4- Mavzu
Glossary
|
Ta’lim jarayoni-
|
Education process
|
kompyuter texnologiyalari majmuida foydalanish asosida, ta’lim jarayoni borishi, natijalari va samaradorligini uzluksiz kuzatish va to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni.
|
tushuncha
|
meaning
|
narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari mazmun-mohiyati va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli.
|
ta’lim funksiyasi
|
education function
|
ta’limning ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga ta’sir ko’rsatishi, jamiyatda madaniyatning translyatsiya qilinishi va keng tarqalishi, ko’rsatma, qadriyatlarga asoslangan yo’nalish, hayotiy ideallarning shakllanishini belgilab beruvchi majmua.
|
yaxlit tizim
|
integrated system
|
|
sifat
|
quality
|
|
5-Mavzu
Glossary
|
Didaktika
|
Didactics
|
1)pedagogikaning ta’lim nazariyasi bilan shug’ullanadigan tarmog’i;
2) ta’lim nazariyasi.
|
Bilim
|
knowledge
|
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
|
Ko’nikma
|
habit
|
shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
|
Malaka
|
qualification
|
muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
|
didaktik nazariya
|
didactic theory
|
pedagogikaning ta’lim va uning metodlari hamda tashkiliy shakllari haqidagi bo’limi.
|
Didaktika tamoyillari
|
Didactics principle
|
(lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang`ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.
|
konsepsiya
|
conception
|
1)muayyan sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar;
2)pedagogika sohasidagi yetakchi g’oya, nazariy fikr, hodisa va jarayonlarni turlicha tushunish, qarashlar tizimi;
3) ta’limning muayyan sohasi yoki pedagogika fanini rivojlantirishga yo’naltirilgan davlat hujjati;
4) adabiyotda biror asarning asosiy g’oyasi.
|
Тa’lim jarayoni
|
Education process
|
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
|
Тa’lim mazmuni
|
Education content
|
davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |