Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


II-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI SHAKLLANTIRISH OILA, TAʼLIM MUASSASALARI VA ISLOM DININING URNI


Download 101.97 Kb.
bet6/9
Sana10.02.2023
Hajmi101.97 Kb.
#1186926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari

II-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI SHAKLLANTIRISH OILA, TAʼLIM MUASSASALARI VA ISLOM DININING URNI
2.1. Shaxs maʼnaviyatini shakllantirish ota-ona va oilaning, mahallaning masʼuliyati
Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko’p. Shulardan biri farzandning ota-onaga va ota-onaning farzandga bo’lgan munosabati masalasidir.
O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab, Hozirga kadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini heh qachon yuqotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri — ota-onani farzandlar tomonidan yo’qsak darajada eʼzozlash, izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko’ra mexribon, aziz va mo’tabar zot yo’q. Ota-ona farzandlarning suyanchig’i, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona o’z farzandidan heh narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyuk liklari ham ana shunda. O’zbek xalqi odob-axloqi bo’yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan o’tish gunox hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo’lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish, duolarini olish — bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muxim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz Xazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat qilish “farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortik bo’lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoyining obod bo’lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tun-u kuningga nur berib turgan — birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so’zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab” so’zidagi “dol” kabi komatingni ham qo’y».
Tan olishimiz kerakki, sho’rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Baʼzi yoshlarimizda o’zlaridan kattalarni, nuronii qariyalarni hurmat qilish, ularning nasixatlariga quloq solish singari yo’qsak maʼnaviy fazilatlar yuqolib ketayotgani sezilmoqda. Extimol, boshqa millat kishilari bunga unchalik eʼtibor berishmas, lekin biz, o’zbeklar buni xis qilmay ilojimiz yo’q.
O’ziga to’k, boy-badavlat bo’lgan ayrim farzandlarning ota-onalari keksalar uchun ajratilgan uylarda yashayotganligiga tokat qilib bo’lmaydi. Goxi-goxida bo’lsa ham, ota-onaga qo’lko’tarish, undan ham og’irrok jinoyat qilish xollari sodir bo’lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas, balki uchiga chiqqan tubanlik, bag’ritoshlik, milliy qadriyatlarimizni oyog’osti qilish, o’z insoniyligini yo’qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga o’zbek xalqining shaʼniga dog’ tushuradigan bunday yaramas xodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Sho’rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning o’g’itlari, pand-nasixatlari, ajoyib anʼanalarimiz targ’ib qilinish o’rniga nuqul koralandi, yomon otli qilindi, bidʼat, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz o’rganilmadi, targib etilmadi. Ularning urniga taʼlim-tarbiya borasida Evropa, Rossiya modelini ko’klarga ko’tarib maktab, targib qilib, yoshlarimizni o’z milliy Qadriyatlarimizdan bebaxra qilib qo’ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qo’ni-qo’shni, mahalla-qo’ylar taʼsiri kabi taʼlim-tarbiyaning hayot sinovidan o’tgan bebaxo boyliklaridan judo bo’la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bo’larga chek Quyildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mexr-shafkat, ota-onalarga eʼzoz, farzandlarga mexr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug’laydigan, axloqiy, maʼnaviy jixatdan go’zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa, yoshlar qalbidan urin ola boshlagani quvonchli bir xoldir.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni — Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va masʼuliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g’oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga etgan, mexnatga layokatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxurlik qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning o’z ota-onasini eʼzozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi masʼuliyati sanaladi. Ota-onani eʼzozlashning qo’yidagi sharkona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir: Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qo’yish, kasal bo’lganda shifokorga Kurs atish, keraqli dori-darmonni keltirib berish, doimo xol-axvol, sixat-salomatliklarini so’rab turish, ota-ona oldida “ux” tortmaslik, gerdaymaslik lozim bo’ladi. Ota-ona norizo bo’lgan ishni qilmaslik, arok ichma, giyoxvandlik qilma, yomonga qo’shilma, desa uni qilmaslik va qo’shilmaslik kerak bo’ladi. Ko’chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qo’l uzatmaslik, otadan avval o’tirmaslik, otadan ko’ra poygakda o’tirish, otaning oldida oyoqni uzatib yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bo’lsa, heh ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona o’z farzandidan rozi bo’ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi ungidan keladi, oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi. Ota rozi — xudo rozi, degan hikmatda gap ko’p. Ota-onasi norizo bo’lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bo’lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotixasini olishda hikmat ko’p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir xovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qo’yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni urasan, Siz ota-onangizga nima qilgan bo’lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bo’lsa ne ajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning ulug’vorligi haqidagi baʼzi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib o’tamiz. “Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Alloh taolo undan rozi bo’lmaydi”; “Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bo’lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi”; “Uch toifa kishilarning duosi, heh shubxasiz, Alloh taolo qoshida majbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi”; “Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin va yana xor bo’lsin”; “Ota-onaga itoat qilish — tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunox qilish tangri oldida gunox ish qilish bilan barobardir” va boshqalar.
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldidagi burchi nixoyatda katta va masʼuliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday maʼnaviyat egasi bo’lishi ko’p jixatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bogʻliq. Har bir ota-ona farzandi oldida o’z otalik, onalik burchini tulik xis etishi, unga javobgarligini maʼnan anglab etishi kerak.
Sobiq sho’rolar davrida uzoq vaqt milliy va maʼnaviy tarbiya chetga surib qo’yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona masʼuliyati pasayib ketganligi heh kimga sir emas. Vaxolanki bola, o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muxim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan xoli bo’lmaydi: Birinchisi — nasl tarbiyasi, yaʼni bola tarbiyasi — bola tug’ilmasdan uch-to’rt yil oldin boshlanishi kerak. Yaʼni bo’lg’usi ona va otaning sog’lig’i, farzand tarbiyalashga masʼulligini hisobga olish lozim bo’ladi. Bu — bola, farzand ko’rishni istagan ota-onaning bo’lajak farzandlari taqdiriga masʼuliyat bilan karab, o’zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda to’tadi. Ikkinchi bosqich — xomiladorlik davridagi parvarish. Bu masala o’ta muxim, o’ta ahamiyatli bo’lib, bizda bu eng qoloq soxa bo’lib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda xomiladorlik davri tug’ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi ko’zda to’tiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi. Uchinchi davr — bola tugilgandan to 6-7 yoshgacha bo’lgan davr. Shu davrga kelib, bola maʼnaviyatining asosiy ko’rtaklari shakllanib bo’ladi. So’ng ana shu maʼnaviy ko’rtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
Maʼnaviy barkamollik, balki, beshikdagi allaning mazmunidan bolani kiyintirish-u uni xalol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. Xazrati Baxouddin Nakshband aytganlaridek, insondagi yaxshi feʼllar, amallar xalol luqmadandir. Demak, ota-ona farzandini xalol luqma bilan boqsa, u farzand maʼnan pok va xalol bo’lib voyaga yetadi. Biz sho’rolar zamonida buni uno’tayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum o’z manfaatlariga moslashtirib, uni o’z qo’liga oldi.
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek, u xali tug’ilmasdan ota, ona va butun oila aʼzolari hamjixatligida boshlashimiz lozim bo’ladi.
Olamda barcha narsa juft-juft bo’lib yaratilgan. Juft bo’lib yashash tabiat qonuni, taqozosi. Lekin oila bo’lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bugini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashqil topadi. Er va xotin — ikki tirik vujudning, ikki olamning o’zaro ittifoqidan paydo bo’lgan uchinchi bir olam — bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, axil bo’lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush do’zaxga aylanadi, oila zindonning o’zi bo’ladi, buning jabrini esa er va xotinning o’zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi.
Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muxabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muxim omil hisoblanadi.
Shaxs maʼnaviyati, uning dunyoqarashi, eʼtiqodiga kunikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu maʼnoda, oila — haqiqiy maʼnaviyat o’chog’i, mafko’raviy tarbiya omili va muxitidir. Binobarin, milliy g`oyamiz, mafko’ramizga xos ilk fazilatlar oila muxitida singadi. Bu jarayon bobolar o’g’iti, ota ibrati, ona mexri orqali amalga oshiriladi.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan muqaddas anʼanalari orqali yoshlarda Vatanga muxabbat, imon-e’tiqod, masʼuliyat, vatanparvarlik, isnonparvarlik, ilmga ishtiyoq, mexnatsevarlik kunikmalari shakllanadi.
Ota-onalar bolalarda yoshlikdan xalq, yurt taqdiri uchun fidoiylik to’ygusini shakllantirish, ezgulik, insonparvarlik, raxm-shafkatlilik ruxida tarbiyalashga masʼuldirlar. Buning uchun o’z farzandlarini yoshligidan boshlaboq, narsalar olami bilan tanishtirishning milliy anʼanalarimizga xos shakllarini qo’llashlari lozim. Bu jarayonda milliy turmush tarzimizga yot bo’lgan “jangari” uyinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan imkon qadar foydalanmaslik maqsadga muvofiq. bo’ladi. Balki, sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi uyinlar, uyinchoqlar, rasmli kitoblar, milliy ertaklaʼr asosida yaratilgan multfilmlarni ko’rishga ko’niktirish ular maʼnaviy-mafko’raviy tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Masalan, “Zumrad va Kimmat”, “Yoriltosh”, “Xo’ja Nasriddinning sarguzashtlari” kabi qator ertak-filmlar orqali bolalarda yaxshilikka muxabbat, yomonroq, yovo’zlikka nisbatan nafrat to’yg’ularini tarbiyalash, adolat tantanasiga ishonch xissini uyg’otish mumkin.
Eng qadimgi odatimizga ko’ra, o’zbek oilasi ham to’ydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq- topganini el-yurt oldiga qo’ysam, deydi. Xalqimizni to’ysevarlikda ayblab bo’lmaydi. Agar ayblasak, o’z-o’zimizni kamsitgan bo’lamiz. To’y va maʼrakalarimizga urinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin to’y baxona soxta obro’ olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yul qo’yishni oqlab bo’lmaydi. To’y va maʼrakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va maʼnaviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bo’lgani yaxshi.



Download 101.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling