1-mavzu: Ta'limda akt dan foydalanish konseptsiyalari. O'zbekistonda akt sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, amaldagi qonunlar
Download 35.78 Kb.
|
1-мавзу Maruza matni
Davlat organlarining saytlari
Asosiy maqsadlar: Fuqarolarning davlat organlari faoliyati bo'yicha ma'lumotlarni olish bo'yicha huquqlarini ta'minlash; Fuqarolarni davlat organining faoliyati va qarorlari haqida tez, haqqoniy va ob'ektiv ravishda xabardor qilish; Asosiy talablar: Taqdim etilayotgan axborot davlat organi faoliyatini ob'ektiv (haqqoniy ) yoritilishini ta'minlashi kerak; Axborot ishonchli bo'lishi kerak; Saytda joylashtiriladigan axborot OAVda nashr etiladigan axborot bilan teng kuchga ega; Saytda joylashtiriladigan asosiy axborotga kirish barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun erkin va bepul bo'lishi kerak; Davlat organlari veb-saytlariga qo'yiladigan talablar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to'g’risida”gi 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori. Amaldagi qonun hujjatlariga asosan davlat organlarining veb-saytlariga quyidagi talablar qo'yilgan: rasmiy veb-saytga joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo'lishi kerak. rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko'rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. axborotlarni yangilab borish muddati davlat organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borilishi kerak. davlat organining rasmiy veb-sayti ".uz" domen zonasida hamda hukumat portalida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida server (xosting)da fizik jihatdan joylashtirilishi kerak. rasmiy veb-saytga axborot davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillarda ham bo'lishi mumkin. davlat organi rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas'ul bo'lgan shaxs (bo'linma)ni buyrug’ bilan belgilaydi. davlat organi o'zining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo'q qilinishi, to'sib qo'yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishi va soxtalashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo'yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko'rishi kerak. Download 35.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling