Psixologiyada shaxs va jamiyat muammolari


Download 67.58 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi67.58 Kb.
#1490493
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiyada shaxs va jamiyat muammolari



Psixologiyada shaxs va jamiyat muammolari
Reja :
1. Shaxs xaqida tushuncha.
2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs.
3. O’spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi.
4. Shaxsning tuzilishi va kasb etikasining shakllanishi
Tayanch so'z va iboralar
Shaxs, individ, shaxs faolligi, shaxs va guruh, shaxslararo munosabat, motiv,motivatsiya, ehtiyoj, shaxs dunyo qarashi.


Shaxs xaqida tushuncha
Shaxs - ijtimoiy va shaharlararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatining sub'ekti bo'lmish individdir. Shaxsga talluqli bo'lgan eng muxim tasniv xam uning Jam iyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik,ijtimoiy faoliyatga nisbatan xam ob'ekt, xam sub'ekt bo'lishlikdir.
Shaxs tushunchasl psixologlyada eng kup qoʻllaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. psixologlya oʻrganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruxiy olami qonuniyatlari bilan qizikkan xar qanday olim yoki tadqiqotchi xam shaxsning ijtimoiyligi va aynan Jamiyat bilan boʻlgan aloqasi masalasini chetlab oʻtolmagan
Sotsial yoki ijtimoiy muxit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir . Mazmunan xar bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi xarakatlarida namoyon boʻladi. Psixologiya ilmining namoyondalari boʻlmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va Jamiyat aloqalari tizimida insonning tub moxiyatini anglash uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino,Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari xam bu oʻzaro bogʻliqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga oʻzlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umimiy boʻlgan narsa shu boʻlganki, odamni, uning moxiyatini anglash uchun avvalo uning shu Jamiyatda tutgan oʻrni va mavqeyini bilish zarur.
G. Leybnits (1646-1716) Lokka e'tiroz bildirib, xayotda umuman toza sof doskaning uzi bulmaydi, xattoki eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida xam sezilarli teshiklar, doʻngliklar yoki tugʻma asoratlar boʻladiki, ular layoqatlardek,inson taqdirida ma'lum roʻl oʻynaydi, Bu ikkala yirik yoʻnalish urtasidagi tortishuvlarga chek qoʻyish maqsadida F. Galton qator eksperimental tadqiqotlar oʻtkazib, xar bir individga xos differentsial xususiyatlar mavjudligini ,,egizaklar metodiʼʼyordamida asoslashga xarakat qildi .
Inson jamiyat a'zosi sifatida uning normalariga bo’ysunadi, uning kutishlariga javob berishga xarakat qiladi va o’z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxsning fenomeniga ta'rif berish mumkin.
Shaxs -ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatning sub'ekti bo’lmish individdir. Shaxsga talluqli bo’lgan eng muxim tasnif xam uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan xam ob'ekt, xam sub'ekt bo’lishlikdir.
Shaxsga talluqli bulgan fazilatlardan eng muximi shuki, u shu tashki,ijtimoiy ta'sirlarni uz ongi va idroki bilan kabul qilib (ob'ektni), sungra shu ta'sirlarning sub'ekti sifatida faolyait kursatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok mening xayotim. Bizning dunyo degan ijtimoiy muxitga tushadi. Bu muxit usha biz bilgan va xar kuni xis qiladigan siyosat, xuquq, axlok olamidir. Bu muhit-kelishuvlar, tortishuvlar, xamkorliklar, an'analar, udumlar turli xil tillar olami bulib, undagi ko’plab qoidalarga ko'pchilik mutloq qo’shiladi,ba'zilar qisman qushiladi. Bu shunday koidalar va normalar olamiki, ularga buysunmaslik jamiyat tamonidan koralanadi, ta'qiqlanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs Jamiyat nisbatan barcha tartib - koidalarga qabul qiluvchi sub'ekt bo’lsa, Jamiyat ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir.
Shaxs turlí ijtimoiy munosabatlar tizimi ta'sirida bo’ladi va ko’plab ijtimoiy institutlar (oila, maxala, p’quv maskanlar, mexnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san'at, madaniyat va boshkalar) bilan boglik bo’ladi. Masalan,shaxsdagi turli g’oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta'sirida shaklanib, ular bevosita oila, bog’cha, maxalla maktab va boshqa o’quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi."Agar bu ta'sir uning etiqodi darajasida ko’tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va goyalarning paydo bulishi va usishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faolyait soxasini tanlaydiki, u o’z qobiliyatlari, malaka va ko’nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o’qituvchi, yoki shifokor , yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo’lib, elu-yurtiga xizmat kiladi.
Iqtisodiy munosabatlar xam shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shaklanishida katta rol o’ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o'tayotgan Uzbekistan sharoitini oladigan bo’lsak, yangicha iqtisodiy o’zgarishlar, bozor, rakobat, legalizatsiya, ya'ni erkinlashtirish va shunga o’xshash yangiliklar xar bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo’lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.


Download 67.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling