-madaniy markazlar O’zbekistonning ko’p millatli jamiyatini siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma`naviy jixatdan qayta ko’rish jarayonida ijobiy rol o’ynamoqda. Milliy maxdudlik, xudbinlik kasaliga chalingan kimsalar esa — mening millatim maʼnaviyati, madaniyati bo’lmaganda jaxon madaniyati, maʼnaviyati bo’lmas edi, degan g`oyat zararli qarashni, g`oyani ilgari surib, ximoya etadilar. Mustaqillik sharoitida bunday zararli g`oyalarni ilgari surish va ximoya etishga intilish millatlararo munosabatlarning negiziga po’tur etkazadi, milliy totuvlikka raxna soladi. Biz qanchalik o’z madaniyatimiz, maʼnaviyatimizni hurmat qilmaylik, shu bilan birga boshqa millatlar, jaxon xalqlari maʼnaviyatiga ham hurmat bilan qarashimiz lozim. Download 101.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling