Axloqiy kategoriyalar va me’yorlar


Download 22.47 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1397896
  1   2   3
Bog'liq
Axloqiy kategoriyalar va me’yorlar




  1. Axloqiy kategoriyalar va me’yorlar.

Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insoning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning emak–ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti–harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo‘lib amal qilgan, uning ziddi – harom diniy nuqtai nazardan salbiy hisoblangan xatti–harakatlarga nisbatan qo‘llanilgan.

  1. Qadriyat tushunchasi va uning turlari.

Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.
QADRIYATLARNING TURLARI. Ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga muvofiq odatda qadriyatlarning uch guruhi farqlanadi: moddiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va ma’naviy qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar – Moddiy qadriyatlar jumlasiga inson mehnati natijasida yaratilgan moddiy dunyo predmetlari, Shuningdek o‘tmish madaniy merosi predmetlari kiradi. Moddiy qadriyatlar – bu tabiiy ne’matlar, mehnat mahsullarining iste’mol qiymati, ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ne’matlar, tarixiy voqealar, madaniy meros, axloqiy ezgulik, go‘zalik mezonlarigani qanoatlantiruvchi estetik hodisalar, diniy ibodat predmetlari yoki o‘zining muayyan ramziy ifodasini topgan diniy g‘oyalar va sh.k. Moddiy qadriyatlar ongda emas, balki odamlar hayot faoliyatida amal qiluvchi muayyan narsalar, hodisalar dunyosida mavjud bo‘ladi.

Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling