“musiqa ta’lim” ta’lim yo‘nalishi o’zbek xalq musiqa ijodi fanidan kurs ishi mavzu: P. I. Chaykovskiy simfonik ijodi Bajardi


Download 379.08 Kb.
bet1/8
Sana06.04.2023
Hajmi379.08 Kb.
#1335215
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
P.I.Chaykovskiy simfonik ijodi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at fakulteti
MUSIQA TA’LIMI KAFEDRASI
60111300 –“MUSIQA TA’LIM” TA’LIM YO‘NALISHI
O’zbek xalq musiqa ijodi fanidan

KURS ISHI



Mavzu: P.I.Chaykovskiy simfonik ijodi


Bajardi: 3-bosqich 02/20 Mus guruhi talabasi Nabiyev Shoxrux Lutfilla o’g’li


Ish rahbari: N.Madaminov

Farg’ona -2023


Reja:
Kirish

  1. Chaykovskiyning bolalik paytlari.

  2. Chaykovskiyning san’atga qiziqishi.

  3. Chaykovskiyning bolalar albomi yozilish tarixi.

  4. Simfonik ijod. Oltinchi simfoniya

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish


Kurs ishining dolzarbligi. Muhtaram Prezidentimiz ma‘naviyatni avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuchga qiyoslaydi.
―O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma‘naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va Jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish musiqiy ta‘limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chindan ham yoshlarimiz qalbida ularning musiqiy nafosat dunyosiga oshno etmasdan turib ularning ma‘naviyati haqida so‘z yuritish quruq safsata desak yanglishmaymiz.
Yoshlar qalbida musiqa orqali yuksak nafosat ―nafis his-tuyg‘ular , sog‘lom did, vatanga muhabbat, insonparvarlik, yuksak milliy g‘urur, milliy iftixor o‘sib shakllanib boradi. Asta-sekin ona yurtimizda aqlli, didli, madaniyatli, ma‘naviyatli avlod o‘sib etishadi. Shu holatni teran anglagan va uzoqni ko‘ra olgan prezidentimiz ―bugungi kunda musiqa san‘ati navqiron avlodimizning yuksak ma‘naviyat ruhida kamol topishida boshqa san‘at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta‘sir ko‘rsatmoqda deb ta‘kidladilar.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch asarida:
―Agar insonning qulog‘i engil-yelpi ohanglarga o‘rganib qolsa, borabora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma‘naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir oqibatda bunday odam ―Shashmaqom singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi- deb ta‘kidlangan. Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma‘naviy dunyoqarashlarini shakillantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e‘tibor, kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Al Forobiy "Bu fan hammamiz uchun foydalidir" degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diyning shunday so'zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir". Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositadir.
Shu bois o'quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib qoladi.
Maktabda o‘quvchilarga qo'shiq kuylatish, opera va balet asarlarini tinglash orqali yoshlarni ma‘naviy va axloqiy tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Musiqaning axloqiy-estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va ijrochigagina doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo'lsa -da, lekin opera va balet janrlarining shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha ilmiy yoritilmagan. Buning sababi bizningcha opera va balet janrining murakkabligi va uning inson ongiga ta'sirining ko'p qirraliligidir. Biz ushbu ishimizda opera va balet san'atining tarbiyaviy jihatlarini va uning yangi insonni kamol toptirishdagi rolini yoritishga harakat qilamiz.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini quyidagicha belgiladik: O'quvchilarda opera va balet janrlarini idrok etishni o‘rgatishning musiqiy pedagogik xususiyatlari.

Download 379.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling