Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
Download 168.5 Kb.
|
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy raxbar: K.K.Komilova Qo`qon-2021 MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………..
- 1-§. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirish vazifalari …………………………………………………………………. 2-§. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini
- 1-§. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda bolaning tengdoshlar bilan muloqoti ………………………………………………………………….
- ILOVALAR………………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ……………… KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM BAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MASOFAVIY TA`LIM KAFEDRASI MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI
Ilmiy raxbar: K.K.Komilova Qo`qon-2021 MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………….. TURLI YOSH GURUHNLARDA NUTQNING TOVUSH MADANIYATI TUSHUNCHASI 1-§. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirish vazifalari …………………………………………………………………. 2-§. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ……………………………………………………………… 2-BOB. TURLI YOSH GURUHNLARDA NUTQNING TOVUSH MADANIYATIGA DOIR AMALIY MASHG’ULOTLAR 1-§. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda bolaning tengdoshlar bilan muloqoti …………………………………………………………………. 2-§. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini nutqining tovush madaniyatini rivojlantirishga doir mashg`ulot ishlanmalari ………… XULOSA ………………………………………………………………… ILOVALAR………………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ……………… KIRISH Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan edagogik kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlammg o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalami, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallami joriy etish uchun shart-sharoitlami ta’minlaydi. Pedagogik kadrlaming o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof etish pedagogikasi asosida quriladi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi - maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tivsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifetida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim ftinksiyasi bolalaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga muVtftqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. 1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning nazariy asoslarmi qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan «maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdankelib chiqqan holda 2011 -yilda Respublikamizda maktabgacha ta’ lim rivojinmg asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» uch bosqichda amalga oshiriladi: I bosqich - qonunchilik faoliyatiga doir - 2012-2014-yillar. II bosqich - tashkiliy-amaliy - 2015-2017-yillar. III bosqich - yakuniy - 2018-2020-yillar. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish (preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktabgacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalami tatbiq etish masalalari yoritib berilgan. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiypedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan. Shuningdek, konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita: - didaktik - metodik modellarining mohiyati ham chuqur va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko'rsatib berilgan. Konsepsiyaning uchinchi - «Maktabgacha ta’limning tuzilishi» bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida guruhlami shakllantirish, ulami zarur jihozlar bilan ta’minlash, mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlami tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etilgan. Unga ko‘ra turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan guruhda - 10-12 ta bola, ilk yosh guruhida - 6-8 bola, uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida - 8-10 ta bola, besh yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida - 10—12 ta bola qamrab olinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki aynan maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axloqiy qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlaniihiga tamal toshi qo‘yiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xizmatning birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va haxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sotium (ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi to'liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir muhim vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-metodlk ta ’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan dasturiy-mctodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar, bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egallashi kerak. Albatta, bu xayrli ishlami ta’lim-tarbiyaning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir. Shunday qilib, yuqoridagilardan kelib chiqib, Download 168.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling