Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash


Download 168.5 Kb.
bet7/12
Sana10.02.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1184053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash

Mashqning maqsadi: tilning keng qismini yuqoriga harakat qildirishga o’rgatish.
Mashqning bajarilishi: og’izni bir oz yengil ochib, tilning oldingi keng qirrasi bilan yuqorigi labni yalash.Til bilan labni yalash harakati bir tomondan ikkinchi tomonga qarab emas, balki yuqoridan(yuqori labning o’ng tomonidan chap tomonga aylana shaklida harakat qildirish) pastga qarab bajarilishi kerak.
Naycha” qilish mashqi
Mashqning maqsadi:
Labni oldinga tomon harakat qilishini hosil qilish.
Mashqning bajarilishi:
Lablarni yumgan holda naychaga o’xshatib oldinga cho’zish. SHunday holatda 1 dan-5 gacha yoki 10 gacha sanab turish. Bu harakatni bajarishda quyidagilarga ahamiyat berishi kerak:
Labni oldinga cho’zganda og’iz ochilmasin, tishlar jipslashgan bo’lsin.
Agar bola lablarini oldinga naychaga o’xshatib cho’za olmasa (lablardan 1,5-2 sm uzoqlikda turgan) konfetga lablarini cho’zishni va uni lablari bilan olishni taklif eting.
2-mashg’ulot
Mavzu: “Kuzda kattalar mehnati” surati bo’yicha hikoya tuzish
Maqsad: Surat bo’yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o’ylab to’qishga o’rgatish
Vazifalar:
«Kuz», «kattalar mehnati» mavzularida lug’atni faollashtirish.
Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so’zlarni tanlashga o’rgatish.
Bog’lanishli nutq—hikoya tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Bolalar lug’atlarini poliz, hosil, qizg’in, sabzavotlar: karam, qovoq, baqlajon; mevalar, ko’maklashish kabi so’zlar bilan faollashtirish.
Kutilayotgan natijalar:
Surat bo’yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o’ylab to’qishga o’rganadilar.
Grammatik jihatdan to’g’ri so’zlashga intiladi
Kerakli jihozlar:
«Kuzda kattalar mehnati» mavzusida suratlar to’plami

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling