1-mavzu: Ta'limda akt dan foydalanish konseptsiyalari. O'zbekistonda akt sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, amaldagi qonunlar


Download 35.78 Kb.
bet2/13
Sana02.01.2022
Hajmi35.78 Kb.
#191586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-мавзу Maruza matni

Tayanch iboralar: qonun, farmon, qaror, axborotlashtirish, axborot resursi, axborot texnologiyasi, axborot tizimi, elektron hujjat.
Kirish.

O‘zbekistonda ta’lim tizimini ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Jahonning bu boradagi ilg‘or tajribalari, xalqimizning ko‘p asrlik milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirgan yangi ta’lim tizimi hayotga tatbiq etildi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish ta’lim sifatini yanada oshirishning muhim omili bo‘lishini xayotning o‘zi ko‘rsatib bermoqda. Respublikamizda ta’lim tizimiga informatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, respublikamizda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i barpo etildi. Bu tarmoq orqali respublikamizning barcha joylaridagi ta’lim oluvchi yoshlarga kerakli axborot resurslari yetkazib berilmoqda. Tarmoq optik-tolali aloqa kanallari orqali axborot tizimlari, elektron ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega himoyalangan virtual tarmoq texnologiyasi asosida qurilgan. Bu tizimni yaratishdan ko‘zlangan maqsad ta’limning barcha bosqichini axborotlashtirish va aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilashdan iborat. Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari unga ulangan. Elektron ta’lim milliy tarmog‘ini barpo etish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan tadbirlar axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi ahamiyatini ta’kidlashi bilan birga, sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarning salmog‘i va ko‘lamini ham o‘zida aks ettirmoqda. Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalar, elektron darsliklar, multimedia vositalari keng joriy etilayotgani o‘qitish sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Elektron ta’lim – bu ta’limning shunday shakliki, o‘qitish jarayonida o‘qituvchining shaxsan ishtirok etishiga zarurat qolmaydi, talabalar barcha vazifalarni informatsion texnologiyalar asosida mustaqil bajarishlariga imkoniyat yaratiladi.Milliy elektron ta’lim tarmog‘i yaratilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samarali virtual muhitini yaratish asosida masofali elektron ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, ilmiy-pedagogik salohiyatdan hamkorlikda foydalanish, ta’limning meyoriy-uslubiy hamda axborot-resurslarni joriy etish uchun zarur dasturiy hamda metodik ta’minotni yaratish masalalarining dolzarbligini oshirmoqda. Bilimlarni nazorat qilish tizimi elektron ta’lim tizimining bir qismi hisoblanib, o‘tilgan fanlar bo‘yicha olingan bilimni tekshirish uchun xizmat qiladi. Ta’lim oluvchining egallagan bilimini aniqlash maqsadida tizimda turli shakldagi testlar joriy qilingan. Ta’lim oluvchi savollarga qanchalik to‘g‘ri javob berganini aniqlashi uchun so‘rov yakunida qaysi savollarga to‘g‘ri va qaysilariga noto‘g‘ri javob berganligi to‘g‘risida tahliliy ma’lumot chiqadi. Elektron kutubxonada o‘quv jarayoniga va mustaqil bilim olishga yordam bera oladigan elektron ta’limiy resurslar (elektron darslik va turli xildagi elektron variantdagi adabiyotlar) mavjud bo‘lib, so‘rovlar yordamida kerakli adabiyotning elektron variantini, real kutubxonadagi shifrini yoki Internet manzilini topish mumkin. Hozirgi kungacha turli xil elektron kutubxona dasturchilar tomonidan yaratilgan va foydalanib kelinmoqda. Elektron o‘quv qo‘llanmalari bazasi ta’lim muassasasi markaziy serverida joylashtiriladi. Ular gipermatnli formatdagi (HTML formati) va multimediali elektron ma’ruza, amaliy, tajriba mashg‘ulotlari hamda kurs ishi topshiriqlaridan iborat bo‘ladi. Bunda ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlariga mos ravishda o‘zaro murojaatlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu tizim iyerarxik strukturaga ega. O‘quv jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati elektron kutubxona bilan bog‘langan bo‘lib, unda nafaqat mavjud adabiyot balki aynan foydalanilgan bo‘lim yoki sahifani ochish imkoniyati mavjud. Elektron o‘quv qo‘llanmalardan o‘quv jarayonlarida foydalanishdan asosiy maqsad – har bir o‘rganilayotgan fan bo‘yicha talabaning ongida aniq tasavvur hosil qilish, hamda bo‘sh vaqtlarida o‘quv jarayoni materiallaridan mustaqil foydalanishini ta’minlash orqali fanning ta’lim oluvchi tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda ushbu ishda elektron o‘quv qo‘llanmalarini (o‘quv jarayonining elektron resurslarini) yaratishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter qurilmalari bilan jixozlash, talaba-yoshlar bilan o'tkaziladigan tadbirlarning ma'naviy-axloqiy mazmuni va natijadorligini takomillashtirish maqsadida “2017-2021 yillarda Respublika oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi” ishlab chiqilgan.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan jaxon ta'lim standartlari va ilg’or xalqaro tajribalarni o'quv jarayoniga tatbiq etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada ta'lim muassasalarida elektron ta'lim orqali modul tizimiga bosqichma-bosqich o'tish jarayoni davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi, 2013 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi qarorlari ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xuzurida Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va monitoring qilish, yagona axborot muxitini yaratish, elektron ta'limni rivojlantirish, ta'lim jarayonida kompyuter uskunalaridan foydalanish samaradorligini taxlil qilish yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.

2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo'lish mumkin. Birinchi dastur – O'zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo'lsa, ikkinchi dastur – “Elektron xukumat” tizimining axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi kompleksini yaratish.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha xarakatlar strategiyasi tasdiqlandi.

Unga ko'ra “Elektron xukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish belgilab olindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasida “Elektron xukumat” tizimini rivojlantirish bo'yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:

“Elektron xukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma'lumotlar bazalarini yaratish bo'yicha chora-tadbirlar xamda loyixalar ro'yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.

Kompleks dastur – O'zbekistonda “Elektron xukumat” tizimini joriy etishning o'ta muxim axamiyatga ega bo'lgan 22 ta loyixa va 6 ta tadbirlarni o'z ichiga oladi. Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan. Shu bilan birga Vazirlik qoshida 2 ta yirik “Elektron xukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlash markazlarini tashkil etish belgilangan.



Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling