1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari
-§. Nazorat turlarini o‘tkazish
Download 107.95 Kb.
|
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org
2-§. Nazorat turlarini o‘tkazish
19. Agar TDYU Kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat turlari o‘quv rejada belgilangan har bir modul bo‘yicha, uning xususiyatidan kelib chiqqan holda, semestrda kamida bir marotaba, auditoriyada yozma shaklda, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi nazorati ostida o‘tkaziladi. 20. Nazorat turlari, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida o‘tkaziladi. Tegishli nazorat turining boshlanish va tugash vaqti auditoriya kuzatuvchisi tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur. 21. Nazorat turlarida ishtirok etadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tarkibi har bir nazorat turi o‘tkazilishidan uch ish kuni oldin fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlar orasidan yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Fakultet dekani auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning ro‘yxatini tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida yuridik texnikum tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkazadi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi. 22. Nazorat turlarini olib borish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi. 23. O‘quvchilar nazorat turlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga faqat o‘quvchilik guvohnomasi yoki biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) ko‘rsatgan holda kiritiladi. 24. Nazorat turlarini o‘tkazish vaqti boshlangandan so‘ng kelgan o‘quvchilar tegishli nazoratda ishtirok etishga qo‘yilmaydi. Nazorat turlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, o‘zga o‘quvchining ishini ko‘chirishi, o‘zi bilan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qog‘oz shakldagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa axborot-kommunikatsiya vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qo‘yilishi kerak. Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli modul bo‘yicha mas’ul pedagog tomonidan nazorat turini o‘tkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin. Nazorat turlari bo‘yicha belgilangan vaqt tugagach o‘quvchi auditoriyani darhol tark etishi lozim. Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talablarni buzgan o‘quvchilar nazorat turidan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi hamda o‘quvchilarning nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qo‘yiladi. 25. Nazorat o‘tkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning (yuridik texnikum direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va fakultet dekani bundan mustasno) kirishi qat’iyan taqiqlanadi. 26. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda quyidagi huquqlarga ega: nazorat turlari boshlanganidan keyin o‘quvchilarni auditoriyaga kiritmaslik; nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqtda o‘quvchilarning o‘rnini almashtirish. 27. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda quyidagilarga majbur: o‘quvchilarni nazorat turlari boshlanishidan avval uni o‘tkazish tartibi va davom etish vaqti haqida xabardor qilish; o‘quvchilarga nazorat turlari boshlanishidan oldin foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga topshirishlari zarurligini tushuntirish; o‘quvchilarni auditoriyada bir-birlaridan ko‘chirishlari uchun imkon bo‘lmaydigan holda joylashtirish; nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqt davomida o‘quvchilar tomonidan tartibga rioya qilinishini ta’minlash; nazorat turlarini o‘tkazishda mazkur Nizomda belgilangan qoidalarni buzgan o‘quvchilarni dalolatnoma tuzgan holda nazorat turidan chetlashtirish. 28. I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz o‘quvchilar mazkur Nizomda nazarda tutilgan nazorat turlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, u nazorat turi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga murojaat qiladi. Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan o‘quvchi tegishli nazorat turini og‘zaki imtihon shaklida yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan yuridik texnikumning 5 nafar pedagog xodimlari tarkibidan iborat komissiyaga topshiradi. Komissiya tarkibi har o‘quv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya tomonidan qo‘yilgan ball bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 29. Nazorat turlarini o‘tkazish davomida o‘quvchilarning savollar mazmuni bilan bog‘liq e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi. 30. Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng, o‘quvchi o‘z nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya kuzatuvchisi tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda auditoriyadan chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan birgalikda O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi. Download 107.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling