1-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet10/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1063619
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
Amaliy mash

Axborot manbaalari
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. Ziyonet. uz
www. edu. uz .

Mashg’ulot turi: Amaliy mashg’ulot


6-Mavzu: Zamonaviy tarbiya texnologiyalar klassifikatsiyasi
Mavzu rejasi:
1. Pedagogik texnologiya va tarbiya texnologiyalar tasnifi.
2. Pedagogik texnologiya va tarbiya texnologiyalar klassifikatsiyasi (V.P.Bespalko, G.K.Selevko).
3. SHaxsga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiyalari (E.V.Bondareskaya, N.N.Niktina). 4. Kasbga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiyalari.
MASHG’ULOTNING BORISHI:
(Dastlab, o’qituvchi tomonidan talabalardan mashg’ulot topshiriqlari (uyga vazifa) so’raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi, mashg’uulot davomida esa talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma),topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So’ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
O’N MINUTLIK ESSE
Esse – bu muallifning individual nuqtai nazarini ifoda etish shakli bo’lib, biror narsa-hodisa yoki jarayon haqidagi umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o’z ichiga oladi.
O’n minutlik esseni yozish qoidalari (“Tasviriy san’at” mavzusida):
1.Taklif etilgan mavzuga doir so’zlar hajmi 500 tadan 1000 tagacha bo’lishi mumkin.
2. “Tasviriy san’at shaxs dunyoqashini kengaytiradi”, “Tasviriy san’at insonni ijodkorlikka chorlaydi”, “Bolada tasviriy san’atga qiziqish bo’lsa unga yoshlikdan e’tibor berish kerak” kabi jumlalardan foydalaning.
3. Siz bilgan taniqli rassomlarning hayoti va ijodi haqida bilganlaringizni yozing.
“Klaster” grafik organayzeri. “Klaster” (g’uncha, to’plam, bog’lam) grafik organayzeri puxta o’ylangan strategiya bo’lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlarda qo’llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.

Grafik organayzerdan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling