1 Мавзу Тарбиячи nutqi madaniyati fanining predmeti va uning vazifalari. (2 соат) Reja


Download 287.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2020
Hajmi287.85 Kb.
#139044
Bog'liq
1 мавзу


1  - Мавзу Тарбиячи nutqi madaniyati fanining predmeti va 

uning vazifalari. (2 соат) 

 

Reja: 

 

1. 



Kirish. Nutq mdaniyati haqida tushuncha. 

2. 


Nutq madaniyati fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 

3. 


Nutq  faoliyati haqida tushuncha. 

 

Tilshunoslik  saholari  grammatika,  leksikologiya,  sintaksis,  stilistika  fanlari 



bilan  nutq  madaniyati  fanining  o’zaro  munosabati,  nutq  madaniyatining  asosiy 

muammolari,  tadqiqot  obekti,  kategoriyalari,  o’qituvchi  va  o’quvchilarning  nutq 

madaniyati singarilar munozarali muammolardan sanaladi. 

Bu  kursning  asosiy  maqsadlaridan  biri  maktab  o’quvchilari  va  talabalarga 

nutq  madaniyati  tarixidan,  ya’ni  qadimgi  Gresiya,  Rim,  Afina  mamlakatlarida 

yuzaga  kelgan  notiqlik  san’ati,  O’rta  Osiyoda  notiqlik  san’ati,  M.Qoshg’ariy, 

Kaykovus,  Beruniy,  Ibn  Sino,  A.Navoiy  va  boshqalarning  til  va  nutq  haqidagi 

mulohazalaridan ma’lumot, ta’lim berishdan iborat. 

Nutq 

madaniyati  sohasining  fonetika, 



morfologiya,  leksikologiya, 

sintaksisga asoslangan holda ish ko’rishi. Nutqda adabiy til normalari buzilishining 

obektiv va subektiv sabablarini o’rganishdir. 

Adabiy  til  normalarini  mustahkamlashda  va  puxta  egallashda  lug’atlarning 

ahamiyatini o’rganish. 

Nutqning  mantiqiyligi,  sofligi,  til  normalariga  salbiy  ta’sir  etuvchi  jargon 

so’zlar  va  dag’al  so’zlar,  dialektizmlar,  o’rinsiz  qo’llangan  chet  til  so’zlari,  so’z 

takrorlari  va  ularning  nutqni  boyitish,  ta’sirchan  va  ifodaviy  qilishni  emas, 

aksincha, nutqiy normani buzishda rol o’ynashini o’rganishdan iborat. 

O’qituvchi  va  o’quvchilarning  nutq  madaniyati,  bu  o’quvchilar  nutq 

madaniyatini  shaqllantirish  yo’llari  haqida  baxs  yuritish  nutq  madaniyati 

sohasining asosiy vazifalaridan biridir. 



 

1. Nutq madaniyati nima? 

 

Umumiy  ma’noda nutqda hissiy  ma’noli (emosional-ekspressiv) so’zlardan 

qo’llay  bilish,  ularni  o’z  o’rnida  to’g’ri  ishlatish  va  to’g’ri  talaffuz  qilish, 

ortiqchalikdan qochish; nutqdagi ta’sirchanlik  jozibadorlik, musiqiylik, obrazlilik, 

salmoqdorlik;  Nutqda  sinonim,  omonim,  va  paronim  so’zlardan  o’rinli  foydalana 

olish;  So’zlarni  ko’chma  ma’noda  (metonimiya,  metofara  va  boshqalar) 

muvoffaqiyatli qo’llay  bilish va kishilar bilan jonli, ishonchli muloqatda bo’lish, 

ularni so’z sehridan to’lqinlantira bilishdir. 

Nutq  madaniyati,  ya’ni  madaniy  nutqning  fazilatlari  deyilganda  uning 

to’g’riligi,  aniqligi,  mantiqiyligi,  ifodaviyligi,  boyligi,  sofligi  kabilar  tushuniladi. 

Nutq  madaniyati  fani  madaniy  nutqning  ana  shu  fazilatlarini  hamda  madaniy 

so’zlash usullarini o’rganadi. 

Nutq madaniyati ham fan sifatida o’z tekshirish obekti va vazifalariga ega. 

Uning  tekshirish  predmeti  nutqning  til  qurilishi,  adabiy  til  normalari  va  nutqning 

kommunikativ (aloqa uchun keraqli) fazilatlaridir. 

 

2. Nutq madaniyati faning boshqa fanlar bilan aloqasi. 

 

Tilning  biror  sohasi  qatnashmay  qolgan  nutqning  bo’lishi  mumkin  emas.   



Har  qanday  nutqda  tilning  fonetikasi  ham,  lekiskasi  ham,  so’z  yasalishi, 

morfologyasi ham, sintaksisi, stilistikasi ham ishtirok etgan bo’ladi. Shunday ekan 

obekti  nutq  bo’lgan  nutq  madaniyati  fani  ham  tilshunoslikning  hamma  tarmoq 

fanlari bilan bevosita bog’langandir. 

Nutq  madaniyati  fani  bu  fanlarga  xos  xususiyatlarni  to’g’ridan  –  to’g’ri 

o’rganmaydi.  Ularni  nutqning  aloqaviy  sifatlariga  ijobiy  va  salbiy  ta’siriga  ko’ra 

tekshiradi. 

1.  Nutq    madaniyati  fani  o’z  xususiyatiga  ko’ra  uslubshunoslik 

(leksikologiya)ga  qattiq  bog’langandir.  Uslubshunoslik  til  uslublarini  o’rganadi. 


Nutq  madaniyati  fani  bo’lsa  tilshunoslikning  til  normalariga  aloqador  hamma 

sohalari bilan bog’langandir. 

2. Nutq madaniyati fani leksikologiyaga ham qattiq bog’langandir. Chunki, 

nutqning  aloqaviy  fazilati  hisoblangan  aniqlik,  to’g’rilikni  so’zning  lug’aviy 

ma’nolarining  aniq  tavsifsiz  tushunib  bo’lmaydi.  Nutqning  mantiqiyligi  so’z 

ma’nolarining  ma’no  va  mazmuniy  bog’lanishlariga  asoslanadi.  Nutqning  soflik, 

ifodaviylik,  o’rinlilik  kabi  aloqaviy  fazilatlari  ham  nutq  madaniyati  fanini 

leksikologiya bilan bog’laydi. 

3.  Nutq    madaniyati  fani  hamma  vaqt  mantiq  va  ruhshunoslikka  suyanadi. 

Logikaga  murojat  qilmasdan  turib  aniqlik  va  mantiqiylikni  ta’minlash    ham, 

baholash  ham  mumkin  emas.  Mantiq  so’zlar  va  butun  bir  gapdan  chiqadigan 

tushunchalarni  belgilaydi.  So’zlarning  ma’nosi  va  ifodalanayotgan  tushuncha 

o’rtasidagi  munosabatni  mantiq  tekshiradi.  Mantiq    so’zlar,  birikmalar  va  gaplar 

orasidagi ma’no  aloqalarini taminlaydi. 

4.  Nutq    madaniyati  bundan  tashqari  nafosat  haqdagi  fan  estetika  bilan, 

badiiy adabiyot nazariyasi, adabiyotshunoslik aloqadordir. 



 

3. Nutq faoliyati haqida tushuncha 

 

Insonning nutqiy faoliyati uch ko’rinishda amalga oshiriladi. Bular: so’zlash, 



mutoalaa va eshitish. 

So’zlash  deganda  so’zlovchining    ma’lumot,  maslahat  berishi,  buyurishi, 

o’ziga na’molum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So’zlaganda so’zlovchining 

bilimi, madaniyati, ahloqi, odobi yuzaga chiqadi. 

So’zlash  monologik  va  dialogik  ko’rinishda  bo’lishi  mumkin.  Monologik 

nutqda  bir  kishining  mulohazalari  qarshi  savollarsiz  yoki  javoblarsiz  yuzaga 

chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi.  

Dialogik nutqda muloqat qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh 

so’zlovchi bo’lib turadi. 


Mutoalaa  o’quvchining  yozma  nutq  orqali  asar  muallifi,  obrazlari  bilan 

muloqatidir.  Mutoalla  tufayli  o’quvchi  yozma  nutqda  aks  etgan  voqyea-

hodisalardan xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida  hulqida qandaydir o’zgarish bo’ladi. 

Mutoalla  ma’lumot  olishning  eng  muhim  yo’lidir.  Kishi  o’qish  orqali  ma’noviy 

yetuklikka erisha boradi. 

O’quvchilarga  ta’lim  va  tarbiya  berishda  o’qituchining  nutqi  ishi  bilan 

teppateng    ahamiyatga  ega.  Zotan  o’qituvchi  mutaxasislikka  oid  ishning  yirik 

bo’lagini  nutqi  orqali  amalga  oshiradi.  Shuning  uchun  uning  nutqi  hamma  vaqt 

g’oyaviy  yuksak,  ravon,  yumshoq,  dilkash  bo’lishi    lozim.  Nutqda  va  ishda 

subutsizlik  o’qituvchi  uchun  noloyiqdir.  Har  bir  nutq  bolalarning  yosh 

xususiyatlarini,  bilimi  va  tushunchasini  nazarda    tutib  tuzilishi  shart.  Shu  bilan 

birga,  o’qituvchining  nutqi  yosh  avlod  ko’z  oldida  uni  o’rab  olgan  moddiy  va 

ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. Demak, 

o’qituvchining nutqi ta’lim-tarbiya berishning asosidir. 

O’qituvchining  nutqi  iloji  boricha  sodda,  jozibador,  ta’sirchan  tuzilishi 

lozim.  Har  qanday  bilim  va  tarbiya,  asosan,    o’qituvchining  dars  hamda  darsdan 

tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda u qanday shaklda bo’lmasin 

bizning qadriyatlarimiz qattiq hurmat qilinishi lozim. 

Pedagogik nutqiy muloqatning o’ziga xosligi o’qituvchining hamma yerda, 

har    qanday  sharoitda  ham  tarbiyasi  ekanligi  bilan  harakterlanadi.  Pedagogik  o’z 

tarbiyalanuvchilari  bilan ko’proq  auditoriyada,  darsda nazariy  muloqatda bo’ladi. 

Uning  nutqi  ilmimy-pedagogik  mazmun  kasb  etadi.  Bunday  vaqtda  ilmning  turli 

sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa 

o’z o’rnida, me’yorda bo’ladi. Atamalarga, yangi so’zlarga berilgan izohlar sodda, 

o’quvchi  hazm  qiladigan  sintaktik  qurilmalarda  berilishi  shart.  Qoida  va 

nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tushuntiriladi. 

Polilog.  Ikkidan  ortiq  kishilarning  nutqidan  tuzilgan  suhbat  polilogdir. 

Polilog  hamma  til  xususiyatlari  jihatidan  diologning  o’zidir.  So’zlovchi  o’rtaga 

tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi  o’z fikrlarini bildirishi mumkin. 


O’qituvchi  sinfda  og’zaki  nutqning  turli  shaqllaridan  foydalanadi.  Quyi 

sinflarda ko’proq nutqning diolog va palilog shaqli o’rinlidir. Chunki suhbat usuli 

shuncha  asoslanadi.  Monologik  nutqdan  o’qituvchi  hikoya,  tasvir,  ta’rif,  tavsif 

haraktiridagi  mavzularni  bayon  etishda  foydalanadi.  Monologik  nutq  tarix, 

adabiyot  darslari  uchun  xos  bo’lganidek,  diologik  nutq  ona  tili,  matematika 

darslarida  qo’l  keladi.  O’qituvchi  har  bir  darsda  og’zaki  nutqning  hamma 

shaqllaridan foydalanishi lozim. 

O’qituvchi  o’quvchilarga  o’rganilayotgan  mavzu  va  material  to’la  yetib 

borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko’zda tutgan holda aytilayotganlarga mos 

harakatlar ham qiladi: Masalan, ko’z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga 

soladi.  Bunday  harakatlar  tasdiqni,  inkorni  yoki  mamunlikni  va  hakozalarni 

ifodalashi  mumkin.  Harakat  o’z  o’rnida  bo’lsa,  yoqimli  kechsa  foyda  keltiradi. 

Ammo hadeb o’rinli-o’rinsiz harakatlar qila berish o’quvchini zeriktiradi. 

 

 



 

 

Download 287.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling