1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida. Reja: Kirish


Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat


Download 23.42 Kb.
bet2/4
Sana29.06.2023
Hajmi23.42 Kb.
#1657629
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida. Reja Kirish

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;

- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;

- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ;

- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;

- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.

1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.

2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.


Tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi ta’lim birinchi yozma ma’lumot bo`lgan «Avesto» dan tortib “Qur’oni Karim”, Hadislarda, Kaykovusning «Qobusnoma» sida, K.Sheroziyning «Qalila va Dimna», Nizomulkning «Sayoxatnoma», M.Qashg`ariyning «Devonu lug‘ati- turk», Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilik», A.Yugnakiyning «Xibbat ul-xaqoyiq», A.Navoiyning «Maxbub ul-qulb», A.Avloniyning «Gulikton yoki axloq» asarlarida ilg‘or pedagogik g‘oyalar ifodalangan, tarbiya kuchi, xosiyati ulug‘lanib asarlarida ilmga tarbiya orqali, yaxshi fazilatlarga ega tarbiya orqali erishiladi deydi. «Aflotun qonuniyatlarini mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson tarbiyasi, shaxs kamolotiga alohida e’tibor beradi. Farobiy pedagogik qarashlarda insonning barcha axloqiy imkoniyatlarini baxt saodatga erishishda birdan-bir maqsad mevasi deydi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin g‘amxo`rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni, yahshilik, insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn Sino o`z tarbiya tizimini yaratadi. Bunda odob, tibbiyot, astranomiya, falsafa, mantiqiy, tabiatshunoslik, til va grammatika, musulmon qonunshunosligi kabi bilim sohalari kiritilgan edi. U tarbiya jarayoni axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik, mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi.
Imom Al-Buxoriy (809-869): «Bir ul-volidayin», «Ota-onani hurmatlash», «Al-adab al-mufrat», «Adab durdonalari», hadislar, «Al- jome’ As-Saxix».
Imom At-Termiziy: «Sunnan», nomli xadislar to`plami «Kitob ashshqil an-nabaviyya», «Payg‘ambarlarning Axloq, odob va sayru sulliklar xaqida kitob».
Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) pedagogik ijodida inson va uning baxt saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamolot bosh vazifa bo`lib, u tarbiya maqsadi, vazifalari va roli, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlarini chin ma’noda insonparvarlik asosida rivojlantirgan. Bilish va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik akidakini Beruniyning hamma asarlarida kuzatish mumkin. «Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya». «Minerologiya», «Munajjimlik san`atiga boshlang‘ich tushunchalar» kabi asarlarida pedagogika va psixologiya bo`yicha muhim ma’lumotlar berilgan.
Y.X.Xojib «Qutadg‘u bilik», «Saodatga yo`llovchi bilim» asarida ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolotga erishish yo`llari, axloq odobga doir qimmatli fikrlarni bildirgan.

Burxonuddin.Z «O`quvchiga ta’lim yo`lida qo`llanma» asarida ta’lim va tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Shuningdek A.Yugnakiy «Xiybat-ul-haqoyiq», asarida inson shaxsi ma’naviy kamolati, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati to`g‘risida fikr yuritadi.


Buyuk sharq mutafakkiri A.Navoiy (1441-1501) o`z asarlarida bola tarbiyasi va uni shaxs sifatida shakllanishga katta ahamiyat bergan. Uning «Maxbub ul-qulub» asari uch qismdan iborat bo`lib, 1-qism tabaqa kasb-korlarni jamiyatda tutgan o`rni ifodalangan. 2-qism axloqiy tarbiya, odob, saxiylik, sadoqat kabi fazilatlarning mohiyatini sharaflaydi, o`qituvchi hikoyalar, maqollar va xikmatli ko`zlar o`rin olgan. A.Navoiy ma’rifatni, ta’lim-tarbiyani «hayot-chirog‘i» deb ta’riflaydi.
M.Ogaxiy (1809-1874) o`z asarida komil inson shaxsini shakllantirish uchun yoshligidan ilm, kasb-xunar egallashi lozim ekanligi ta’kidlaydi. ilm-ma’rifat inson ma’naviy kamolatida va jamiyat rivojlanishida kuchli vosita deb hisoblaydi. Ogaxiyning «Bog‘», «Bahor», «Gul», «Saxro» g‘azallarida shaxsning nafosat tarbiyasiga katta e’tibor beradi.


Download 23.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling