1-mavzu: Tarix falsafasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
-mavzu. O’rta asrlar tarix falsafasi
Download 126.02 Kb.
|
Tarix falsafasi 1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar;
3-mavzu. O’rta asrlar tarix falsafasi
Reja: Avgustin va uning ta’limotida xristian dining tasiri Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili Tarixiy manbalarning o’ziga xos xususiyatlari Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida Klavixo va uning “kundaligi” Ravzat us – Safo – poklik bog’i Tayanch iboralar: Xristian dunyoqarashining ta’siri. Avliyo Avgustin – “Xudo shahri to’g’risida”. (“Ilohiy shahar to’g’risida”). Ilohiy olam va inson dunyosi. Muqaddas tarix va dunyoviy tarix. “Ikki shahar” to’g’risida ta’limot. Vaqt haqida tasavvur. Taraqqiyot g’oyasi. Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. Dunyo va insonning o’rta asrlardagi tushunchalari (ko’rinishlari). O’rta asr kosmosi. Abadiyat va vaqt to’g’risidagi o’rta asr tushunchalari. Jamiyat va shaxs. O’rta asrlarda fikrlashhning ramziyligi. O’rta asr tarixi teologiyasida taraqqiyot g’oyasi. O’rta asr tarixiy bilimlarning tuzilishi. O’rta asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar; Blok M. “Апология истории или ремесло историка”. – M., 1986. Falsafa. Entsiklopedik lug’at. O’zR FА, I. Mo’minov nomidagi falsafa va huquq inti. –T.: ―O’zbekiston milliy entsiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. –T.: Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2004. G’arb falsafasi. –T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2004. Skirbekk G. Falsafa tarixi. Oliy o’quv yurt. uchun qo’ll. / Rus tilidan tarj.: V. Kuznetsov. –T.: Sharq, 2002. Falsafa qomusiy lug’at. –T.: Sharq nashriyoti matbaa nashriyoti, 2004. Jo’raev N. Ibn Xaldunning tarix falsafasi. Muloqot jurnali. 2006, 3-4-sonlar. Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968. Komilov N., Yoqubov А. Markaziy Osiyo xalqlari tafakkuri rivojida tasavvufning o’rni. – T., Аkademiya, 2005. Ubaydullaev R. Bekmurodov M., ―Аsrlar qaridan kelayotgan sado‖. Аl-Moturidiy ta‘limoti va uning X-XII asrlarda Movarounnahr madaniyatida tutgan o’rni. Ma‘ruzalar to’plami. – T.: O’zFА, 1999. Xayrulaev M. Sharqning mashhur mutafakkiri. Аbu Nasr Forobiy. ―Fozil odamlar shahri‖. – T.: А. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993. Qur‘oni karim. – T.: Toshkent Islom universiteti nashriyoti, 2001 Rim imperiyasi parchalanib, uning o’rnida o’rta asr G’arbiy Yevropa sivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o’ziga xos o’tish davri sodir bo’ldi. O’tish davrida yangi sivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo’lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muhitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruhlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani sivilizatsiya kurtaklari bo’lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o’z o’rnini bo’shatib berishi davr taqozosi bo’lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik ko’rsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qo’lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning o’zida turli bidatchi diniy yo’nalishlarning faoliyat ko’rsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan ta‘limot ekanligini asoslash shu ta‘limotni himoya qilish, yani apologik (yun. Opologia – biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir ko’rish ehtiyoji tug’ildi. IIva III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani xristian diniy aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan birgalikda o’zlarining asarida xristianlik ta‘limotini asrashga qolaversa, Rim saltanatini oqlab bo’lmasligini ko’rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada tug’ilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur o’rgangan, xristianlikni qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini xristianlik bilan shunday sog’lomlashtirish kerakki, undagi har bir odam xristian falsafasini qimmatini ko’ra olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo’lishi mumkin, xolos. Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning o’zi tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to’g’ri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lug’aviy manosi ota ni anglatib, bu nom ko’pincha hurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) o’zgacha g’oyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga harakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 –-yil) va xalqidan (451--yil) oralig’ida birinchi muhim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. G’arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bo’lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354 – 430). Avgustin va uning ta’limotida xristian dining tasiri. Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tug’ilgan. Otasi majusiy bo’lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasi – xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan Akademiklarga qarshi (386), Baxtli hayot haqida (386), tartib haqida (386) Monologlar Jon manguligi haqida (387-389) O’qituvchi haqida (388-389), to’g’ri din haqida (390), Erkin iroda haqida (388-395), Tavba (401), Tazarru ilohiy shahar haqida (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G’arbiy Yevropa o’rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir ko’rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy ta‘limotni ishlab chiqdi. Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy ta‘limoti va qadimgi ta‘limotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon ta‘limotini asosan neoplatonchilar talqini orqali o’rgangan. Avgustin ta‘limoti o’rta asr tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun G’arbiy Yevropa xristianlik ta‘limotiga katta tasir ko’rsatadi. O’rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga ko’tarila olmagan. U uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruhining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U sana‘tga madaniyat va tabiiy fanlarga nihoyatda etibor bergan. Avgustin o’z falsafasining xristian asosiga katta ahamiyat bilan qaragan uning falsafasi Geotsentrik ruhda, yani xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlang’ich printsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb ta‘kidlaydi. Xudo bilish sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. Shunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yo’l ochib beradi. Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi ta‘limotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas. Avgustin ta‘limotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bo’lgan olam aqli yaratilgan xudo uni o’z shaxsiy g’oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g’oyalar haqidagi ta‘limotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin ta‘limotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular o’rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bo’lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan o’z navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo’q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yo’qligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy ta‘limotida ham muhim o’rinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mehribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas. Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili. Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri Ilohiy saltanat haqida risolasidir. 410 –-yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin o’z do’sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi bo’ldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski ko’pxudolik dini tufayli bo’lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham mag’lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig’inishi zarur bo’lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham manaviyatda ham hech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan hamma moddiy boyliklarni berishi mumkin. Avgustining bu asarida tarix falsafasi o’ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. xudo shahri xudoga muhabbat bilan o’zaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o’z–o’ziga muhabbat qo’ygan o’z sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bo’lingan. Shaharlar haqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bo’lib, o’sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar o’sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin ilohiy shahar aholisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar aholisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin takidlaydiki, bu shaharlar o’rtasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bo’lgan qarashlarida buni anglab etmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bo’ysunmaydi (keyinchalik buni Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar o’z ongida ma‘lum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bo’lgan. Bu rejada ikki shahar o’rtasida kurash mavjudligi ko’zda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida g’ayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning umumiyligi va Yakka ligini ko’radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar o’rtasidagi kurashni ko’rgan bo’lsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini takidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va manaviy jabhada bo’ladi. Bu kurashning eng cho’qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o’rtasidagi kurashni ilohiy shahar g’alabasi foydasiga tugatish bo’ladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so’nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o’rta asrlar manaviy hayotiga juda katta tasir ko’rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U cherkov otasi nomiga nisbatan ko’proq faylasuf sifatida mashhur bo’lgan. O’RTA ASR TARIXI TEOLOGIYASI Tarixiy manbalarning o’ziga xos xususiyatlari. Temuriylar sulolasi hukumronlgi davrida tarix fanining ham buyuk mutafakkirlari etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix faniga bo’lgan qiziqishi, hurmat va etiqodi sabab bo’lgan bo’lsa ajab emas. XV asrda tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarini sanab ko’rsatishning o‘zi temuriylar davrida bu fanning nechog’lik taraqqiy etganligidan guvohlik beradi. Bu davr tarix fanning ham o’ziga xos xususiyatlarini ko’rish mumkin. Birinchidan - bu davr tarixchilari o’zlari voqealarni guvohi, shohidi, bo’lib ishtirok etish asosida asarlar yaratishi. Ikkinchidan – biron bir tarixiy shaxsni keltirayotganda o’zini kelib chiqish tarixi faoliyatini yozishda manbalarga asoslanmog’i. Uchinchidan – voqealar ketma – ket izohlanishi orqali va hokozo. To’rtinchidan – manbalarni yutuq va kamchiliklari tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida yozilgan Nizomiddin Shomiyning Zafarnoma , Hofizi Abro’ning Zubdat at – Tavorix Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma Fasih Ahmad Havofiyning Mujmali fashhiy , Abdurazzoq Samarqandiy-ning Matla usadayin , Mirxondning Ravzat us – safo, Xondamirning Habib us – Siyar va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan Ajoyib al – maqdurri tarixi Taymur asarlaridir. Bu ro’yxatga yana 1404-yilda Samarqandga Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayohi Rui Gonzales de Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida. Sharafiddin Ali yazdiyning Zafarnoma si (1424 – 1425) tarixiy kechinma va voqealar bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. Sh.A.Yazdiyning Zafarnoma asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid malumotlardan tashqari Temurdan oldingi o’tgan davr tarixi haqida ham bag’oyat qiziqarli malumotlar berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning o’g’li Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420-yillarda turli kotiblarni baxshi va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni to’plash haqida farmon bergan. To’plangan malumotlar bo’lgan voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, so’ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga ahborot berish topshirilgan. Taniqli sharqshunos olim A. O’rinboev sharq yulduzi jurnalining 1992-yil 3-sonida bosilgan Temuriylar davrining nodir yodigorligi maqolasida quyidagilarni hikoya qiladi: Zafarnomaning Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sh.A.Yazdiy shunday yozadi: Podishohlikning birga tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma sheriy hamda nasriy nusxalari to’planib bo’lingach, ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh tuzilgan , turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni voqealarni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya o’qilgan, agar u voqea bayoni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishining talqiniga to’g’ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qo’shimcha malumotlar to’plagan. Ibrohim Sulton aytib turgan bu asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali Zafarnoma asarini yozgan Ibrohim Sultonning buyurug’iga muvofiq kitobni bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida barcha malumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bo’lgan Zafarnoma asarini yozishda Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar muqaddima, ikki fasl va xotimadan iborat, muqaddimada Amir Temurga qadar bo’lgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan . Asosiy fasllarda esa Amir Temurning tarixi mukammal yoritilgan Zafarnoma asosiy qism avvalida Qissayi Sohibqiron deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda sohibqiron Amir Temurning fazilatlari va sifatlari haqida ko’tarinki ruhda muhtasar so’z yuritilib, Tarixiy Amir Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qo’yilgan. Zafarnoma fransuz, ingliz, usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida nashr etilgan. Zafarnoma XV asrda Lutfiy nazmda o’zbek tiliga o’girilgan degan xabar berishsada ammo uning o’zi hozirgacha topilgan emas. Zafarnomaning to’liq asl matni 1972-yilda A. O’rinboev tomonidan Toshkentda ( Fan nashriyoti ) nashr etildi. Klavixo va uning “kundaligi” Mashhur sayoh va elchi Rui Gonsales de Klavixoning kitobi Temur va Temuriylar davri tarixidan baho yurgizuvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404-yili Samarqandda Temur saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-1406) ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yo’l xotiralaridan iborat. Yani uning 1403-1404-yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda xususan Amir Temur saroyida ko’rgan bilganlarini o’z ichiga olgan muhim asardir. Kundalik muallifi Rui Gonsales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. Klavixoning Amir Temur yurtiga ham elchilik sayohati 1403-yilning 22 mayda boshlanib, o’n besh oy deganda u Samarqandga etib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo’ldilar. kundalikda o’sha vaqtlarda Amir Temur qo’l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do’konlar, ustahonalar: Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O’rda (Klavixo uni Tatariston deb ataydi), Mo’g’iliston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo’lgan tartib – qoidalar va nihoyat, Sohibqironning xotinlari va ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o’rni haqida etiborga molik malumotlar keltirilgan. Bu malumotlar, shubhasiz, Turkiston zamining o’sha vaqtlardagi ijtimoiy – siyosiy tarixini ota – bobolarimizning turmush tarzini o’rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini o’tashi turgan gap, so’zimning isboti uchun misol keltiraman. Saroymulkxonim tasviri: barcha xalq o’yinlariga o’ltirib saranjomlik o’rnatilganidan keyin to’yda podishoh huzurida bo’lishi lozim bo’lgan katta Kano chodirlar yonidagi sarpardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan, etagi ergacha sudralib turgan uzun va keng engsiz qizil shoyi ko’ylak. Yoqa va ikki eng o’rnidan bo’lak ochiq joyi bo’lmagan bu ko’ylak belidan to qaytarilgan etagiga qadar kengayib boradi... Klavixoning Kundaligi da ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Masalan kishi va joy nomlarini yozilishidagi chalkashliklar mavjud. Albatta, boshqa millat kishilari uchun mahalliy atamalar va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish juda qiyin. kundalikda tilga olingan Amirat Murod, Karil Sulton – Xalil Sulton, Karamish – To’xtamish, Orasan – Xuroson, Baldat – Bag’dod ekanligini anglash mumkin. Asar birinchi marta 1582-yili, yani yozib tugallangandan 150-yil keyin Ispaniyaning Sevilya shahrida Buyuk Temurning hayoti va faoliyati nomi bilan chop etildi. Ravzat us – Safo – poklik bog’i Ravzat us – Safo tarzida shuhrat qozongan asarning muallifi Muhammad ibn Xovandshoh ibn Mahmud bo’lib, Mirxond tarzida mashhurdir. Mirxondning tarixdan bilimdonligidan xabardor bo’lgan Alisher Navoiy unga umumiy tarix jumladan Amir Temur va Temuriylar haqida xususan Sulton Husayn Boyqaro tarixiga oid asar yozishni buyurib, o’z kutubxonasini uning ixtiyoriga topshiradi, hamda shu jarayonida uni moddiy jihatdan to’la taminlaydi. Mirxond Navoiyning taklifiga binoan umumiy tarix bo’yicha katta asar yaratdi. Bu haqida Navoiy bunday deb yozgan. Bu faqir iltimosi bilan ofariniydan bu kungacha tarixi jomiy bitibdurkim, tasnifiga, etibdur, inshoolloh tugaturga tavfiq topg’aykim, tavorix orasida andin muayyanroq tarix bo’lmagusidir. Asar muqaddima, etti jild va xulosadan iborat tarzida rejalashtirilib, Mirhond uning olti jildini (qadimdan 1464-yilgacha bo’lgan voqealar qismini) yozadi va 1498-yilda vafot etadi. Shundan so’ng asarning ettinchi jildi (Sulton Husayn Boyqaro va uning o’g’illari tarixini – 1523-yilgacha) hamda xotimasini Mirxondning nevarasi G’iyosiddin Xondamir yozib olgan. Download 126.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling