Haqiqat va mening haqiqatim


Download 9.68 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi9.68 Kb.
#111439
Bog'liq
Haqiqat va mening haqiqatim


Haqiqat va mening haqiqatim.

Haqiqat — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obʼyektiv reallikka mos kelishi. Insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi.

Haqiqat borliqni bilishning bosh kategoriyasi. Borliqni bilishning ideal ifodasi.

Haqiqat bilimlarning obyektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan bilimlarning mazmuni. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishirda o‘z ifodasini topadi.

Haqiqat 3 xil ko‘rinishda mavjud bo‘lib bular obyetiv haqiqat, mutlaq haqiqat va nisbiy haqiqatdir.

Obyektiv haqiqat: bizning bilimlarimizda yo muayyan odamga yo ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin o‘z bilimlarimizda subyektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli obyektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Obyektiv haqiqat rivojlanib ikki haqiqat shakli bo‘lmish: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.

Mutlaq haqiqat: predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olamning vaqt va makonda cheksizligi tufayli amalda bunday bilimga erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat bilan tenglashtirib, biz unga umuman erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlandi chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifada tushiniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda obyektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishda mutlaq haqiqatdir.

Nisbiy haqiqat: borliqni asosan to‘gri aks ettirsada obraz obyektga uncha mos kelmaydigan bilim hisoblanadi. Nisbiy haqiqat to‘gri biroq to‘liq bo‘lmagan taxminiy vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.

Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi.

Mening haqiqatim quyidagicha. Bu dunyodagi eng birinchi hech o‘zgartirib bolmas haqiqat bu olloh yagonaligi va o‘limdir. Haqiqatga zid qarama qarshi bo‘lgan holat yolg‘on hisoblanadi va bugungi kunda insonlar haqiqatdan ko‘ra ko‘proq yolg‘onni ustun ko‘rishib, haqiqatni achchiq deyishadi yolg‘onni esa ularga shirin bo‘lib ko‘rinadi shu boisdan insonlar ko‘proq yolg‘on tarafida bo‘lishadi. Qiziqarlisi shundaki hamma haqiqatni bilishni xohlaydi, biroq haqiqat bilan yuzma-yuz kelishganda uni yolģon bo‘lib qolishini va aksincha yolg‘onni haqiqat bo‘lib qolishini istab qoladilar. Bundan tashqari yolg‘on foyda beradigan inkorli vaziyatlar ham yetarli, o‘lishi aniq bo‘lib ulgurgan insonga bu xabar yetkazganda ko‘ra, ko‘ngil uchun siz hali uzoq umr ko‘rasiz deb aytgan yaxshiroq menimcha.
Download 9.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling