1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


-bob. Nazorat turlarini baholash tartibi va mezonlari


Download 107.95 Kb.
bet15/23
Sana19.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1709686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org

4-bob. Nazorat turlarini baholash tartibi va mezonlari 
42. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini
baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and
Accumulation System — ECTS) asosan mazkur Nizomning
ilovasiga
muvofiq
amalga oshiriladi.
43. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha egallagan bilim, malaka va
ko‘nikmalari, shuningdek o‘quv semestri mobaynidagi har bir modul bo‘yicha
o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi.
100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
oraliq nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal
ballning — 40 foiz (40 ball)gacha;
yakuniy nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal
ballning — 60 foiz (60 ball)gacha, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz
(100 ball)gacha ajratiladi.
TDYU Kengashi tomonidan nazorat turlari bo‘yicha ballar miqdori
o‘zgartirilishi mumkin.
44. O‘quvchining modul bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash quyidagi
namunaviy mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) “A”, “A-” a’lo baho (86 — 100 %) olish uchun o‘quvchi:
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga
ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida
foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, o‘z huquqiy pozitsiyasini asoslab bera olishi;



modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida masalalarni


yechishda samarali qo‘llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil ravishda hal qila olish
qobiliyatini ko‘rsata olishi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq
va chuqur o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar
mohiyatini anglash, ularni qo‘llay olishi;
seminar, amaliy mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil
qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi lozim;
b) “V+”, “V”, “V-” yaxshi baho (71 — 85 %) olish uchun o‘quvchi:
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga
ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida
foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri ifodalashi;
o‘z fikrini isbotlashda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy
vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila
olishi;
amaliy mashg‘ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini
namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham
ratsional emas) qo‘llay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada
rasmiylashtira olmasligi;
modul o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar
mohiyatini anglay olishi va ularni qo‘llay olishi;
butun modulni o‘zlashtirish davomida seminar, amaliy mashg‘ulotlarida ijodiy
va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi lozim;



v) “S+”, “S”, “S-” qoniqarli baho (55 — 70 %) olish uchun o‘quvchi:


davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin
bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda
qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega
ekanligini namoyish etishi;
modulning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni
standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim rahbarligida standart vaziyatlarni hal eta olishi;
o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar
mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
seminar, amaliy mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi
lozim;
g) o‘quvchining bilim darajasi “D” qoniqarsiz baho bilan (50 — 55 % gacha)
baholanadi, agar:
davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega
bo‘lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l
qo‘ysa;
seminar, amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashgan bo‘lsa;
d) o‘quvchi o‘zlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi “F” (0 — 49 %
gacha) baholanadi, agar:
tegishli modul bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lmasa;
amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari
yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.
Modul xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul bo‘yicha baholash
mezonlari tegishli o‘quv dasturida aks etadi.
45. Modullar bo‘yicha semestr uchun o‘quvchi reytingi quyidagicha
aniqlanadi:






Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling