6-mavzu Ijtimoiy pedagogika asoslari


Download 60.37 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi60.37 Kb.
#999167
  1   2   3
Bog'liq
6-mavzu


6-mavzu Ijtimoiy pedagogika asoslari
Reja
1 Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi
2 Ijtimoiy pedagogikaning tavsifi
3 Ijtimoiypedagogika fani rivojining
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi
tadrijiy tavsifga ega. Ana shu nuqtai nazardan ijtimoiy
pedagogika fani rivojining uch bosqichi aloqida ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining
birinchi bosqichi qadimgi davrlardan XVII asrgacha bulgan davrni
uz ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya
tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy
nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan bulib, ijtimoiy
pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy
hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi.
CHunki bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yuzaga kelgan.
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi,
avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham
ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan
izoxlanadi. Biroq ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik
goyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar
to‘g‘risida ran borishi mumkin. Tarbiya ijtimoiy hodisa
sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo
bulgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma’no kasb etgan bo‘lsa,
keyinchalik esa uziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan
shug‘ullanuvchi kishilar — tarbiyachilar paydo bulgan. Bao‘tgani
sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins,
mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga
e’tibor qaratila boshlangan.

Ta’kidlash joizki, arxeologik qazilmalar asosida olingan


ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam
ko‘rsatilganligini to‘la tasdiqlaydi (qazilma skeletlardagi
shikast izlari bolalikdagi kasallik oqibatida yoki o‘limidan
ancha oldin olingan jarohatlar bilan bog‘liq bulgan). Bu kabi
qarashlar etnografik ma’lumotlarda ham ham o‘z tasdig‘ini
topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda
meqnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bulgan.
Keksalar yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-hunarlarga
o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiypedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik amaliyotning
vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk
sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik
fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. SHarqning
quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta
mualliflar tomonidan shakllantirilgan va, odatda, muqaddas
kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda —
SHukit, Hindistonda — Vedalar, Misrda — Tot xudosi
kitoblari, O‘rta Osiyoda — Avesto va boshqalar).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari
va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan
allomalarning nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi.
SHubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning
rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta
hissa qo‘shganlar. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469 — 399 y.)
O‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan
ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini
ta’kidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460 — 370 y.) o‘z ta’limotida tarbiyada
bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan
tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq
kerak.
Aflotun (mil. avv. 423 — 347 y.) ilk marotaba davlat va
tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning
fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan.
Arastu (mil. avv. 384 — 322 y.) antik dunyoda tarbiyaning
to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farg‘uti o‘laroq,
Arastu inson tarbiyasida asosiy e’tiborni davlatga to‘liq
bo‘ysunishga emas, balki insonning uz manfaatlariga, uning
rivojlanishiga qaratadi. SHaxsning jamoa bilan uyg‘un
rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42 — 118 y.) qadimgi
yunonning notikdik san’ati nazariyotchisi, pedagog. “Notiqning
tarbiyasi haqida” deb nomlangan ilk pedagogik asar unga tegishli
bo‘lib, unda tarbiyaning muhim g‘oyalari, ta’lim metodikasi
bayon etilgan. Kvintilianning asosiy g‘oyalari uz “men”ini
sakdab qolish, 4tashkil etadi.
Katta er egaligi munosabatlariga asoslangan davri
tarbiyasining uziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari
qoidalariga qat’iy amal qilish bulgan. Asketizm (yunoncha)
tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, \ayot
ne’matlaridan voz kechish degan ma’noni anglatadi. O‘sha
davrning (VI — XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini
yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bulgan
axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam,
xususan, kasallar va nochorlarga yordam kabilarni targ‘ib
etadilar.
XV — XVI aerda avval Italiyada, so‘ngra Evropaning boshqa
davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.
Paydo bo‘layotgan yangi toifa vakillariga, xususan, ziyolilarga
asketizmning tamoyillari begona edi. YAngi burjua madaniyati
shakllana boshlagan bir paytda uni tavsiflash uchun
insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalari qo‘llanilgan.
Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida
ilohiylik emas, inson shaxsi turishidan guvoqlik berardi.
Insonning o‘zi qam qalban va jismonan go‘zal bulishi lozim.
U faqatgina uz ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi,
faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va uz baxtining
yaratuvchisiga aylana oladi. SHu bilan birga, gumanistlar
cherkovga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoga buyuk
yaratuvchi sifatida qarashgan.
XIV — XVI asrlar gumanistlarining aksariyati o‘zlari
pedagog bo‘lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat etishgan.
Gumanizm g‘oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab
kuzatila boshlangan.
Asl tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra doim guzallik haqida, uning
kelajagi haqidagi g‘amxo‘rlikni bildirgan. Uyg‘onish davrida
ijtimoiy gumanizm g‘oyalarining amalga oshirila boshlanishi
mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vitgorino de Genotre (1378
— 1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat
www.ziyouz.com kutubxonasi
maktabining yaratilishi bilan bog‘liq. SHuni ta’kidlash
joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijgimoiypedagogika bir-biri bilan uzviy bog‘liqholda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy
qadriyatlarga yo‘naltirilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas
kitoblarda, oyatlarda axloqiy o‘gitlar, insonlararo
munosabatlar, qavm-qarindoshlarga, bolalarga g‘amxo‘rlik
haqida ko‘p gapirilgan. Bu asosda ko‘pgina avlodlar tarbiya
topishgan va bu borada Evropada cherkov uzoq vaqt mobaynida
“nogiron bolalar rahnamosi” bo‘lgan. Unga nafaqat ruxrty yordam
so‘rab, balki tibbiy, moddiy yordam so‘rab, adolatsizlikdan
himoya so‘rab murojaat qilishgan. Bu borada butun dunyoda diniy
tashkilotlarning boy an’fnalari mavjud. Masalan, Evropada
antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni
ibodatxonalar eshigi oldiga qo‘yib ketishgan. Manbalarga ko‘ra,
ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV aerda
Kesariya shahrida episkop Vasiliy Kesariyning tashabbusi
bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi
soborda ham paydo bo‘lgan. Uzoq vaqg u Evropada yagona tashkilot
bo‘lib qolavergan va faqat XIV aerga kelib tarbiya uylari soni
o‘ttiztagacha ko‘paygan. Qizig‘i shundaki, bu uylarda faqatgina
bolalarga g‘amxo‘rlik qilmasdan, profilaktika ishlari ham olib
borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni boshqa oilalar
tarbiyasigaberishgan, ularningtarbiyasini nazorat qilishgan.
Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan
boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsento Depolen
tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo‘lgan. U
tarbiya uyini qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga
erishgan. Mehribonlik bilan shug‘ullanuvchi ordenlar— xayriya
yo‘lida qilgan ishlari orqali keyinchalik mashxur bo‘lib ketgan
yirik cherkov tashkilotlari tuzila boshlagan.
Ijgimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri — XVII —
XIX asrlar — ijtimoiy-pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy
konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘ldi desak, xato
bo‘lmaydi.
XVIII — XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri)
olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar)
davlat va jamoat instituglari bilan hamkorlikda ijtimoiypedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bulishi
davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquk^ari tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda
ijtimoiy pedagogikadagi asosiy yo‘nalishlarning aniq
faoliyatda amalga oshishi sodir buladi.
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz
faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J. J. Russo (1712 — 1778)
ulkan hissa qo‘shgan. U huquqiy, diniy va tabiiy rivojlanish
asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari
suradi. Rus qomusiy olimi va pedagogi M. V. Lomonosov
(171 1 — 1765) uz “Reglamentlar”ida tarbiyaning xalqparvar
g‘oyalarini, insonga faol shaxs sifatida yondashuvni \amda
bolada axloqiy sifatlarini shakllantirishning o‘ta
muhimligini bayon etgan.
YAngi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va
ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715 — 1771)
ishlarida ham tilga olingan bulib, ular tarbiya omillari
hisoblanmish muhit va pedagogik ta’sir hamda shaxs va jamiyat
manfaatlarining birligi masalalaridir.
SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746
— 1827 y) o‘z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariya va
amaliyotni birlashtirgan va o‘z mablag‘lari hisobiga etimlar
uylarini ochgan.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy
pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermahsul
tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini
tuzishningyangi institugi”ni ishchilarningturmush darajasini
yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini
madaniyat bilan bog‘lab qo‘ydi. Jahonda ilk marta didaktik
o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida
g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalar u tomonidan tuzilgan.
Ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820 — 1903) oilaning
shaxs shakllanishidagi o‘rni haqidagi ijtimoiy-pedagogik
g‘oyalar bilan singdirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga
erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan, ya’ni Angliyaning
davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan
imitatsiyalashuvini.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida,
bir tomondan, ijtimoiy pedagogikaning pedagogika fanidan
ajralish jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning
psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar bilan
yaqinlashuvi ro‘y bergan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XIX aerda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat bo‘lgan.
1) ijgimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Bu uning fan sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan;
2) ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga
kelgan. Bu erda ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi
va xarakteri, ta’siri haqida ran bormoqda;
3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y
bergan. “Nochor” va tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda,
katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-pedagogik faoliyat
boshlangan. Eng asosiysi, ijtimoiy pedagogika faoliyat davlat
siyosati darajasiga kutarilgan. XIX asrning 60 — 70 yillarida
Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari
yaratilgan.
SHuni aytib o‘tish joizki, ijtimoiy pedagogika fani
rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning eng asosiy
vazifasi — bolalarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish g‘oyasi
birlashtiradi. Biroq XVIII — XIX asrlarda u avvallari
e’tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldiriladi. Aniqrog‘i,
ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa
umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va
ommaviy tarbiya tizimiga e’tibor kuchayadi. Unda yoshlarni
tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini
buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina
boshlandi. Bu ishlarning davom i Evropa va Amerika qit’alarida
ro‘y berayotgan o‘zaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘z aksini
topishi kerak bo‘ldi. Industriyalashtirish qishloqaxolisining
shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Qishloq
aholisining yangi turmush tarzi ga moslashishda qiyinchiliklarga
uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik
ko‘paydi. Kam rivojlangan Evropa davlatlaridan aholi ko‘chib
kelishining ortishi sababli AQSHda ahvol nihoyatda og‘ir edi.
Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi kuzatildi. CHerkov
shu paytgacha axloqiy me’yorlarning ana’naviy tashuvchisi bo‘lib
kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va
voqeliklarini anglay olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida
o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotdi. SHu bilan birga, Evropada
milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning
yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan goya va
www.ziyouz.com kutubxonasi
qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Ushbu masalani
\al qilish vositalarini topish zarurati paydo bo‘ldi. XIX asr
oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika
rivojiga aynan shu omil turtki bo‘ldi.
SHunday qilib, nemis pedagogi Fridrix Disterveg
tomonidan fanga kiritilgan «ijtimoiy pedagogika» atamasi
XX asr oxiriga kelib rasmiy ravishda keng qullanila boshlagan.
Aynan shu vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagogikaning fan
sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr
inson sivilizatsiyasi tarixida ilmiy-texnikaviy inqiloblar
asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan
iqtisodiy va madaniy sohaning etakchi omiliga aylandi. Ilmiy
inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga eng
birinchi navbatda falsafa orqali uz ta’sirini kursatdi.
Ijtimoiy pedagogikaning qator fanlar: psixologiya,
fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan
yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX aerda insonning
muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy
sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi.
Aynan shu davrda “pedalogiya” — bolani har tomonlama o‘rganish
hdqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning asoschilari E. Meyman,
S. Xoll, Torndayk hisoblanadi. Bu borada Rudolf
SHteynerning pedagogikasi hdm muh]im ahamiyatga ega. Ijtimoiy
pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan
pedagog olimlardan Georg Kirshenshteyner (1854 — 1932,
Germaniya), Jon Dyui (1859 — 1952, AQSH), Vilgelm
Naylarning (1862 — 1926, Germaniya) nomlarini alohida
ta’kidlab o‘tish lozim.
G. Kirsheniggeynerning pedagogik nazariyasi maktablarda
bolalarning sust qabul qilishidan faol harakatdagi
ehtiyojlarini ijodiy amalga oshirishga, ijodga ko‘ra isloh
qilish g‘oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiypedagogik qarashlarining asosini bolalarni jamiyatda har
tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish,
hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga
xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasini amalga
oshirish kerakligi tashkil etadi.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi.
Amaliy natija hamda biznesda muvaffaqiyatga erishish mazkur
pedagogikaning oliy qadriyatlari hisoblanadi. Jon D’yui
www.ziyouz.com kutubxonasi
xizmatlari shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi,
ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik
g‘oyalarga murojaat qilganidadir.
Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy
pedagogikaning boshqa pedagogik fanlar orasidagi o‘rni
borasida “Bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh
guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning bir
sohasi bo‘lib qolaveradimi?”, degan masalada bahs-munozaralar
davom etmokda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi
ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar
nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G Noll va G Boymer
(1920 — 1930 y.) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam
berish va voyaga etmagan huquqbuzarlarning profilaktikasi,
deb tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul
Natorp (XX asrning 20-yillari) umuman boshqacha ta’riflagan.
U ijtimoiy pedagogika xalqning madaniy va ahloqiy
darajasini ko‘tarish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy
kuchlarini yaqinlashtirish muammosini tadqiq etadi, deb
hisoblagan. Bunaqd tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko‘proq
mos kelgan va ijtimoiy pedagogika insonni hayoti davomida
tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdik^lagan.
XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika
huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar
uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish, ijtimoiy
pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashni
o‘z ichiga qamrab oladi. Xususan, XX asrning 70-yillaridan
boshlab Germaniyada oliy ma’lumotli ijtimoiy pedagoglar
tayyorlana boshlangan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ijtimoiy pedagogik
muammolarning global darajaga etganiga BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan 1959 yilning 20 noyabrida va 1989 yilning 20
noyabrida qabul qilingan «Bola huqukugari Deklaratsiyasi»
guvoqlik beradi. Unda alohida e’tibor etimlarning ijtimoiy
himoyasiga, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar bolalariga
ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga va boshqa bir qator
muammolarni \al qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning an’ana va
tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshmokda. Davlat ta’lim standartlarini va darsliklarni
yaratish, mutaxassislar tayyorlash, o‘quv rejalari va dasturlari i
tuzish mavjud tajriba va chet el mutaxassislari bilan yaqin
hamkorlik asosida amalga oshirilishi kerak. CHunki Germaniya,
Angliya, AQSH kabi davlatlarda boy ijtimoiy pedagogik
tajriba mavjud.

Download 60.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling