Mavzu: G’ofur Qodirov hayoti va ijodi Bajardi: Alimuxamedova Mukambar


Download 1.6 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1025436
Bog'liq
Новая презентация (1)

Mavzu: G’ofur Qodirov hayoti va ijodi

Bajardi: Alimuxamedova Mukambar

1917-1985 O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, dotsent, kompozitor G'ofur Qodirov ijodi, o'qituvchilik va jamoat faoliyati bilan o'zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. U yaratgan jozibali qo'shiqlar, simfonik va sahna musiqasi, ayniqsa, bolalar uchun yaratgan asarlari zamonaviy musiqa san'atimizni boyitdi.

G'ofur Qodirov 1917-yil 1-fevralda Toshkent shahrida bog'bon-dehqon oilasida tugildi. Yetti yoshidan mahalladagi eski maktabda o"qidi. 1928-yili 54- umumta'lim maktabining 6-sinfini bitirdi. 1933-yilda O'rta Osiyo san'at maktabiga o'qishga kirib, 1936-yil bitirdi. Ta'lim olgan yillarida badiiy havaskorlik to'garaklari, xor jamoasiga qatnashdi va o'zbek xalq cholg'ulari ansamblida dutor va tanbur chertishni o'rgandi.

1936-yili u Toshkent Davlat To'qimachilik institutiga o'qishga kirdi. Mazkur institutning badiiy havaskorlik xori bilan 1937-yilda o'tkazilgan olimpiadada ishtirok etdi. Shundan keym G'ofur Qodirov musiqa bilan jiddiy shug'ullanishga qaror qildi. O'sha yili uning musiqa qobiliyatini sezgan kompozitor Nikolay Mironov maslahati bilan Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov bo'limiga o'qishga kirdi 1940-yili kompozitorlik mutaxassisligi va cholg'ulashtirish bo'yicha ta'lim olib, 1945-yil konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirdi. O'sha yili Hamza nomidagi Toshkent Davlat bilim yurtiga musiqa nazariyasidan dars berishga yo'llanma bilan yuborildi. 1959-yili u cholg'ulashtirishdan dars berishga konservatoriyaga taklif qilindi

Kompozitor G'ofur Qodirov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi faxriy unvoniga, 1969-yili dotsent ilmiy unvonigasazovor bo'lgan.

1971—1975-yillarda O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi xay'atining mas'ul kotibi lavozimida ishladi. Yillar davomida G'.Qodirov pedagogik va jamoatchilik faohyatining birligida ijod qilib, turli shakl va janrlarda fortepiano uchun pyesalar: «Rondo», «Raqs», «Suita», «Sonata», «Preludiya va орега», violonchel va fortepiano hamda klarnet va fortepiano uchun pyesalar, torli kvartet, simfonik orkestr uchun «Marsh», «Suita», «Simfoniyetta» fortepiano jo'rhgida Navoiy g'azallari asosida «G'azal» romansi, «Mard yigit» qo'shig'i kabi asarlarni yaratdi. Bolalar teatrlarida sahna yuzini ko'rgan «Qari chol va bo'ri» nomli spektakhga 1944-yil musiqa bastaladi.

O'ziga xos uslubda ko'proq ovoz uchun simfonik, vokal-simfonik, estrada, xalq cholg'ulari orkestri, ayniqsa, bolalar uchun turli shakl va janrlarda ko'plab asarlar yaratdi. Shuni aytish joizki, u o'z ijodiy faohyatining hamma davrlarida yakkaxon, xor jamoalari va estrada guruhlariga go'shiqlar bastalashga ko'proq e'tibor berdi. Uning qo'shiqlari ohangdorligi, dilkashligi, hayotiyligi, sevgi-muhabbatni keng qamrab olganligi bilan ajrahb turadi va davr nafasi yaqqol sezilib turadi.

Masalan: «0'zbekistonim», «O`lkamga», «Yoshlar marshi», «Mirzacho'l», «Oq oltin taronasi», «Do'sthk festivali», «Paxta», lirik estrada qo'shiqlaridan: «Mirzacho'l yor-yori», «Koyimang, oyijon», «Go'zal Toshkent» va boshqalar. Shuningdek, bolalar uchun yaratgan qo'shiqlari nota to'plamlarida chop etildi: «РШасЫ qiz» «Maktabjon — oftobjon», «Baxtli av- lod», «О'упаЬ ber», fortepiano uchun pyesalar va «0'zbek raqslari» to'plamlari nashrdan chiqdi. Kompozitor turli cholg'u ansambli, orkestr, yakkaxon, ansambl va xor uchun «Maktabjon — oftobjon» IV qismli vokal-simfonik suita, «Biz yosh o'qituvchilar» IV qismli kantata, «Oq oltin», «Biz istiqlol egasimiz» V qismli vokal-simfonik suitasi, «Dangasahk — kasallik», «Ota-onalarga», «Bobomlar bog'bon», «Ona qo'llari», «Gunafsha», «Laylak» kabi qator qo'shiqlarni yaratdi.

Simfonik orkestr uchun 2 "Raqs syuitasi", "Balet syuitasi", "Yoshlik uvertyurasi", "So’zana" poemasi va boshqa, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun 4 syuita, "Yoshlar valsi", "Qizlar raqsi" va boshqalarni yozgan. Qodirov bolalar musiqasi sohasida samarali ijod qilib "Maktabjon oftobjon", "Biz yosh o’quvchilar", "Oq oltin" va boshqa vokal-simfonik asarlar, fortepiano, violonchel, klarnet va boshqa sozlar uchun turli pyesalar yozgan. Ayniqsa, dilkash ohanglarga boy xor, estrada va bolalar qo’shiqlari ommalashgan: "O’zbekistonim", "Yoshlar marshi", "Mirzacho’l yor-yori", "Bahor", "Koyinmang, onajon", "Archa qo’shig’i" va boshqalarni yozgan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling