Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari
I-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
Download 101.97 Kb.
|
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari
I-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
1.1. Maʼnaviyatning asosiy kategoriyalari, uning rivojlanish qonuniyatlari Mamlakatimizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi erkin fikrlaydigan, o’z-o’zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasini davlat siyosati ustuvor yo’nalish qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa eng avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy maʼnaviyatini boyitish va mustaqil dunyo qarashini shakllantirishni taqozo etadi. Xuddi ana shu vazifa “maʼnaviyat”ni mustaqil mavzu sifatida urganishni ham kun tartibiga quydi. Shu urinda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi iqtibosini keltirish muhimdir: “Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uygʻun bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham uno’tmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz, degan daʼvat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.” Shu ehtiyojdan kelib chiqib oxirgi «maʼnaviyatning moxiyati, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bagʻishlanib Respublikamiz ziyolilari o’rtasida qizgʻin munozaralar olib borilmoqda. Bunga sabab maʼnaviyatning ko’p qirraliligi ekanligidir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruxiy-botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirgi kunda ham munozaralar davom etmoqda va matbuotda ushbu mavzuga bag’ishlab ko’plab gazeta va muloxazalar eʼlon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda. Aslida maʼnaviyat — insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turgan eng baquvvat omil hisoblanadi. Inson — tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, yaʼni yo’qsak maʼnaviyat egasi bo’la olish imkoniyati nazarda tug’iladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi. Faqat moddiy jihatdan taʼminlanish bilan kifoyalanish — ongsiz va ruxsiz maxluqotlarga xos. Maʼnaviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy xodisadir. Maʼnaviyat juda keng qamrovli tushuncha bo’lganligi uchun ham, uni bir jumlada ifodalash nixoyatda mushkul. Maʼnaviyat ko’prok inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganlig bilan ajralib turadi. Shu maʼnoda maʼnaviyat inson qalbidagi iloxiy bir nur sanaladiki, bu iloxiy nur hech bir jonzotda yo’q. Maʼnaviyat shunday sexrli tilsimki, uni tugal yechishga bashar qudrati yetmaydi. Shunday ekan, “maʼnaviyat” tushunchasiga bir yo’la mukammal taʼrif berish murakkab hisoblanadi. Shuning uchun “Maʼnaviyat”ga taʼrif berishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni o’zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq. “Turkiston” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida, maʼnaviyat ham bogʻliq, tabiat, jamiyat kabi uzluksiz harakatdagi jarayon ekanligini, inson fikri, tafakkuri, xis-tuygʻusi tinim bilmaganidek, ularning maxsuli bo’lmish maʼnaviyati ham doimo o’zgarish va yangilanishda bo’lishini uqdirib: “Maʼnaviyat avvalambor odamni ruxan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, imon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuch...” deb taʼriflagan edilar. Bu taʼrifda inson faoliyatining barcha maʼnaviy qirralari qamrab olingan bo’lib, biz bundan buyon maʼnaviyat haqida so’z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz. Keyingi paytlarda maʼnaviyatga oid eʼlon qilinayotgan maqolalarda, o’tkazilayotgan anjumanlarda “Maʼnaviyat” tushunchasiga taʼrif berish, uning jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi urniga katta eʼtibor qaratilmoqda Xususan, “Vatan tuyg’usi” kitobining mualliflari “Maʼnaviyat — jamiyatniing, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha”, — deb taʼriflaganlar. Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan maʼro’zalarida «maʼnaviyat — insondagi axloq odob, bilim, ilm, imon, ixlos va insoniy kamoloti uchun ijobiy taʼsir qiluvchi tizim yoki maʼnaviyat — insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafko’raviy qarashlar yig’indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir», deb taʼrif berib kelmoqdalar. A. Erkayevning fikricha, «Maʼnaviyat — insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi moxiyatidir, yaʼni insonning mexr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir». M.Imomnazarov dastlab “Maʼnaviyat inson qalbidagi iloxiy nur...”, — deb yozgan bo’lsa, keyinchalik “Maʼnaviyat — inson qalbida, kungil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan taʼrif darhaqiqat, sufiyona ramziy taʼrifdir, zotan boshqacha taʼrif bu cheksiz moxiyatni cheklab qo’yadi”, — deb yozadi. Maʼnaviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs maʼnaviyati va millat maʼnaviyati. Maʼnaviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, maʼnaviyatni tadqiq etish aslida Shaxs maʼnaviyatini o’rganishdan boshlanmogʻi zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir insonning maʼnaviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulgʻayar ekan, unga atrof-muhitida yashayotgan insonlarning taʼsiri bo’ladi. Insonning maʼnaviy kamoloti ayni shu muhitning taʼsiridan boshlanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qatʼi nazar, biror elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning gʻoyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina maʼnaviyat bilan tutashadi”1. Buning maʼnosi, shaxs maʼnaviyati voqelikda millat maʼnaviyatidan ayro, undan tashqarida bo’lmaydi. Shunday ekan, millat maʼnaviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs maʼnaviyatini ham urganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat maʼnaviyati, tom maʼnoda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar maʼnaviyatining majmuidan iborat bo’lsada, voqelikda har bir shaxs maʼnaviyati millat maʼnaviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Shaxs maʼnaviyati – har bir inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uygʻunlik darajasi. Bu uygʻunlik har bir shaxsning imoni, ilmi, masʼuliyati, mehri orqali namoyon bo’ladi va Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat to’ygʻularida ifodalanadi. Download 101.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling