1-mavzu: tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati, ilmiy-nazariy tavsifi


Download 159.46 Kb.
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi159.46 Kb.
#1434563
1   2   3   4   5
Bog'liq
KREATIV FIKIRLASH IJTIMOIY SAMARADORLIGI

Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta'kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va o`quvchi ba'zan predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz obyektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi.
Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan.

Download 159.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling