6-mavzu Ijtimoiy pedagogika asoslari
Download 60.37 Kb.
|
6-mavzu
Savol va topshiriqlar:
1. Xorijda ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining asosiy bosqichlarini sanab o‘ting? 2. Ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi bosqichiga qisqacha ta’rif bering. 3. “Ijtimoiy pedagogika" atamasi kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan? 4. Nima sababdan XX aerda ijtimoiy pedagogika fani va faoliyatiga ijtimoiy talab kuchaydi? 5. XX asr ijtimoiy pedagogika vakillarining qarashlarini bayon eting. “Metod”,“usul” va “vosita” tushunchalari. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning ijtimoiy va pedagogik texnologiyalar bilan aloqasi. Ijtimoiy-pedagogik metod va texnologiyalar tasnifi. Ijtimoiy-pedagogik texnologiya algoritmi va bosqichlari. Trening — ijtimoiy pedagogik texnologiya turi sifatida. Texnologiyalarning ijtimoiy pedagogik amaliy faoliyatda tutgan o‘rni va ahamiyati. I j timoiy-pedagogik f aoliyat m etodikasi va texnologiyalari Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. O‘z kasbining xususiyatlarini o‘rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilish uchun ij tim oiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor, bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha, bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi, ijobiy ijtimoiy tajriba to‘planishini ta’minlovchi, ijtimoiy pedagog va bolaning o‘zaro bogliq faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy pedagogik metodlar haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidadir. SHuning uchun ham ijtimoiy pedagog uz amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qullanilayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “ usul” va "vositalar" tushunchalari qullaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo‘ysunuvchan tavsifga ega. Aslida, \ar bir metod amaliyot tomonidan to‘plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy-pedagogning u yoki bu usulni qullashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog‘liq. Vosita usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar — ijtimoiy pedagog tomonidan kutlgan maqsadga erishish uchun qullanadigan moddiy, emotsional, akdiy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyat usullari hisoblanmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga etishishi uchun qullanilganida faoliyat usuliga aylanadi. Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi: www.ziyouz.com kutubxonasi —ishontirish; —talab qilish; —hikoya; —suhbat va bahs; —jazolash va maqtash. Biroq, ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalar tasnifi quyidagilardan iborat buladi, deb hisoblaymiz: SHunday kdlib, ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiypedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. “Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o‘z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar sohasida. XX asrning 80-yillari o‘rtalarida pedagogik amaliyotda SH. A Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V. P. Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S. N. Lisenkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V. A. Karakovskiy, N. E. Selivanova, N. I. SHurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlarini ilm aqli tomonidan tan olindi. “ Pedagogik texnologiyalar” o‘quv fani kasbiy pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi. Hozirgi kunda “ pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko‘zda tutadi. “Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bulgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog‘liq. Ijtimoiy adaptatsiya metod va usullar tizimi bo‘lib, uning maqsadi insonlarga ularning ijtimoiylashuvi va yangi ijtimoiy sharoitlarga ko‘nikishlariga yordam berish. Ijtimoiy vasiylik vasiylikka muhtoj odamlarni aniqlaydi, vasiylarni tanlaydi, ularning o‘zaro munosabatlari ni tartibga soladi. Ijtimoiy diagnostika (ijtimoiy tashxis) — ijtimoiy hodisani, uning holatini tavsiflash va rivojlanish www.ziyouz.com kutubxonasi tendensiyalarini aniqlash maqsadida yaxlit o‘rganish jarayoni. Metod, usullar vositasida tadqiq etishga asoslanadi. Ijtimoiy diagnostika ijtimoiy muammoni bo‘laklarga bo‘lish orqali o‘rganishni nazarda tutadi. Ijtimoiy tashhis urganilayotgan ijtimoiy hodisalarning salbiy tendensiyalarining oldini olishga qaratilgan amaliy harakatlar uchun asos bulib xizmat qiladi. Ijtimoiy etim — biologik ota-onaga ega, biroq ular muayyan sabablarga kura bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishmaydi va unga g‘amxo‘rlik qilishmaydi. Ijtimoiy informatsion yordam — bolalarni ijtimoiy g‘amxo‘rlik, himoya, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan yordam. Ijtimoiy ish — ijtimoiy sohadagi tashkiliy faoliyat bo‘lib, jamiyatning barcha qatlamlaridagi ijtimoiy muammolarni echishga qodir bo‘lgan maxsus ijtimoiy mexanizm hisoblanadi. Uning maqsadi inson manfaati va ehtiyojlarini moddiylashtirish, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega natijalarni qo‘lga kiritish, jamiyatda shaxs, guruh hamda jamoaning ijtimoiy maqomini mustax^samlash yoki uzgartirnsh. Ijtimoiy iqtisodiy yordam — muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emotsional holatini tiklash bo‘yicha muassasa va markazlarda yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy maqom — insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei. Ijtimoiy meyorlar — inson xatti-hdrakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muayyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari. Ijtimoiy patronaj — shaxs huquqlari va voyaga etmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Patronaj uyda profilaktik, sog‘lomlashtirish, sanitar choratadbirlarni o‘tkazishni kuzda tutadi. Ijtimoiy pedagog — ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha urta yoki oliy professional ma’lumotga ega, ijtimoiypedagogik faoliyatni yuqori saviyada yurita oladigan mugaxassis. Ijtimoiy pedagogika — shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalari ni joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ijtimoiy-pedagogik bashorat — bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq ravishda biror bir ijtimoiy-pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammo natijalarini oldindan taxmin qilish. Ijtimoiy-pedagogik bashorat ijtimoiy-pedagogik jarayonning mantiqi va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi. Ijtimoiy-pedagogik markaz — ijtimoiy-psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar, tarbiya muassasalari tarmogi. Ijtimoiy pedagogning professional maqomi — sub’ektning HUKUKi majburiyatlari va vakolatlarini anik^ab beruvchi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o‘rni. Ijtimoiy pedagog maqomi u egallab turgan holatning in’ikosi hisoblanadi: ma’muriy-ijtimoiy pedagog, jamoaviy- ijtimoiy pedagog, oilaviy ijtimoiy pedagog, ta’lim muassasasining ijtimoiy pedagogi. Biroq professional maqom obro‘-e’tiborini anik^ab bermaydi. Ular professional-shaxsiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi — ijtimoiypedagogik faoliyatning mazmuni, shakl, usul, vositalari va nazorati majmuasi. Ijtimoiy pedagog refleksiyasi — har bir bosqichda uz faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va ijobiy tomonlarini anikutash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini urganish. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya — bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o‘zgarishi va unda og‘uvchi xulq-atvorning paydo bulishi bilan bog‘liq bolaning yo‘qotgan ijtimoiy aloqalarni tiklashga qaratilgan choralar tizimi. Ijtimoiy-pedagogik profilaktika — bolada turli faollik turlarining namoyon bo‘lishiga va bolalarning optimal ijgimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlari tizimi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat — bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o‘z-o‘zini anglashi uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan professional faoliyat. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi — ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan tavsiflanadigan amaliy ijtimoiy-pedagogik faoliyatning metod va usullari majmuasi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ijtimoiy-pedagogik yordam — bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlar tizimi. Ijtimoiy profilaktika — turli salbiy tavsifdagi ijtimoiy og‘ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarning oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi. Ijtimoiy-psixologik yordam — oila va mikro jamiyatda qulay mikroikutimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam. Ijtimoiy reabilitatsiya — insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi. Ijtimoiy reabilitatsion yordam — bolalarning ruhiy, autiy, emotsional qolati va sog‘ligini tiklashga qaratilgan yordam. Ijtimoiy sog‘lik individning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarining muayyan darajasi bo‘lib, o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanishni anglatadi. Ijtimoiy sog‘likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir. Ijtimoiy tajriba — turli bilim, ko‘nikma va malakalar birligi, xul q-atvor me’yorlari va stereotip l ari, insonlar bilan muomala tajribasi, adaptatsiya, uz-uzini anglab olish tajribalari majmuasi. Ijtimoiy tarbiya — sh axsning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bulgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarni shakllantirish jarayoni. Ijtimoiy tarbiyada yoshga kura yondashuv — inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan \olda shart-sharoit yaratib berish. Ijtimoiy tarbiyaga individual yondashuv — tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy, \am individ darajasida inobatga olish. www.ziyouz.com kutubxonasi Ijtimoiy ta’lim — ta’lim oluvchilarga ijtimoiy bilimlarni \amda ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashuvchi ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni etkazish jarayoni. Ijtimoiy ta’minot — davlat moddiy ta’minoti va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi. Ijtimoiy terapiya — davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni. Ijtimoiy texnologiya — turli ijtimoiy muammolarni echish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan qo‘llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida to‘rt turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiypedagogik. Ijtimoiy qarovsizlik — ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo‘sh ijtimoiy refleksiyaga, ijgimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati. Ijtimoiy harakat — turli ijtimoiy guru\larning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari. Ijgimoiy hudud—bola ko‘z o‘ngida har kuni sodir bo‘ladigan \arakatlar, ijtimoiy munosabatlar, transport, narsabuyumlarning qiyofaviy majmuasi. Ijtimoiy-huquqiy yordam—inson va bola huqukutriga amal qilishga, bu huqukdarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam. Download 60.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling